14-mavzu. Mehmonxona xodimlari faoliyatida kasbiy etiket qoidalari
Reja
Etiket va biznes-etiket tushunchalarining mohiyati.
Etiket qoidalari va ularning xizmatlar sohasi rahbar va xodimlari uchun ahamiyati.
I n s o n jamiyat mahsuli hisoblanadi. U boshqalardan ajralgan holda hech qachon va hech qaerda yashay olmaydi, baxtli bo‘laolmaydi. SHu boisdan ham “Odam odam bilan tirik” deb bekorga aytilmagan. Xalq tajribasiga asoslangan bu ibora juda ham chuqur ma’noga ega, chunki odamlar bir–birlari bilan gaplashmasa, o‘zlarining xursandchiliklarini, his–tuyg‘ularini va
g‘am–g‘ussalarini boshqalar bilan baham ko‘rmasa, ular yashay olmaydilar.
Muloqotga tushish orqali odamlar o‘z fikrlarini, atrof– muhitga, voqea va hodisalarga hamda boshqalarga bo‘lgan munosabatlarini bildirishadi. Bundan tashqari odamlar bir– birlari bilan muloqot qilish jarayonida sodir bo‘layotgan voqealar va hodisalar, boshqa masalalar, hatto o‘ziga bo‘lgan izzat–hurmat darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar oladi, ya’ni o‘zining qiziqishlari bo‘yicha ma’lumotlarga bo‘lgan talabini qondiradi.
Boshqalar bilan munosabatga tushishning eng muhim tomonlaridan biri yana shundan iboratki, odam ijobiy energiya oladi, uning kayfiyati yaxshilanadi, hayotga va o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishi yanada oshadi. SHuning uchun ham odamlar azaldan bir–birlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga va yaqin yashashga harakat qilishib kelishgan.Odamlarning bir jamiyatda tinch–totuv yashashining va turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining aosida ming yillar davomida shakllangan va ushbu jamiyatda qabul qilingan urf–odat qoidalari (bir–birlari bilan muloqotga tushish, yurish–turish va turli vaziyatlarda o‘zini tutish) va rasm– rusumlarga itoat qilish yotadi.
Bugungi kunda har bir soha xodimlari uchun etiket qoidalari shakllangan va ularning hayotida katta o‘rin tutadi. Xizmat turlari doiralarida xizmat etiketiga amal qilinadi. Xizmat etiketi umumfuqarolik etiketining bir turi hisoblanib, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat qiladigan xodimlarning turli vaziyatlarda uchrashuvlarida munosabatga tushish, yurish–turish va kiyinish qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Biznes–etiket xizmat etiketining bir turi hisoblanadi. U biznes faoliyatida itoat qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar majmuidan iborat. Biznes–etiket qoidalari biznesmenlar uchun o‘ta katta ahamiyatga ega: ularni
o‘rganib, egallab olish, birinchidan, biznesmen uchun madaniyat belgisi hisoblanadi, ikkinchidan, ularga rioya qiladigan kishilarning faoliyati muvaffaqiyatli bo‘ladi. Biznes–etiket qoidalarini bilmaydigan va uning natijasida hamkorlar va hamkasblari bilan muomala qila olmaydigan biznesmenlarning ishlari tez bitmaydi, bitsa ham qiyinchiliklar bilan bitadi, faoliyat natijasi esa doimo yaxshi bo‘lavermaydi. SHu sababli ham
o‘zini madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmenlar etiket qoidalarini yoshligidan boshlab butun umri bo‘yicha o‘rganishadi.
Hozirgi vaqtda etiket qoidalari boshlang‘ich maktabdan boshlab
o‘rganiladi.
Insonga, ayniqsa, yoshlarga xos shunday xususiyatlar borki, u keraklisiga ko‘ra keraksiz ma’lumotlarni o‘ziga juda ham tez qabul qiladi. Vaqtning o‘tishi bilan ular odatga aylanib boradi. Buni odam sezmay ham qoladi. Bunday odatlar o‘zlarini sohibiga sezdirmasdan boshqalarga doimo ko‘z–ko‘z qilib turadi. Agar biznesmenlarda bunday odatlar shakllangan bo‘lsa, ularning hamkor va boshqa suhbatdoshlari oldida ijobiy taassurot qoldirish bo‘yicha barcha harakatlarini puchga chiqaradi.
Bunday yomon odatlar quyidagilarga o‘xshaganlardan iborat:
vaziyatlarni hisobga olmasdan har xil gaplarni gapiraverish, ko‘cha va jargon so‘zlardan foydalanish, doimo miyig‘idan kulaverish, yonida o‘tirganlarga va suhbatdoshlarga qo‘li bilan teginaverish, qo‘lini doimo cho‘ntakka solib yurish, saqqich chaynash, dazmollanmagan kiyimlarda va tozalanmagan tuflida yurish, ish va suhbatlarga sport kiyimlarini kiyib kelish, to‘xtovsiz sigaret chekish, ertalabdan pivo yoki aroq ichib ishga kelish, tish va og‘iz bo‘shliqlarini tozalamaslik va boshqalar.
SHunday salbiy omillarning oldini olishga imkon beradigan ba’zi bir tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Aksariyat kishilarning so‘z boyligi, imo–ishoralari va gapirish usuli ota–ona, o‘rtoqlari, tengqurlari va ko‘cha ta’sirida shakllanadi. Har qanday odam ham qandaydir darajada atrof–muhit mahsuloti hisoblanadi. SHu boisdan ham hamkor va boshqalar bilan bo‘ladigan suhbatlarda, birinchidan, vaziyatni hisobga olgan holda kerakli so‘z va gaplarni tanlab gapirish, so‘zlarning oxirini “yutmasdan” aniq va ravon talaffuz qilish, ikkinchidan, ko‘cha va jargon so‘zlarni ishlatmaslik lozim, chunki ko‘cha va jargon so‘zlarning ishlatilishi biznesmenning madaniyati pastligidan darak beradi va imijini
pasaytirib yuboradi.
Ba’zi bir kishilar juda ham ko‘p kulishadi, albatta, kulgi insonga xos yaxshi fazilatlardan biri. Lekin kulish ham har xil bo‘ladi. O‘z mavridida tabassumli kulish odamlarga malham beradi, kayfiyatini ko‘taradi, suhbatning ijobiy borish garovi hisoblanadi. Lekin ba’zi bir kishilar borki, insonlar qalbida nafrat o‘yg‘otadi. Bunga miyig‘idan bo‘lar-bo‘lmasga kulaverishi
misol bo‘ladi. Aksariyat kishilar bunday kulgi turiga ustidan mazax qilish deb qaraydi. SHu sababli ham suhbat davrida miyig‘idan kulish odati bor kishilar o‘zlarini kulgidan tiysalar, yaxshiroq bo‘ladi. Biznesmenning tashqi qiyofasi uning mavqeiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z qaddi– qomatiga, yuz-tuzilishiga yarashmagan, dazmollanmagan kiyimlarni
kiyish, tozalanmagan oyoq kiyimlarida yurish, soqol–mo‘ylovlari va sochlarini olmaslik, taramaslik, kattaligi, rangi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘ziga yarashmagan taqinchoqlarni taqib yurish, ayol biznesmenlar uchun esa tizzasidan baland yubka, o‘ta tiniq matolardan tikilgan va tor ko‘ylak va yubkalarni kiyib yurish va shunga o‘xshagan etiket qoidalariga zid harakatlari biznesmenlar to‘g‘risida yomon ta’ssurot qoldiradi va ularning imijiga aslbiy at’sir kro‘satadi. Saqich chaynash odamlar o‘rtasida eng keng tarqalgan salbiy odatlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |