Urganch davlat universiteti «tasdiqlayman»


Mehmonxonalarda jamoaning shakllanish jarayoni



Download 1,16 Mb.
bet23/70
Sana26.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#412234
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
Bog'liq
Majmua 2021

Mehmonxonalarda jamoaning shakllanish jarayoni
Reja


  1. Jamoani tavsiflash.

2. Jamoaning shakllanish bosqichlari.

3.Shaxsning guruhlardagi xulq-atvori.



Reja

4.Guruhning umumiy maqsadlari.

5.Guruhning samaradorligi va uni boshqaruvchi omillar.

6. Menejerlik guruhini tashkil etish tamoyillari

Ijtimoiy guruh — umumiy manfaatlar, qadriyatlar, axloqiy me’yorlarga ega, jamiyat doirasida tarkib topadigan insonlarning nisbatan barqaror uyushmasidir.

Yirik ijtimoiy guruhlarga quyidagilar kiradi:

—ijtimoiy sinflar (ishchilar, dehqonlar, ziyolilar);

—ijtimoiy qatlamlar (tadbirkorlar, fermerlar, xizmatchilar, ziyolilar);

—kasbiy guruhlar (mashinasozlar, quruvchilar, pedagoglar, muhandislar);

—etnik birliklar (xalq, millat, qabila);

—yosh bo‘yicha guruhlar (yoshlar, o‘rta yoshdagilar, nafaqaxo‘rlar).

O‘rta ijtimoiy guruhlarga korxona, tashkilot, muassasa jamoalari (yuridik shaxslar) hamda xududiy birlikka (shahar, tuman, mahalla) taalluqli fuqarolar kiradi.

Kichik ijtimoiy guruhlar deyilganda ishlab chiqarish brigadasi, korxona bo‘limi va xizmati, oila a’zolari tushiniladi.
Personalni boshqarish nazariyasiga muvofiq guruhlar: rasmiy guruhlarga va norasmiy guruhlarga bo‘linadi.

Rasmiy guruhning asosiy xususiyati u hamisha ma’muriyat tashabbusi bilan tashkil etilishi, korxona tarkibi va shtatlar ro‘yxatiga bo‘linma sifatida kiritilishidir.

Jamoa — birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo‘lib, unda kishilar bir- birlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladilar, har bir xodim hamkasbiga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta’sirini ham his etadi.

Jamoalar kichik (3—5 kishidan iborat ayrim bo‘linma shaklida) va ko‘p ming kishilik bo‘lishi mumkin. Har bir holda ham jamoa ayrim shaxsga nisbatan muayyan funksiyalarni bajaradi.

Jamoalar o‘z tarkibiga muvofiq:

Birlamchi — bo‘limlar, xizmatlar, uchastkalar, brigadalar shaklida bo‘ladi. Ular xodimlarni ayrim faoliyat turi, texnologik jarayon asosida birlashtiradi. Bu jarayonlarni amalga oshirish orqali xodimlar bevosita munosabatlarga kirishadilar.

Ikkilamchi jamoalar deyilganda ularga birlashgan jamoa a’zolarining bevosita bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish darajasi ancha pastroq bo‘ladi (masalan, firma a’zolarining soni 10 ming kishi bo‘lsa, ana shu yirik jamoadagi ayrim xodimlar bir- birlarini mutlaqo tanimasliklari, bilmasliklari mumkin). Lekin jamoaning firmaga mansubligi har bir shaxs uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Mehnat jamoalarining shakllanish bosqichlari quyidagilar: paydo bo‘lish, shakllanish, barqarorlashuv, takomillashuv yoki inqiroz.

Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘trisidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Bunday hollarda nizoning xodim manfaatini ifoda etuvchi tarafi bo‘lib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi mumkin.

Ixtilofli vaziyat anchayin harakatchan, beqaror, muxolifatchilardan birining nuqtai nazari o‘zgarishi bilan osongina o‘zgaraveradi. Ixtilofli vaziyat ixtilof paydo bo‘lishi shartidir. Bu vaziyat ixtilofga aylanishi uchun tashqi ta’sir yoki hodisa talab etiladi.

Hodisa (insident) — tomonlardan biri harakatining faollashuvi bo‘lib, bu faollik ikkinchi tomonning manfaatlariga (atayin bo‘lmasa ham) rahna soladi.

Ixtilof (konflikt) — (lotincha „conflictus”— „to‘qnashish” so‘zidan) insonlar,

ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy muassasa (institut)lar, umuman jamiyat munosabatlari tizimidagi kelishmovchiliklar rivojining oliy darajasidir.

Ixtilof — bir-biriga qarama-qarshi yo‘naltirilgan maqsadlar, manfaatlar, nuqtai nazarlar, fikrlar yoki ikki va undan ortiq kishining qarashlari to‘qnashuvidan iboratdir.

Mazkur ta’rifda qarama-qarshi maqsadlar, manfaatlar shaklidagi to‘qnashuv mohiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, ta’sir ko‘rsatish usullari masalasi noma’lum qoladi.

Vertikal va gorizontal ixtiloflarning o‘ziga xos xususiyati o‘zaro ixtilofli

harakatlar boshlangan paytda muxoliflar ega bo‘lgan hokimiyat hajmidir. Vertikal ixtiloflar yuqoridan pastga qarab hokimiyatning taqsimlanishini nazarda tutadi, bu esa ixtilof qatnashchilarida turli boshlang‘ich shartlarni: boshliq — xodim, yuqori tashkilot — korxona, kichik korxona — ta’sischi shartlarini belgilab beradi. Gorizontal

ixtiloflar hajm jihatidan bir xil bo‘lgan hokimiyatning yoki ierarxik darajasi bo‘yicha sub’ektlarning o‘zaro harakatini nazarda tutadi: bir xil darajadagi rahbarlar, mutaxassislar, mahsulot etkazib beruvchilar — iste’molchilar. Ixtilofni hal qilish — ixtilofni vujudga keltirgan sabablarni to‘liqyoki qisman barham toptirish, ixtilof qatnashchilari maqsadlarining o‘zgarishidir. Ushbu maqsadga erishishda muzokara o‘tkazish imkoniyatlarini ishga solish muhimdir.

Muzokarada ixtilof qatnashchilari uchun o‘zaro maqbul qarorga kelish yo‘llari qidiriladi. Stress deganda insonning atrofdagi stimullarga yoki stressorlarga jismoniy, kimyoviy va psixologik ta’siri majmui tushuniladi. Bunda atrof-muhitdagi kuchlar insonning fiziologik va psixologik funksiyalarini muvozanatdan chiqaradi


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish