Urganch davlat universiteti tarix kafedrasi hayitboyeva charosning


Kurs ishining maqsad va vazifasi-



Download 153,59 Kb.
bet2/11
Sana20.07.2022
Hajmi153,59 Kb.
#828997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5287460188574456454

Kurs ishining maqsad va vazifasi-O’rta Osiyoda eneolit davri va manzilgohlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish.
Kurs ishining ob’yekti va predmeti- Eneolit davri va uning bosqichlarini,
O’rta Osiyoda eneolit davri manzilgohlarini o’rganishda tarixiy manbalardan foydalanish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Eneolit davri va uning makonlarini o’rganish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

TAYANCH SO’ZLAR


Eneolit, Sialk va Suza kompleksi, Mundigak, Anov-Nomozgoh, Sarazm, qurilish va me‘morchilik, kulolchilik va metall, haykalchalar, Tripole madaniyati va uning bosqichlari, g’oyaviy qarashlar, Maykop, Drevneyam va Afanasev madaniyatlari, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE), Anovtepa, Namozgohtepa, Oltintepa, Geoksyur, oilaviy ibodatxonalar, katta oila jamoasi.
1. Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o'rganilishi.
Eneolit – lotin va yunoncha so’zlaridan yasalgan bo’lib, «eneus» - lotincha mis, «litos» - yunoncha tosh degan ma’noni anglatadi. Eneolit atamasi bilan birga “Xalkolit” (“xalkos” yunoncha mis demak) ham ishlatiladi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo’lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Yevropa va Osiyoning ko’p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda eneolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo’lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan. Yevropa va Osiyoning boshqa o’lkalarida aynan shu paytda metalldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning xo’jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metallning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan.
Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko’plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo’lib, shu xususiyatga ega bo’lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko’zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o’xshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma yerda amaliy san’atning bir-biriga o’xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o’xshasa ham aynan bir xil emas.
Eneolit makonlari birinchi bo’lib Ikki daryo oralig’i va Misrda vujudga kelgan. Arxeologlar eneolit davriga xos bo’lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib ko’rsatadilar:

  1. Xo’jalikning hamma turidan ko’ra motiga bilan qilinadigan

dehqonchilikning ustunligi;

  1. Chaqmoqtosh qurollar ko’p bo’lishi bilan birga mis qurollarining paydo bo’lishi.

  2. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uylarining mavjudligi;

  3. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug’iga xos bo’lgan haykalchalarning mavjudligi;

  4. Rangdor sopol buyumlari (gul solingan) ning tarqalishi.Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopotamiya makonlarida, keyinroq Yevropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko’zga tashlanadi. Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Yevropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan.

Eneolit makonlarining ko’pchiligida, ya’ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo’lsada, ba’zilarida mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Fransiya,, Yevropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo’q. Aksincha, bu yerdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o’yilgan kulolchilik buyumlari mavjud bo’lgan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo’yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo’lgan.
Eneolit makonlari yer yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kelgan.
Yuqorida ko’rsatilgan eneolitning besh alomati bu mamlakatlardagi yodgorliklarda mavjud bo’lgan. Masalan, Ikkidaryo oralig’ining rangdor sopol buyumlariga bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli suratlar solingan.
Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig’i va Misrda (eneolit hali davom etayotgan davrda) quldorlik asosida yuksak madaniyat yuzaga kelgan.
Ammo bu vaqtda Osiyo va Yevropaning katta hududlarida unumdor xo’jalik shakllari endi rivojlana boshlagan edi.
Eneolit davriga xos bo’lgan birinchi xususiyat bevosita unumdor xo’jalik shakli – dehqonchilik mashg’ulotiga borib taqaladi. Eneolit davrida dehqonchilikda motiga bilan ishlov berish ustun darajada bo’lgan. Ammo o’z xususiyatiga ko’ra misdan foydalanish mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan bo’lsada, dehqonchilikda motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan takomillashgan bo’lsa-da, u kuchli, og’ir va qattiq qurollar yasashga yaroqsiz edi. Mis o’z xususiyatiga ko’ra yumshoq va juda tez o’z shaklini o’zgartirgan. Shuning uchun ham motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan.
Mis-tosh davrida odamlar metall bilan tanishadi. Ungacha ibtidoiy odamlar
2-3 million yillar davomida faqat toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalangan edilar. Mis qurollar qattiq, kuchli bo’lmay, ayrim xususiyatlari jihatdan tosh qurollarga nisbatan pastroq darajada bo’lsa-da, o’zining shakli, ishlab chiqarish jarayonida qo’llanishidagi qulayligi, shuningdek juda tez turli shaklga kelishi oson bo’lganligi uchun ham chaqmoqtosh qurollar bilan parellel holda ishlatila boshlangan. 1


Download 153,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish