Urganch davlat universiteti tarix kafedrasi hayitboyeva charosning


Eneolit-bronza davri Krit-miken madaniyati



Download 153,59 Kb.
bet9/11
Sana20.07.2022
Hajmi153,59 Kb.
#828997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5287460188574456454

Eneolit-bronza davri Krit-miken madaniyati


Kritda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning shakllanishi. Krit bronza davrida. A. Evansning Knossda amalga oshirgan qazishmalari. Ilk minoy davri. Vasilikadagi manzilgoh. Palekastro. Me’morchilik. Jamoa qabrlari. Hunarmandchilik. Kulolchilik. Metallarga ishlov berish. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalari.
O‘rta Minoy davri. “Shahar inqilobi” masalasi. Ilk shaharlar. Qurilish. Knoss, Festa va Malliya saroylari. Ibodatxonalar. Dehqonchilik, metallurgiya. Kulolchilik ishlab chiqarishi. Muhrlar. Ijtimoiy tuzilmalar. Yozuv. So‘nggi minoy davrida jamiyat taraqqiyotining cho‘qqisi. Gurniya, Palekastro, Psira shaharlari. Knoss va Festadagi yirik saroylar. Haykallar va haykalchalar. Fayansdan ishlangan buyumlar. Oltindan ishlangan buyumlar. Chiziqli yozuv. Qulchilik masalalari. Miken ta’sirining boshlanishi. Yunoniston bronza davrida. Ellada davri va uning bosqichlari. Qurilish va me’morchilik. Megaron uylar, qal’alar, saroylar. Kulolchilik, metallarga ishlov berish. Miken davri madaniyat taraqqiyoti. Qabrlar. Kuzatuv buyumlari. Miken shaharlari. Mudofaa tizimi. Saroylar. Uy-joy imoratlari. Hunarmandchilik.
Zargarlik. Yozuv. Mikenda quldorlik masalalari.
Yevropaning eneolit-bronza davri arxeologiyasi
Karpat havzasi eneolit davrida. Lendel madaniyati. Manzilgohlar (Nitryanskiy, Grodok, Brang). Uy-joylar. Kulolchilik. Tosh va metallardan yasalgan buyumlar. Dafn odatlari (ko‘mish va kuydirish). Tisopolgar madaniyati. Manzilgohlar va qabristonlar (Tisopolgar, Bashatanya, Vilke, Rashkovse). Dafn marosimlari. Kuzatuv buyumlari. Kulolchilik. Metall buyumlari.
Xo‘jalik. Baden madaniyati tarqalish xududi. Muhofaza qilingan manzilgohlar. (Evizovitse, Brno Lishni). Qabrlar. Dehqonchilik. Chorvachilik. Yilqichilik. Arava nusxalari. Baden madaniyatining janubiy hududlar bilan aloqalari. Bolqon yarim orolining eneolit davri Gumelnitsa madaniyati. Manzilgohlar (Karanovo, Ovgarovo). Mudofaa inshootlar. Uy-joylar. Varnen mozori. Oltin va bronza buyumlar. Metallurgiya. Oybunar koni. Gumilnitsa jamoasi ijtimoiy taraqqiyotining yuqori darajasi. Kukutine-Tripole madaniyati tarqalgan hududlar.
Manzilgohlar. Uy-joy imoratlari. Xo‘jaligi. Kulolchilik. Metall buyumlar.
Dafn marosimlari
Sharqiy Yevropaning eneolit-bronza davrida arxeologiyasi
Golotsen davri tabiiy-iqlim sharoitining qaror topishi. Yevrosiyo dasht hududlari turli tabiiy-geografik sharoitiga mos o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllarining vujudga kelishi. Chorvachilik ishlab chiqarish tarmog‘ining shakllanish shart-sharoitlari. Yevrosiyoning shimoliy dasht hududlarida ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shaklidagi qabilalar asosida chorvachilikning shakllanishi. Paleometall davri ishlab chiqaruvchi xo‘jalikga asoslangan Drevneyamnaya (qadimgi chuqur) madaniy-tarixiy birligi. Drevneyamnaya madaniyati tarqalgan hududlar. Aravaning paydo bo‘lishi va chorvador qabilalar migratsiyasi. Qozog‘istonning eneolit davri Botay madaniyati. Janubiy Uralning eneolit davri Mulino II, Davlekanovo II,
Surtandi, Uzunkul, Sabakti va boshqa manzilgohlari. Uy-joylar. Qabr-qo‘rg‘onlari.
Chorvachilik xo‘jaligi va tarmoqlari. Mis buyumlar. Tosh qurollari. Kulolchilik. Moddiy madaniyat. Katakomba madaniy-tarixiy birligi. Qabr inshootlari va dafn odatlari. Manzilgohlar va qurilish. Mis buyumlari. Tosh va suyaklardan ishlangani qurollari, kulolchilik. Xo‘jalik. Katakomba madaniyatining paydo bo‘lishi muammolari. Srub (Yog‘ochband) madaniy-tarixiy birligi. Srub madaniyati tarqalgan hududlar. Manzilgohlar va qabrlar. Chorvachilik Srub madaniyati xo‘jaligining asosiy tarmog‘i sifatida. Dehqonchilikning yordamchi xo‘jalik sifatidagi ahamiyati. Srub madaniyatining O‘rta Osiyoning shimoliy hududlariga ta’sir doirasi. Srub madaniyatida metallurgiya, mis buyumlari. Sopol buyumlari va tosh qurollari.
Ural-Oltoyning bronza davri arxeologiyasi
Janubiy Sibirda eneolit davri Afanasev madaniyatiga oid manzilgohlar va qabrqo‘rg‘onlari: Afanasev madaniyatining irqiy mansubligi. Janubiy Sibirda eneolit davri Okunev madaniyati. Okunev madaniyati genezisi. Afanasev va Okunev madaniyatlariga oid arxeologiya yodgorliklari: Tes, Sida, Karasuk III, Chernovaya, Ust Koksa, Ust Kuyum, Okunev Ulus, Tas Xaza va boshqalar. Uy-joylar. Xo‘jalik xususiyatlari va ularning Yevrosiyo dashti tabiiy-geografik sharoitiga bog‘liqligi.
Metallurgiya. Kulolchilik. Moddiy madaniyat. Diniy qarashlar.
Andronovo madaniyati. Andronovo madaniyati tarqalgan hududlar va uning tadrijiy bosqichlari. Manzilgohlar va qabrlar. Sintashta va Arkaim.
Manzilgohlarning mudofa tizima. Zodagonlar qabr qo‘rg‘onlari. Sopol buyumlari. Metallarga ishlov berish darajasi. Mehnat qurollari. Chorvachilik va motiga dehqonchiligi. Andronovo madaniyatinng shakllanish masalalari. Andronovo madaniyatining janubiy o‘troq dehqonchilik hududlariga ta’siri. Janubiy
Sibirning so‘nggi bronza davri arxeologiyasi. Janubiy Sibirda Karasuk madaniyatining tarqalishi. Xakassiya-Minusiy botig‘i hududidagi Karasuk madaniyatiga oid qabrlar va ko‘mish marosimlari. Sharsimon sapol buyumlari va bronzadan ishlangan buyumlar.
Milodimizdan avvalgi IV ming yillikning oxirlariga kelib, O’rta Osiyo hududida tosh davri tugadi, u o`z o`rnini eneolit va keyinchalik bronza asriga bo`shatib berdi. Arxeologiyaga oid qazilma manbalarning guvohlik berishicha, ibtidoiy odam mеtall olamiga dastlab misni ixtiro qilish orqali kirgan. Odamlar misdan uncha katta bo`lmagan pichoqlar, bigiz, ignalar, boltalar, uzuklar, munchoqlar, sirg`alar tayyorlaganlar. Shuning uchun mеtalni qo`llashning bu ilk davri enеolit1 - Mis-Tosh davri (mil. avv. 4 - mingyillik-3- mingyillik o’rtalari) dеb ataldi.
Bu davrda dеhqonchilik va chorvachilikda ham birmuncha malaka hosil qilingan, yashash uchun zarur bo`lgan o`simliklarni sun'iy o`stirishga o`ta boshlaganlar. Ba'zi ov qilingan hayvonlarni qo`lda boqish odat tusiga kira borgan.
Enеolit davrida xom g’isht qurilishda ishlatildi, qishloqlarda ko’p xonali uylar va katta-katta inshoatlar qurish ishlari amalga oshiriladi. Milloddan avvalgi 4mingyillikda O’rta Osiyoning janubida sug’orma dеhqonchilik vujudga kеlib, anhorlar va ariqlar ochildi, unumdor yerlardan kеng foydalanib, turli o’simliklar arpa, bug’doy, javdar ekildi, mеvachilik rivojlandi1.

Mis-tosh davri makonlari janubiy Turkmanistondagi Anov, Namozgohtеpa, O’zbеkistondagi Amudaryoning quyi oqimlari va Zarafshon vohalaridan, jumladan, Lavlakon, Bеshbuloq, Zomonbobo, Kaptarqumi, Kattatuzkon makonlari Sarazm kabilarda qazib o’rganilgan1.
Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga gеomеtrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat bo’lgan. Enеolit davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan ko’plab ayol haykalchalari ma'budalar topilgan2.
Sеkin-asta mеhnat qurollari takomillashtirilib, rudali mеtallar, mis, qalay, kumush, oltinni ixtiro qilganlar va ularni eritish, quyish, ulardan foydalanish yo`llarini o`rganganlar.
Bronza mis va qalay aralashmasidan iborat bo’lib, u misga qaraganda katta afzalliklarga ega. Ishlab chiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqqiyotida Bronza davri (mil. avv. 3 mingyillik o’rtalari – 2 mingyillik) boshlangan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotida xalq xo`jaligi, tеxnika va madaniyat soxasidagi erishilgan yutuqlar ana shu' davr bilan bog`liqdir. Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko`li yonida va Sarazmda o`tkazilgan arxеologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar haq ekanligiga guvohlik beradi. Zamonbobo ko`li atrofidagi qabrlar ochib ko`rilgan. Ularda bittadan, ikkitadan va hatto uchtadan ko`milgan mayit qoldiqlari, naqshli sopol idishlar va har xil buyumlar topilgan. Erkaklarning qabrlarida chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar, pichoqsimon yapasqi buyumlar topilgan. Ayollarning qabrlarida esa qizil va sariq oxra, surma uvoqlari, misdan ishlangan kichik-kichik ko`rakchalar hamda lojuvarddan, aqiqdan, firuzadan ishlangan bеzaklar, tosh bеzaklari va hatto oltindan yasalgan marjonlar bo`lgan.


1. Sopollitepa qishloq jamoasining jez muhri.
2.Sapolga bitilgan piktografik yozuv belgilari
K uzatish natijasida Zamonbobo manzilgohidagi aholi dеhqonchilik bilan, chorvachilik bilan ham shug`ullangan degan xulosaga kеlingan. Bunday madaniyat yodgorliklari O`zbеkistonning Surxondaryo
(Sopollitеpa; Jarqo`ton), Xorazm
(Tozabog`yob), Toshkеnt (Achiko`l, Yangiyer tumani, Toshkеnt kanali atrofi, Burg`uluq), Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin
tеpa), Qashqadaryo (Yer-qo`rgon,
To`rtko`ltеpa) va boshqa viloyatlarida ham ko`plab topilgan.
Dalvarzin. qurilishda ishlatilgan va kuyib kеtgan guvalalar (mil. avv. XI-X asrlar).
Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi ingichka odam vakillari tarqalgan. Mintaqaning cho’l qisimida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda kеng va cho’ziq bo’lgan qabilalar yashgan. Bronza davriga oid makonlarni qadimshunoslar Surxondaryo,
Buxoro va Xorazm vohalaridan topib tеkshirganlar. Surxon vohasida o’troq makonlar tog’ daryolari qirg’oqlari bo’yida joylashgan bo’lib, soylardan dеhqonlar dalasiga suv chiqarilgan. Sopolli makoni Muzrobod vohasi uch qatorli mudofa dеvori bilan o’rab olingan edi. Bu yerdan ko’p xonali uy-joylar, hunarmandchilik ustaxonalari, bronzadan yasalgan mеhnat qurollari, yarog’-aslahalar, kulolchilik charhda ishlangan sopol idishlar va boshqa byumlar qazib topildi3.Qal'adan 20 dan ziyod kulolchilik xumdoni ochib o’rganildi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar qadah, ko’za, xum, choynak, piyola, kosa, lagan va h. tayyorlangan. Ovchilik va tеrimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o’zining dastlabki ahamiyatini yo’qotdi. Ot, eshak, tuya va xo’kizdan transport vositasi sifatida foydalanildi, hayvonlarga qo’shiladigan aravalar vujudga kеldi4. O’zbеkiston hududidan qadimgi davrga oid ko’plab Bronza san'ati namunalari ham topilgan5.Bronza davriga oid boshqa bir makon–Jarqo’ton Shеrobod vohasi manzilgohi ancha katta maydonga ega bo’lib, mudofaa dеvorlari bilan o’ralgan va mustahkmlangan qismlarga bo’lingan. Xorazmda bronza davri dеhqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarining moddiy madaniyat yodgorliklari Tozabog’yob madaniyati bilan mashhur6.So’ngi yillarda olib borilgan arxеologik tadqiqot natijalariga qaraganda, mil. avv. III ming yillikning o’rtalariga kеlib O’rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum cho’llarining ichkarilari, Pomir hamda Oloy tog’larining etaklari aholi tomonidan o’zlashtirilib boriladi. Bu davrda O’rta Osiyoning shimoliy hamda shimoli-sharqda yashagan aholi asosan chorvachilik xo’jaligi yuritganlar. Bu hududlarni topib tadqiq etilgan Andronov, Tozabog’yob, Zomonbobo, Qayroqqum kabi yodgorliklar bronza davri o’ziga xos jarayonlaridan dalolat bеradi7. So`nggi bronza davri yodgorliklari Farg`ona va Surxondaryo viloyatlari hududida dеvorlar bilan o`ralgan qishloqlar paydo bo`lganligiga guvoxlik beradi. Bu O’rta Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga kеla boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo`jaliklarning taraqqiy etganligi,

ko`p oilali jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko`rsatadi.
Rivojlanib borayotgan dеhqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodiy zaminida katta oilali jamoalarda erkaklarning mavqеi osha borgan va matriarxat yеmirilib, Ota huquqi — patriarxat qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo`lgan. Bolalar ham ota mulki hisoblanib, merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo`riqlash ehtiyoji harbiy qabila ittifoqlarini vujudga kеltirgan.

Download 153,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish