Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 2,09 Mb.
bet4/11
Sana25.06.2022
Hajmi2,09 Mb.
#703200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmedova

Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonda donchilikning rivojlanishi, donli
ekinlarning hududlar bo’ylab joylashishi , donli ekinlarining xalq xo’jaligidagi
ahamiyatini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuni yoritishda qo’yilgan vazifalar quyidagilar:
-mavzuga oid manbalarni to’plash;
-mavzuga oid adabiyotlarni to’plash;
-mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish
-mavzuni yoritib berish
Kurs ishining manbalari. Kurs ishini yozishda Respublikamiz qonunlari,
Prezident qaror va farmonlari, chop etilgan ilmiy kitoblar, davriy matbuotda chop
etilgan maqolalarga tayanildi. Shu mavzuda keyingi yillarda nashr etilgan ilmiy
tadqiqotlar, internet ma’lumotlari o`rganildi. Bundan tashqari xorijiy olimlar
tomonidan ushbu mavzuga oid fikr mulohazalar, maqolalar ham tadqiq etildi.
Kurs ishining obyekti va pradmati: O’zbekistonda donchilikning rivojlanishini
va joylashishini o’rganish, mustaqillik yillarida donchilikning rivojlanish
istiqbollarini tahlil qilishdan iborat
Mavzuning nazariy asosi. Mavzuni o'rganish jarayonida unga haqqoniy, ilmiy tahlilga asoslangan qarash, xolislik, tarixiylik tamoyili, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yondashishga harakat qilindi. Masalani yoritishda manbashunos, tarixchi olimlarning tarixiy-ilmiy yutuqlari,qarashlari,ilgari surilgan g'oyalar va fikrlari nazariy-uslubiy asos bo'lib xizmat qilmoqda kurs ishimda.
Ishning tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovadan iborat.


I.BOB. O’ZBEKISTON DONCHILIGINING XALQ XO’JALIGIDGI AHAMIYATI VA HUDUDLAR BO’YLAB JOYLASHISHI
1.1. Donli ekinlar turlari bo’yicha hududlarda tarqalishi
Donli ekinlar yetishtirish dehqonchilikning eng yirik tarmog’idir. Donli
ekinlar turlari ancha ko’p bo’lib , ular jahon ekin maydonlarining yarmida
ekiladi. Donchilik tarkibida bug’doy, sholi va makkajo’xori yetishtirish
sohalarining salmog’i katta. Jahon yalpi don mahsulotlarining 80% mazkur
ekinlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari , arpa, suli, javdar kabi turdagi don
mahsulotlari mavjud. Bug‘doy donli ekinlar orasida eng ko‘p ekiladigan ekin turi
hisoblanadi.
2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 800 mln. t bug‘doy yetishtirilgan.
Bug‘doy yetishtirishda Xitoy (131,7 mln.t), Hindiston (86,9 mln. t), Ros-
siya (73,3 mln. t), AQSH (62,9 mln. t), Kanada (30,5 mln. t) yetakchilik
qiladi. Jahon bug‘doy hosilining deyarli yarmi mazkur davlatlar hissasiga
to‘g‘ri keladi. Jahonning asosiy bug‘doy ekiladigan hududlari Shimoliy
yarim sharning o‘rta kengliklari (AQSH, Kanada, Rossiya, Ukraina, Qo-
zog‘iston, Xitoy) va Janubiy yarim sharning o‘rta kengliklari (Avstraliya,
Argentina, Braziliya) hisoblanadi.
Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi
o‘rinni sholi egallaydi. Agar bug‘doy aksariyat hollarda dasht mintaqalari
ekini hisoblansa, sholi, asosan, musson iqlimli hududlarda yetishtirila-
di. Qo‘l mehnatiga asoslangan sholichilikning rivojlanishi nafaqat agro-
iqlimiy sharoitga, balki ko‘p sonli ishchi kuchiga ham bog‘liq. Ushbu
omillar jamlangan Sharqiy, Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo jahonning
asosiy sholichilik mintaqalari hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, Indoneziya,
Bangladesh, Vyetnam kabi davlatlar sholi yalpi hosili bo‘yicha jahonda
peshqadamlik qiladi.
Makkajo‘xori jahon don hosilining 1/4 qismini beruvchi ekin turi hi-
soblanadi. Uning tarqalish mintaqalari deyarli bug’doy ekiladigan maydonlar
bilan bir xil hududlarga to’g’ri keladi. AQSH, Braziliya, Meksika,
Argentina, Xitoy, jahonning eng ko’p makkajo’xori yetishtiruvchi davlatlar
hisoblanadi. AQSH bu ekinning jahon bo’yicha umumiy hosilining 25% dan
ortig’ini ta’minlaydi.
Don xo’jaligi ko’p davlatlarning asosiy sohasi bo’lib qolmoqda, don xo’jaligi
har xil maqsadli vazifalarga egadir. Don xo’jaligi 2 guruhga bo’linadi: oziq-ovqat
(bug’doy, guruch, javdari bug’doy) va yem-hashak (makkajo’xori, афа, suli, tariq,
sorgo), ularni yem-hashak bo’lib ham, oziq-ovqat sifatida ham ishlatsa bo’ladi.
Umuman olganda, o’stiriladigan bug’doyning 2/5 qismi hayvonlarning yemiga
ham ketadi, rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich o’smoqda (AQSH 1/2). Yem-
xashak turlarining roli rivojlangan davlatlarinning yem-xashak ishlab chiqarishda
juda ham kattadir. Lekin, asosiy qimmatbaho mahsulot bu bug’doydir, chunki u
nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan davlatlarning aholisini oziq-ovqat bilan
ta’minlaydi. Dunyo oziq-ovqat muammosi yechilishi bug’doy xo’jaligi holatiga va
xalqaro bug’doy savdosiga bog’liqdir. Oziq-ovqat rivojlangan davlatlarning iqtisodiy
o’tish davrida davlatga bug’doy yordamida hozirgi kunda ularining asosiy siyosiy
strategik katta bug’doy resurslariga egalik qilayotgan davlatlaming asosiy quroli
bo’lib qolmoqda.
Bug’doy kompleksi – dunyo agroxo’jalik kompleksining asosiy qismi
hisoblanadi. U murakkab, hududiy, global regional va milliy darajaga ega bo’lgan
tashkilotlarga egadir. Bu yerda ekstensiv va intensiv tizimlar ham bor, XX asrda
Yevropa davlatlarida intesifikatsiya asosiy o’rinni egallagan bo’lsa ham.
Bug’doy madaniyati dunyoda ekilgan doning yarmini egallaydi. Don
Yetishtirishning hajmi oxirgi 20 yil ichida 2 marotabaga o’sgan va 80-y.da 20
mlrd. t ni tashkil qilgan. Bu natijaga hosildorlikning o’sishi tufayli
erishildi (o’rtacha 1996-1998 yy. ichida 29 ga).



Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish