Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


– rasm. O’zbekistonning donli ekinlar xaritasi



Download 2,09 Mb.
bet9/11
Sana25.06.2022
Hajmi2,09 Mb.
#703200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmedova

2.2.2 – rasm. O’zbekistonning donli ekinlar xaritasi

2.2.3 – rasm. Hududlar bo’yicha don yetishtirish
Sholi yetishtirishda Xorazm, Qoraqalpog’iston Respublikasi, qisman
Farg’ona , Toshkent viloyatida rivojlanga. Xorazm viloyatida ham Gurlan
tumani alohida ajralib turadi. Bu tuman respublika bo’yicha sholichilikka
ixtisoslashgan.
2.2.4 – rasm. Xorazm viloyati sholichilik xaritasi
Respublikada koronavirus pandemiyasi davrida ichki bozorda don va un
mahsulotlari barqaror mavjud bo‘lishini ta’minlash, aholiga arzon va sifatli oziq-
ovqat mahsulotlari yetkazib berish hamda 2021-yil boshoqli don ekinlari hosilini
qisqa muddatlarda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishni maqbul muddatda
sifatli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni
muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Respublika
kengashi):
jahon bozori konyunkturasi va mintaqaviy birjalarda kutilayotgan don narxlari
hamda xo‘jaliklarning don yetishtirish xarajatlari tahlilidan kelib chiqib don va un
mahsulotlari narxi keskin oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘rsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (Quvasoy
shahar) hokimliklarining takliflaridan kelib chiqib ichki bozorda don va non
narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2021-yil
hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid qilish hajmini 1-ilovaga
muvofiq amalga oshirsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (Quvasoy
shahar) hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ichki
ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Moliya
vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari
kengashi, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari,
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda don korxonalari rahbarlari
g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida g‘alla o‘rish kombaynlaridan, don tashish uchun
jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalaridan samarali foydalanishni,
shuningdek, don qabul qilinadigan shoxobchalar, xirmon maydonlari, don tozalash
mashinalarining uzluksiz ishlashini va boshqa moddiy-texnika resurslaridan
unumli foydalanishni tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari,
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi don korxonalari,
g‘allachilik klastyerlari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat
majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2022-yil hosili uchun boshoqli don
ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli jamg‘arilishini ta’minlasin. Bunda
urug‘lik don sifatining kafolatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida urug‘lik g‘allani
o‘rish uchun alohida o‘rim-yig‘im otryadlarini shakllantirsin hamda urug‘lik
donning alohida saqlanishini tashkil etsin.
4. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish
inspeksiyasi bilan birgalikda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
tizimidagi elevator va don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalardagi
mavjud don “nol”ga tozalanishi va xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda
tovar don (bug‘doy)ni xatlovdan o‘tkazish natijalari haqida 2021-yil 15-iyunga
qadar Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot bersin.
5. 2021-yil hosili uchun ekilgan g‘allani o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishga
ko‘maklashuvchi respublika ishchi guruhining tarkibi 2-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (G‘aniyev) quyidagi vazifalarning bajarilishiga
ko‘maklashsin:
2021-yil g‘alla hosilini qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishni
tashkil etish;
yanchilgan donni tashish va qabul qilish uchun yetarli miqdorda yoqilg‘i moylash
materiallari zaxirasini yaratish;
ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish
uchun boshoqli don xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomani
bajarilishi va qabul qilingan don uchun o‘z vaqtida hisob-kitoblar amalga
oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan qo‘shimcha g‘allani tashkiliy-huquqiy shaklidan
qat’i nazar, don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarda va g‘allachilik
klastyerlariga ichki bozorda shakllangan narxlarda sotishni tashkil etish va sotilgan
g‘alla uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan monitoring yuritish;
boshoqli don ekinlari pishib yetilishidan kelib chiqib, zarurat bo‘lgan hollarda,
g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashadigan yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlari
respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga o‘tkazilishini tashkil etishda
amaliy yordam ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot”
aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda:
g‘alla yetishtirish va ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash
tadbirlarini amalga oshirish uchun boshoqli don xarid qilish hajmlari to‘g‘risida
taqdim etilayotgan statistik hisobotlarning ishonchliligi bo‘yicha qat’iy nazorat
o‘rnatsin;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha don qabul qiluvchi va qayta
ishlovchi korxonalardagi va g‘allachilik klastyerlari bilan birgalikda haqiqatda
qabul qilingan don bo‘yicha statistik hisobot ma’lumotlari belgilangan tartibda
Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini va hisobot ma’lumotlarini buzib
ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
7. “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati 2021-yil hosili uchun ekilgan boshoqli
don ekinlari o‘rim-yig‘imida qatnashadigan yuqori unumli g‘alla o‘rish
kombaynlarining ikki smenada to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun zarur chora-
tadbirlarni belgilasin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish
inspeksiyasi “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2021-yil 20-
mayga qadar 2021-yil g‘alla o‘rimi mavsumida qatnashadigan mavjud g‘alla o‘rish
kombaynlari mulk egalari tomonidan to‘liq ta’mirdan chiqarilib mavsumda
to‘xtovsiz ishlashi uchun ehtiyot qismlar zaxirasi yaratilishini hamda Agrosanoat
majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining maxsus sertifikatlari asosida qabul
qilinishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda
vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda yo‘llarda g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashadigan
texnikalarning harakatlanishi xavfsizligini ta’minlash, yetishtirilgan hosilning
talon-taroj qilinishiga va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda yong‘inlar kelib
chiqishining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini
ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik
jamiyati bilan birgalikda yoqilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini
yaratsin hamda hosilni yig‘ishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga
oldindan to‘lovlar asosida belgilangan tartibda yetkazib berilishini tashkil etsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish