Uyga vazifa. 6-7 – misol va masala.
6-misol
x•68 = 40 052 x•38 – 5 840 = 14 946
7-misol. a + b va a – b ifodalarning qiymatlarini a va b larning berilgan qiymatlarida hisoblang:
1) a = 626 546 va b = 90 049 2) a = 99 891 va b = 46 059
a+b=626546+90049=716595 a+b=99891+46059=145950
a-b=626546-90049=536497 a-b=99891-46059=53832
3-4 sinflar uchun.
She’riy topishmoqli masalalar.
Bir va yuz o’rtasida
O’rnim bilib turaman.
Birdan keyin qo’shib nol
Yuksaklikka yuraman. (10 raqami).
O’tar eshik oldidan
Qo’y echkilar podasi
Sanab chiqdim barini
Yo’qmikan-a xatosi?
Yuzni qirqqa qo’shsam
Chiqdi echkilar soni
Qo’y ulardan yuzta ko’p
Barchasi nechta soni
1) 100+40=140
2) 140+100=240
3) 140+240=380
Fermadagi 7777 quyon
Chopishar u yon bu yon
Minggi ketdi bir yonga
Yuzi boshqa tomonga
O’ni ketdi u yonga
Biri keldi bu yonga 1) 7777-1000=6777
Qarab ko’ring 2) 6777-100=6677
O’rtadagi quyonga 3) 6677-10=6667
Kim topadi 4) 6667+1=6668
Teng ekkanin qay songa?
Kelishardi izlab buloq
Bir echkiyu ikki uloq
Ularda bor necha quloq
Qancha oyoq, qancha tuyoq?
1) 3*2=6 quloq
2) 3*4=12 oyoq
3) 3*8=24 tuyoq
90 tovuq don cho’qir
Suv ichadi yuztasi
Necha tovuq bo’ladi
Inda bo’lsa 5 tasi
( 90+100+5=195 )
Ushoxdadir 50 qush
Bu shoxdadir 50 qush
Uchib kelsa 10 tasi
Shoxda bo’lar necha qush?
( 50+50+10=110 )
Qiziqarli masalalar.
1) Agar kechasi soat 12 da yomg’ir yog’ayotgan bo’lsa, 48 soatdan keyin quyosh chiqib turishi mumkinmi?
( Yomg’ir, chunki vaqt tunga to’g’ri keladi )
2) Quyon 2 oyoqda turganda 5 kg, to’rt oyoqda necha kg bo’ladi? (5 kg)
3) Xaridor 20 ta qovun sotib oldi. U har bir juft qovunga 350 so’m to’ladi. Xaridor hammasi bo’lib necha pul to’lagan?
( 20:2=10 350*10=3500 so’m )
4) Ikki o’quvchi 5 soat shaxmat o’ynadi. Har bir o’quvchi necha soat shaxmat o’ynadi?
( 5 soat )
5) Beshta baliqchi 5 ta laqqani 5 kunda yedilar. 10 ta laqqani 10 ta baliqchi necha kunda yeydi? ( 5 kunda )
6) Bir daraxtda 12 ta shox bor. Har bir shoxda 30 ta barg bor. Har bir bargning bir tomoni oq, bir tomoniqora. Bu nima?
( Yil, oy, sutka, kun va tun )
Dars jarayonida mustaqil ishlarning turli shakllarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish kutilgan natijalarni beradi
Xulosa
Mustaqil fikr, mustaqil faoliyat natijasida hosil bo`ladi. Matematika ta`limi mazmuniga o`quvchilarning mustaqil faoliyatlarini kuchaytirishga imkon beruvchi amaliy ishlar va rivojlantiruvchi topshiriqlar kiritish yaxshi samara beradi. Mustaqil fikrlash o`quvchilarning tafakkur doirasini, ijodiy fikrlash salohiyatini kengaytiradi. O’quvchilarning uy ishiga ta’lim – tarbiya va rivojlantirish kabi muhim vazifalar qo’yiladi. Biroq amaliyotda o’qituvchi asosiy e’tiborini dars muammolariga qaratib, bu vazifalarni har doim ham amalga oshiravermaydi. Uy vazifasini tayyorlayotganda shuni unutmaslik kerakki, u darslar orasidagi bir pog’onadir va uni o’quvchi mustaqil bajarib, o’tilgan materialni o’zlashtiradi va yangi bilimni qabul qilishga tayyorlanadi.Ushbu kurs ishim mavzusi “Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarni tashkil qilish metodikasi(3-4-siflarda)”. Birinchi bandda Boshlang`ich sinf matematika
ta`limida mustaqil ish turlari va ularni tashkil qilish metodikasi ishlab chiqildi.
Ikkinchi bandda 3-sinfda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil
qilish metodikasi misol va masalalarni yechish metodikasi bayon qilindi. Uchunchi
bandda 4-sinfda o`quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish
metodikasi misol va masalalarni yechish metodikasi bayon qilindi. Menimcha 3-4
sinflarda matematika o`qitishda ta`lim samaradorligini oshirish uchun mustaqil
ishlarni tashkil qilish metodikasiga ko`proq etibor berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |