2.Aloqa zonasida xizmat ko‘rsatuvchi personalga qo‘yiladigan talablar
Iqtisodiyotimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida servis xizmatlari soni va sifatiga qo‘yilayotgan talablar oshib bormoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasining ko‘llanilishi xizmatlarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida iste’mol bozori strukturasida o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Aholining ayrim qatlamlari moddiy farovonligining oshishi natijasida xizmatlarga o‘zlarining talablari va ehtiyojlari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning yangi kategoriyasi vujudga keldi. Moddiy jihatdan ta’minlangan iste’molchilar o‘zlarining xayot qulayliklarini oshirishni ta’minlaydigan turli assortimentdagi xizmatlarga katta talabgorlar hisoblanishadilar. Shu sababli ayrim servis korxonalari o‘z faoliyatlarini aynan aholining shu tabaqalari ehtiyojlarini qondirishga qaratdilar.
Servis korxonalari ko‘proq e’tiborni iste’molchilarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirishga qarata boshlashdilar. Chunki, bunday yo‘l tutishga ularni sohada vujudga kelayotgan raqobat muhiti majbur qiladi. Raqobat o‘z navbatida xizmatlar sifatiga qattiq talablar qo‘yadi. Lekin bu erda shuni ta’kidlash joizki, bizda hozir to‘liq raqobat muhiti servis sohasida yaratilgan emas.
Raqobat muxitining yaratilishi O‘zbekistondagi servis korxonalari ishini rivojlantirish va takomillashtirish, yangi xaridorlarni topish, aholining ta’minlangan va kam ta’minlangan qatlamlari uchun xizmatlar assortimentini taaluqli narxlarda shakllantirish uchun qo‘shimcha dastak bo‘lishi shubxasizdir.
Yuqorida qayd qilingan omillar xizmatlar bozorini rekonstruksiya qilinishini ta’minlaydi. Natijada servis korxonalari faoliyatlari manzilligini aniqlaydi. Ya’ni, bir tomondan yakka tartibdagi iste’molchilarning hozirgi davrdagi talablarini qondiruvchi,ikkinchi tomondan tashkilotlarning (bank xizmatlari, axborot xizmatlari, sayyohlik xizmatlari, shaxsiy, axborot, moliyaviy xavfsizlikni qo‘riqlash xizmatlari) ehtiyojlarini qondiruvchi servis xizmatlarining yangi yo‘nalishlari vujudga keldi.
Servis tashkiloti (bajaruvchi) xizmatni shartnoma shartlariga taaluqli ravishda bajaradi. Xizmat sifati shartnomada ko‘rsatilgan sifatga mos kelishi lozim. Agarda shartnomada xizmat sifati ko‘rilmaydigan bo‘lsa, servis firmasi ushbu maqsadlarga to‘g‘ri keladigan va odatda foydalaniladigan ushbu turdagi xizmatni ko‘rsatishga majbur. Agarda iste’molchi shartnomani tuzish paytida bajaruvchiga xizmat ko‘rsatishning aniq maqsadlari haqida xabardor qilsa, bajaruvchi ushbu maqsadlarga mos keladigan xizmatlarni bajarishga majbur. Agarda O‘zbekiston Respublikasi qonuni yoki normativ, xuquqiy xujjatlarda xizmat sifatiga majburiy talablar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda taqdim qilinayotgan xizmat ushbu talablarga mos kelishi lozim.
Xizmatni bajarish muddatlari shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarga mos kelishi lozim. Shartnomada xizmat ko‘rsatishning haqiqiy muddati haqida belgi qo‘yiladi. Iste’molchining uyida xizmat ko‘rsatishda, servis tashkiloti o‘zining servis bo‘yicha mutaxassisini iste’molchi bilan kelishilgan vaqtda kelishini ta’minlaydi. Buyurtmani bajarish uchun materiallar belgilangan talablarga mos kelishi lozim va u taaluqli xujjat bilan (sertifikat, mos kelish dekloratsiyasi) tasdiqlanishi lozim.
Barcha holatlarda xizmatni amalga oshiruvchi ishchi mijozni bevosita yaqinida ishlash kasbiy ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Bu xizmatlar odamni eng nozik va o’ziga xos ehtiyojlarini (vital-rekreasion, kosmetik, yakka didli yoki intim) qondirishga qaratilgan. Bu hollarda servis ishchisiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: o’ta zaruriyat bo’lmasa mijozga noqulaylik yaratmaslik; ularda og’riqli yoki noxush holatlarni paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik; marhamatli va vaziyatdan chiqib keta oluvchi. Kontakt zonasi ishchisi iste’molchini (pasiyent, mijoz) turli reaksiyasida ham bir tomondan do’stona munosabatni, ochiq chehralikni, boshqa tomondan esa xushmuomalalik, vazminlikni saqlashi kerak. Kontakt zonasini fazosi siqilgan servis turlarida personalni ko’pgina xatti-harakatlari va xizmat ko’rsatish proseduralari qattiq va birma-bir me’yorlangan.
Servisda xizmat va xizmat ko’rsatishni ba’zi turlari borki, ularda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqa minimumga yetkazilgan. Bunday hollarda servis ishchilari mijozlarga ular xizmatini mustaqil iste’mol qilish uchun imkoniyat va sharoit yaratadilar. Shunday o’ziga xos xususiyatlarga aloqa xizmati, informasion-kompyuter xizmat ko’rsatish, mehmonxona servisi egadir. Chunonchi, mehmonxona servisi an’analari mijoz qavatlarda oqsoch ma’mur (boshqaruvchi) ishini ko’rmasligini qattiq belgilab qo’ygan, ammo bunda mijozga zaruriyat bo’lganda hohlagan vaqtda ularga murojaat qilish huquqi saqlanib qolinadi.
Servisni ko’pgina turlari mavjudki, ular mijoz ishtirokisiz generasiya qilinadi. Masalan, ta’mirlash-maishiy xizmatlar, tovarni tashish xizmatlari, qator ishlab chiqarish xizmatlari va boshqalar ana shunday xizmatlar hisoblanadi. Bunda xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari faqat buyurtma berish va ish yakunlangandan keyin aloqa qilishadi. Bu hollarda ham mijoz buyurtmani qabul qilishi, uni to’lashi lozim, shu bilan xizmatni amalga oshganligini tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |