Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


«Avesto» va zardushtiy pandnomalarning ijtimoiy pedagogik mohiyati



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana04.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#429969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Saboxat

«Avesto» va zardushtiy pandnomalarning ijtimoiy pedagogik mohiyati 
Zardushtiylik ta’limoti tadqiqotchilarining ta’kidlashlaricha, «Avesto»ning 
to’liq mukammal nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Lekin uning mohiyati 
mazdaparastlik aqidalarini aks ettiruvchi qator manbalarda bayon etilgan. 
«Dinkard», «Bundahshin» shular jumlasidandir. VII–IX asrlar davomida yaratilgan 
bu asarlarda zardushtiylikning mazmuni, asosiy pedagogik qarashlari aks etgan. 
Halifa al – Ma’mun (813 - 833) hukmronligi davrida donishmand 
Abdufaribag tomonidan yozila boshlanib, IX asr oxirlarida Aturbat Hamid o’g’li 
tomonidan tugal holga keltirilgan «Dinkard» ning 9 kitobidan 7 tasi bizgacha yetib 
kelgan. O’rta asr fors tilida bitilgan bu asarda «Avesto» dagi miflar, Zardusht 
sarguzashtlari va yetti tangriga aloqador voqealardan tashqari ta’lim – tarbiyaga 
bag’ishlangan maxsus boblar ham mavjud. «Shuning uchun ham o’rta asrlarda 
«Avesto» va zardushtiylik dinini targ’ib qilish, shu e’tiqodning paydo bo’lishi 
tarixi, mohiyatini o’rganishda ushbu manbaning qiymati beqiyos. Barcha 
avestoshunoslar, tarjimon va lug’atnavislarning ko’proq «Dinkard»ga murojaat 
etishlarining boisi ham huddi ana shundadir».
«Bundahshin»ning bizgacha Eron nushasi («Katta Bundahshin») va «Hind 
nusxalari» etib kelgan. O’ttiz to’rt fasldan iborat bu nodir manbada, bir tomondan, 
olamning yaratilishi, yaxshilik va yovuzlik o’rtasidagi kurash batafsil bayon etilsa, 
ikkinchi tomondan, boshqa yozma yodgorliklarda uchramaydigan qator ilmiy–
axloqiy fikrlar, ajdodlarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari aks etgan. Bu 
kitob, ayniqsa, qadimgi ta’lim-tarbiya tizimi, axloqiy qarashlarni o’zida yorqin 
mujassamlashtirganligi bilan qimmatlidir. «Donishmandning o’z farzandiga 
nasihati», «Ustozning birinchi sinf o’quvchisiga pandi», «Solnomashunoslik 
xususida» kabi qismlarida yoshlar tarbiyasi, bu jarayonda ota–ona va 
jamoatchilikning burchi, muallimlarning vazifalari, yoshlarning maktabda va 
odamlar orasida odob–axloqini namoyon qilish yo’llari, umuman, yoshlarni yetuk 
shaxs sifatida shakllanishlari uchun qanday axloq me’yorlariga rioya qilishlari 
haqida fikr yuritilgan.
«Avesto» asosiy qismlarning turli sabablarga ko’ra parokanda bo’lib ketishi 
asarni butunlay yo’qota olmaydi, albatta. Ulardagi mazmun turli tarjima va 
sharhlar orqali bizgacha etib keldi. VI asrda pahlaviy tilida yaratilgan qo’lyozma 
manbalar «Avesto» qismlarining mukammal nusxalaridir. Ular, asosan, pand–
nasihat xarakteridagi ibratli hikoyat va axloqiy fikrlar bo’lib, andarzlar–o’gitlar 


majmuaidir. Bularning bir qismi «Sharq yozma yodgorliklari» turkumida 
«Pehlaviyskie nazidatelno’e teksto’» nomi bilan rus tilida chop etilgan .
«Avesto» yaratilgach, undagi ta’limiy-axloqiy qarashlar borgan sari keng 
yoyila borib, asrdan asrga, avloddan avlodga uzatildi. Ayniqsa, axloq–odob, 
barkamollik haqidagi nasihatlarga qiziqish va ehtiyoj barcha davrlarda kuchli 
bo’lgan. Shu ehtiyojning natijasi sifatida «Avesto» o’gitlari faqat Ahura Mazda 
yoki Zardusht tilidan emas, balki aniq tarixiy yoki afsonaviy shaxslar va dastlabki 
muallimlar tilidan ham bayon etiladiki, bu xol ulardagi g’oyalarni yanada 
hayotiylashtiradi, haqqoniyligini kuchaytiradi.
Axloqiy o’gitlarning asosiy qismi shoh Xisrav Anushirvon (531 – 579), 
Shopur II (309 – 379) davrida kohin Adurbad, Anushirvon zamondoshi Bok I 
Tafrid, vaziri Buzurgmehr va boshqalar tilidan bayon etilgan. O’gitlar mavzusi 
nihoyatda keng va rang–barang bo’lib, ular zardushtiylik ta’limotining bosh 
g’oyasi – ezgulikni ulug’lash va insonni ma’naviy poklash aqidasini targ’ib 
qilishga qaratilgan. Ularning bayon shakllari ham turlicha bo’lib, ota va 
farzandning muloqoti, muayyan hikoyat tavsifi yohud bevosita ustozlar nasihatlari 
tarzida ifodalangan. Lekin ularning barchasiga xos asosiy xususiyat – har qanday 
sharoitda ham insonni haqiqatga yo’llash, uning ongiga ezgu fikr, ezgu so’z va 
ezgu amal aqidasini singdirishdir.
Muhim jihatlardan yana biri shundaki, «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy 
o’gitlar islomiy e’tiqodda, Qur’oni karimda, ayniqsa uning xushxulq va odob 
haqidagi aqidalarida muayyan iz qoldirdi, davr talabiga muvofiq yangicha 
qarashlar bilan boyitildi. Bu bilan qator o’zgarishlarga uchragan bo’lsada, biroq 
ezgulik g’oyasi ularning asosiy negizi sifatida saqlandi.
Ingliz avestoshunosi M.Boys zardushtiylik ta’limotidagi o’gitlarning 
ko’pchiligi qadimda og’zaki an’analar tarkibida paydo bo’lib, yashab kelgani 
hamda asosan monolog yohud dialog shaklida ifodalanganini, vaqt o’tgan sari 
ularga badiiylik unsurlari qo’shilib borganini ta’kidlaydi va shu bilan birga ularni 
quyidagicha guruhlaydi: 1) hayotiy kuzatish xulosalariga asoslangan («qarilikka 
davo yo’q»); 2) farosat va sezgirlikni tarannum etuvchi («O’zingga foydali kishi 
bilan do’st tutin»); 3) odob–axloqqa aloqador («Burchga sodiqlik – eng yaxshi 
himoyadir») o’gitlar.
Bundan tashqari, o’gitlarni mazmun–mohiyati ko’ra shartli ravishda ikki 
guruhga ajratadi: 1) bevosita zardushtiylikning diniy aqidalarini targ’ib qiluvchi 
o’gitlar; 2) maishiy–ma’naviy mavzuga oid nasihatlar .
Diniy aqidalarni tashviq qiluvchi o’gitlarda, avvalo, «zardushtiylik 
marosimlariga rioya qilish ezgulik» ekani va har ikki olamga shubhalanmay 
qarashning esa yaxshi»ligi ta’kidlangan.
O’gitlarda oila, ota–onaga hurmat, bola tarbiyasi kabi masalalarga alohida 
o’rin berilgan. Zardushtiylar ta’limotiga ko’ra, hayotning davomiyligi, naslning 
aslini ta’minlash, avvalo, oila qanday asosda qurilganiga bog’liq. Bunda hayotni 
bo’ydoq o’tkazish va ayni paytda ko’pxotinlik axloqqa zid holat sifatida qattiq 
qoralangan, «yaxshi ayol bilan umr o’tkazish – baxt», «xotinsiz kishi – baxtsizdir», 
deyiladi. O’gitlarda bu hulosalar aniq hayotiy tajribadan kelib chiqqan. Binobarin, 
balog’atga yetgan yigit zurriyot qoldirish qobiliyati bo’la turib, ataylab uylanmay 


yursa, badnom qilingan – temir kamar bog’lab yurishga majbur etilgan. Balog’atga 
yetgan qiz ham ota–onasi va jamoatchilik fikriga qarshi shunday yo’l tutsa, qopga 
solinib yigirma besh darra kaltaklanish bilan jazolangan. Zero, «ota–onaning 
istaklarini bajarmagan o’g’il farzand emas» hikmati shunday kuzatish asosida 
yuzaga kelgan.
Yagona Tangri Ahura Mazda oilali erkaklarni oilasiz mardlardan ko’ra 
muhtaram tutishini aytib, «Kimda–kim balog’at yoshiga yetgan yigitning 
uylanishiga moddiy yordam bersa, unga bu dunyo-yu u dunyoda savob 
yog’dirajagini, oila qurmoqchi bo’lgan har bir kishiga yo’l ko’rsatmoq ham 
mazhablarning vazifasi ekanini ta’kidlab, kimning xotini bo’lsa xotinsiz va 
dunyoda farzandsiz kimsadan yaxshiroqdir» deya ta’lim beradi.
O’gitlarda yigitlarga qarata «bu dunyoda uylan va o’z avlodingni yarat
ularga jonkuyar bo’l hamda bu yo’ldan og’ishma» deya murojaat etadi. Shu bilan 
birga, zardushtiylar axloqi bu yo’ldan atayin adashganlarni jazolash orqali 
tarbiyalashni ham joriy etgan. Chunonchi, o’g’il–qizlar 21 yashar bo’lgunga qadar 
erkin jufti halol tanlash huquqiga ega bo’lmagan. Agar yigit qiz bilan ahdu paymon 
qilib, ota–onalar roziligisiz nikohdan o’tmoqchi bo’lsa jamoa vakillari bunday 
to’yni o’tkazishgan. Ammo, nikoh o’qilganda ota–ona roziligini olmaganlari 
sababli ular tegishli merosdan mahrum etilajaklari e’lon qilingan. Lekin, oila 
masalasida yoshlar erki paymol qilinmagan, balki kattalar, ustozlar maslahatlariga 
quloq tutish, yaxshi–yomonni farqlasa, har bir erkak va ayol «o’zi to’g’ri yo’lni 
tanlashi va hayoti pok va hiradmand yor bilan o’tishiga erishish» lozimligi ham 
nasihat qilinadi. Bu jihatdan Adurbad Mehraspondonning o’gitlari ayniqsa 
ibratlidir. Uning o’z o’g’illari yo’q edi. Ma’budlarga iltijodan keyin ko’p o’tmay 
o’g’li tug’ildi. Spitamon urug’idan bo’lgan Zardusht xotirasi uchun u o’g’liga 
Zardusht deb nom berdi va nasihatlar qildi: «O’zing uchun ayolni o’zing izla», 
«Kamtar ayolni do’st tut, qizingni mulohazali va aqlli kishiga ber. Zero, bunday 
kishi yaxshi yerga o’xshaydi: unga nima ekilsa, anvoyi ne’matlar unib 
chiqaveradi», «O’zgalar ayollariga ko’z solma, aks holda bo’yningda og’ir gunoh 
qoladi». Bu o’gitlarda ayolga befarq bo’lmaslik, balki uni do’st sifatida e’zozlash, 
boshqalar xotinlariga yomon nazar qilmaslik, vafo ko’rsatish zarurligi ta’kidlanadi.
Shu bilan birga, erkak kishi jufti halolining har tomondan yetuk, bilimli 
bo’lishi haqida ham qayg’urishi» zarurligi ta’kidlanadi: «O’zingni iztirob va og’ir 
g’am bosmasligi, keyin afsus chekmasliging uchun umr yo’ldoshingni, 
bolalaringni bilimsiz qoldirma» deya nasihat qilinishi er va otaning oila a’zolari 
kamoloti yo’lidagi burchini eslatadi.
Bunga javoban ayol oldiga ham muayyan talablar qo’yilgan. Tabiiyki, ularda 
o’sha davr mafkurasi bilan izohlanadigan ba’zi qarashlar ta’siri bo’lsa ham 
(«Siringni ayollarga aytma» kabi), umuman, ayolni erga sodiqligi ustuvor shart 
sanalgan. Shuning uchun «Erning maslahatlarini qilmaydigan, uning foyda va 
zarariga, quvonchi va g’amiga sherik bo’lmaydigan xotin har qanday dushmandan 
yomondir» deya uqtiriladi. 
Zardushtiylardan oila odobi odatda ota–onani hurmat qilishga o’rgatishdan 
boshlangan. Bu jarayon bola ustoz qo’lida ta’lim–tarbiya olayotgan muddatda ham 
davom etgan. Zero, ota–onani, kattalar va ustozlarni hurmatlash har ikki olam 


farovonligining muhim sharti, axloqiy mezoni deb qaralgan. Shuning uchun ham 
ko’plab o’gitlarda bu masalaning uchrashi tabiiydir. Ikkinchidan, oila ahilligi va 
farzandlar kamoloti avvalo ota–onaga bog’liq ekaniligiga qattiq ishonishgan va 
ota–onali kishilarni omadli sanashgan.
Qadim ajdodlarimiz savob va gunohni puxta anglab, o’zlarini yovuz 
ishlardan tiyish yo’llaridan biri – ota–ona ibrati va e’zozi deb bilishgan, aks holda 
katta gunoh qilishdan va Tangri g’azabiga duchor bo’lishdan hayiqishgan. O’z 
navbatida ota–onalar ham farzandlari tarbiyasida burchlarini to’g’ri anglab, 
chinakam maslahatgo’y va murabbiy bo’lishga intilganlar. Shuning uchun ham ota 
«Ilm va barkamollik o’rgatuvchi, barkamollikka undovchi ustoz» sifatida 
ulug’lansa, ona esa boshda ko’tarib e’zozlashga loyiqligi uqdiriladi.
Ota–onaga hurmat motivlari muqaddas Qur’oni karim va payg’ambar 
hadislaridan ham keng o’rin olgan. Xususan, buyuk alloma Abu Abdulloh 
Muhammad ibn Ismoil al- Buhoriy hadislaridagi «Adab kitobi»ning bir bobi ushbu 
masalaga bag’ishlangan. Unda ota–ona va farzand munosabati, ularning o’zaro 
huquq va burchlari haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunday fikrlar, asosan, 
ta’limiy xarakterda bo’lib, «inson o’z ota–onasiga itoatkor va mehribon bo’lsin deb 
vasiyat qildik» so’zlari bilan boshlanadi va ular isboti uchun muayyan hikoyatlar 
keltiriladi. 
Ma’lumki, «Avesto» qismlaridagi pand–nasihatlar turli davrlarga oid bo’lib, 
ularda kishilarning bevosita turmush tajribalari va ijtimoiy–maishiy qarashlari 
xulosalari umumlashtirilgan. Bu xususiyat oila a’zolari, xususan ota–ona va 
farzand munosabatlari, odob axloq me’yorlarining ifodalanishida aks etadi.
Qadimda yaratilib, asrlar osha sayqal topgan bu o’gitlar islom dinida 
yangicha ta’limot ta’sirida muayyan o’zgarishlarga uchraydi, ularning mazmunan 
yaqin variantlari paydo bo’ladi. Lekin o’gitlar mazmunidagi asosiy ta’limiy–
axloqiy fikrlar saqlanib qoladi. Shu jihatdan «Avesto» va payg’ambar hadislaridagi 
ko’pgina qarashlarda hamohanglik, yaqinlikni ko’rish mumkin. Chunonchi, 
«Avesto»da balog’atga yetgan yigit va qizni oila qurishi odob me’yorlaridan biri 
sifatida qaralsa, hadislarda «uylanishga yaroqli va qodir bo’la turib, uylanmagan 
odam islom ahlidan emas», deya hukm qilinadi yoki zardushtiylarda ota–onani 
ranjitish katta gunoh hisoblanganidek, islom ta’limotida «ota–onasini qarg’agan 
farzandni Tangri qarg’agani» o’ta odobsizlik sifatida baholangan. 
Hadislarda ota–onaning farzand oldidagi burchlari orasida axloq maqomi 
oldingi o’ringa qo’yilgan. Bunda ota–ona farzandiga beradigan barcha moddiy 
boyliklar-u ne’matlaridan odob ustun sanaladi. Zero, «hech bir ota-ona o’z 
farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi» deyilishi bejiz emas.
Shuningdek, quyidagi o’gitlarda ham yuqoridagi ibratomuz fikrlarning turli 
ma’no qirralari aks etgan. «Kimki ota-onasining roziligini olgan bo’lsa, Tangri 
uning umrini uzaytiradi», «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq–
odobini ham yaxshilangiz», «Agar ota-onang birdaniga chaqirsa, avval onangga 
javob qil» va boshqalar. Bu pand-nasihatlar Zardusht, kohinlar va 
payg’ambarlarning nasihatlari sifatida bayon etilgan. Muhimi shundaki, ularda 
nasllar va qarindoshlar o’rtasida o’zaro hurmat, mehr–oqibatning zarurligi 
ta’kidlanadiki, bu axloqiy da’vat katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va hamma 


davrlar uchun ibratli qadriyat sifatida bugungi kunda ham barkamol shaxsni 
shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Islomiy e’tiqod kishilarni gunoh qilishdan ogohlantirar ekan, avvalo, ularga 
hayot va yaxshi xulq bag’ishlovchi ota-onaga mehr-muruvvat ko’rsatish zarurligini 
ta’kidlaydi. Zero, «Odam qiladigan gunohi azimlardan biri ota-onani haqorat 
qilmoqdir», deyiladi hadislarda .
«Jannat» oyog’i ostida bo’lgan onalar barcha uchun tabarruk va mo’’tabar 
zot, davomiylik timsolidir. Hadislarda bu muqaddas ona siymosi keng sharhlanib, 
farzand faqat o’z tuqqan onasinigina emas, balki, umuman, «Onani e’zozlashi» 
zarurligi qayd qilinadi. Chunki hadislarda aytilganidek «Birovning ota–onasini 
so’kmoq - o’z ota–onangni haqorat qilmoqdir». Binobarin, farzand qo’lidan 
keladigan barcha ezguliklar, savob-u saxovatlar, avvalo ota-onaga bag’ishlanishi 
zarurligi uqdiriladi.
Qadimiy obidalardagi ota-onaga hurmat g’oyasi barhayot qadriyat sifatida 
asrdan asrga, avloddan avlodga o’tib kelmoqda.
Gunoh ishlardan tiyilishga undovchi omillar orasida oila sha’ni va nufuzini 
saqlash alohida o’rin tutgan. Shuning uchun bu xususidagi da’vatlarda har bir 
kishining ogoh bo’lishi lozimligi zarur hisoblangan: «O’z oilangiz, urug’ingiz 
sha’nu shavkati uchun jirkanch yolg’onchilarga o’xshab yovuz fikr, yovuz so’z va 
yovuz amallar urug’ini ekmang». Bu o’gitlarga amal qilishda ota-onaga, 
qarindoshlarga munosabatning mavqei ko’p marta ta’kidlanadi.
Zero, ota-ona ko’nglini ranjitish, ularning haqli maslahatlarini pisand 
etmaslik eng katta gunohlardan biri sanalgan. Quyidagi o’gitga quloq tutaylik: 
«Ota-onani ranjitma. Aka-ukalar, qarindosh-urug’lar va yaxshilar bilan yaqin 
aloqada bo’l, ular bilan doimiy aloqa o’rnat, ularning ayollariga himoyachi bo’l» .
Bu o’rinda oila ahilligi, yaqinlar o’rtasidagi iliq munosabatlar, o’zaro 
hurmat, xususan, ayollarni himoya qilish zarurligi axloqiy tamoyillarning muhim 
nuqtalarini aks ettiradi. Negaki, har kim «O’zining sharmanda-yu sharmisor, 
ruhining esa gunohkor bo’lmasligini istasa, ota-ona va ustozlarni xafa qilishdan 
qattiq tiyilishi kerak».
Baxtli bo’lishning bir qirrasi – ota–onali bo’lishdir. Shuning uchun ham 
ularni qadrlash, har ikki olamda ham unutmaslik kerak. Binobarin, Adurbad: «Ota–
onangni hurmat qil, ularga tavozeli va kamtar bo’l. Chunki ota-onasi bor kishi 
she’rga o’xshaydi: u o’rmonda hech kimdan qo’rqmaydi, ota–onasi bo’lmagan 
kishi esa bevaga o’xshaydi: undan hamma narsani tortib oladilar, u esa hech narsa 
qila olmaydi, istagan kishi uni xo’rlaydi», - deya xulosa qiladi.
O’gitlarda farzandlarga ota-ona an’analarini davom ettirish, ularning ezgu 
ishlariga sodiq bo’lib, do’st va dushmanlarini farqlay bilish, bu ishlarda faqat 
adolatga amal qilish farz ekaniligiga alohida urg’u berilgan. «Ota-onasi xafa 
bo’lgan yoki norozi bo’lgan kishilarga yaqinlashma, chunki adolatni aldov bilan 
tutib bo’lmaydi, sening do’stlaring ham qolmaydi». Bu hikmat farzandni yaxshini 
yomondan, adovatni adolatdan farqlash, hayotga teran boqish zarurligidan ta’lim 
beradiki, bu ham axloqiy qadriyatdir.
O’gitlarda savob va gunoh, bunyodkorlik va buzg’unchilik kabi o’zaro bir-
biriga zid qarashlarning inson hayotidagi o’rni talqinlariga katta e’tibor berilgan. 


Bularning birinchisi insonni haqgo’ylik, yaratuvchilik va kamolot sari da’vat etsa, 
ikkinchisi razolat, xudbinlik va axloqsizlik kabi illatlarga giriftor etishga urinadi. 
Shuning uchun har bir kishi, avvalo, ogohlikka va o’zligini anglashga intilishi, 
yaxshi va yomonni keskin farqlab yashashi zarurligi uqdiriladi.
Shuningdek, inson burchining muhim qirralaridan biri o’z ustozlari, 
boshliqlar, homiylar, umuman kattalarga munosabatda aks etishiga o’gitlarda 
alohida urg’u berilgan. «Kecha va kunduz Tangrini ulug’lash»ga ahd qilgan kishi 
o’z ishini to’g’ri bajarishi, ustozi, rahbari va otasini doimo eslab yurishi, xususan, 
ustozdan tanbeh eshitmaslik, uni qiynamaslikka intilib, o’rgangan bilimlarni faqat 
munosib kishilarga berish, boshqalardan tortib olmaslik farz sifatida ta’kidlanadi.
Sharqda boshliqlar va do’stlarga sodiq bo’lish bilan birga inson o’z qadrini 
ham bilishi eng qadimgi qadriyatlardan biri ekanligi Zardushtiy pandnomalaridagi 
o’gitlarda ham aks etgan. «Mamlakat homiysi» va jonlilar qayg’usi bilan band 
bo’lgan hukmdorlarni» qarg’amaslik targ’ib etilsa ham jamiyat a’zolarining 
insoniy mohiyati ularning mulkiy tabaqalanishlaridan qat’iy nazar, ezgulik 
maqomlariga amal qilishlariga qarab belgilangan. Shuning uchun ham Anushirvon 
o’gitlarida «Hukmdor va do’stlaringga sodiq bo’l, o’zingni hech kimga qul qilib 
qo’yma» nasihati bilan bir qatorda turli tabaqa vakillariga yaxshi va yomonligi va 
insonga munosabatiga qarab muomala qilish zarurligi qayd etilgan. «Boylar 
ziyofatiga ishtirok etma», «Mastlar bilan bir ziyofatda o’tirma», «Ziyofatda 
mushtlashishdan chetda bo’l», «Odamlarni urma, lavozim uchun kurashma», 
«Qamoqxona nozirligiga zolimni tayinlama», «Qasosga intilma» o’gitlarida 
yomonlardan uzoqlashish, «Boshliqni ulug’la, uni hurmat qil va so’zlariga quloq 
tut», «Ulug’ martabali kishilarni e’zozla, ularning maslahatlarini ol, ularga itoat 
qil», «Keksalar ustidan kulma, chunki sen ham qartayasan», kabi nasihatlarida esa 
yaxshilarga yaqinlashib, ularni e’zozlash kerakligi ta’kidlanadi.
Ma’lumki, zardushtiylik ta’limotida inson ruhi masalalari salmoqli mavqega 
ega. Mazdaparastlik aqidasi bo’yicha, odam o’lgandan keyin uning ruhini qo’lga 
kiritish uchun do’zax va jannat, devlar va shohlar o’rtasida jang boshlanadi. Bunda 
gunohkorlar ruhi do’zaxga tortilsa, yaxshilar ruhini Mehr, Surush, Rashn kabi 
homiylar jannatga eltadi. Natijada har kimning ruhi bu dunyodagi yaxshi va yomon 
amallarining timsoli sifatida olqish yohud qarg’ish olgan holda narigi dunyoda 
yashab yuradi. Bu aqidaga qattiq ishongan kishilar ruh pokligi yo’lida o’z jonlarini 
do’zaxga topshirmaslik uchun harakat qilganlar. Bu esa, shubhasiz ruh 
muqaddasligi va uning axloqiy tarbiyadagi o’rni haqida qator o’gitlarning vujudga 
kelishiga imkon bergan. «Orsizlik va nokamtarlik yo’lida jonni do’zaxga 
topshirmaslikka» da’vat etuvchi bunday o’gitlar anchagina: «Qahr-g’azab va qasos 
uchun o’z ruhingni qiynama», «Jannatga yetmoqchi bo’lsang, ruhing g’amini ye, 
adolatli bo’l», «Doimo o’z ruhingni o’yla», «Hech kimni aldama, toki ruhing 
aziyat chekmasin» va boshqalar.
Ruh xotirjamligini ta’minlash yo’llaridan biri gunohlardan saqlanish 
ekanligi islomiy e’tiqodda ham aks etgan. Hadis-u shariflarda bayon etilgan 
bunday gunohlar mazmunan zardushtiylik qarashlari bilan ko’p jihatdan 
hamohangdir. Bunday og’ir gunohlardan ayrimlariga diqqat qilaylik:
- «Tangri yakkaligini tan olmaslik; 


- Sehr ishlar bilan shug’ullanmoq; 
- Birovni nohaq o’ldirmoq; 
- Sudho’rlik» - yetimlar haqini yemoq; 
- Iffatli ayolni fohisha deb haqoratlamoq».
Ushbu gunohlarning har biri axloqsizlikning muayyan qirralari ifodasi 
bo’lib, insonni g’ayri yo’lga undovchi, qalb va ruhga ozor yetkazuvchi illatlardirki, 
ularga qarshi kurash barcha zamonlarda dolzarb bo’lib kelgan.
Ruh pokligi, diyonatlilik o’gitlardagi yetakchi g’oyalardan biridir. Zero, 
donolik, haqgo’ylik, nodonlik, g’irromlik kabi o’zaro qarama-qarshi sifatlar 
asosida kishilarni odob va xushxulq sohibi bo’lish, ezgu nom qoldirishga undovchi 
ko’plab nasihatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra 
haqiqiy inson o’zini ezgulik yo’liga bag’ishlar ekan, donishmandlik va aql-u 
farosatdan qanchalik bahramand bo’lsa, nodonlik va jaholatdan shunchalik 
nafratlana olishi ham zarur. Chunki donolik va nodonlik inson qalbidagi yonma-
yon ikki hislat bo’lib, birinchisi ezgu amalga, ikkinchisi esa yovuz amalga 
moyildir.
Qator o’gitlar insonni bu ikki jihatga ogohlik bilan yondashib, to’g’ri yo’lni 
tanlashga undaydi. «Donishmand kishilar maslahatlarini ol», «Do’stlarim 
ko’paysin desang donishmand bo’l», «O’z bilimingdan o’zgalarni bahramand et», 
«Otashdek pok va durahshon bo’ling», «Sobit deb nom chiqarmoqchi bo’lsang, 
sodiq bo’l», «Baxtli bo’lay desang, diyonatli bo’l», «Dunyo boyliklari ketidan 
quvma» va boshqalar. 
Nodonlik yovuzlikning bir qismi bo’lib, kishini jaholat va gunohga 
yo’llaydi, axloqsizlikka yo’l ochadi. Ulug’ zotlar, ustozlar hamisha bu haqda 
ogohlantirib kelishgan. Yomon ishlardan tiyilishning muhim omillaridan biri 
sifatida johil, g’iybatchi, razil shaxslardan yiroq bo’lishga va turmush hodisalariga 
teran nigoh bilan xushyor munosabat bildirishga undashgan. Bu haqda o’gitlarda 
ko’plab namunalar uchraydi: «Sirlaringni nodonga aytma», «Yovuz bilan bir 
yo’lda yurma», «Nodon bilan kengashma», «Uyati yo’qdan mol olma», 
«Hasadgo’yni yordamchi qilma», «Hasadgo’yga molingni ko’rsatma», «Kek 
saqlaydigan odamdan uzoq yur», kabi. Bu ogohlantiruvchi nasihatlarda 
yovuzlikning kirdikorlari shaxslashtirilgan holda ular xarakterini ifodalovchi 
nomlar bilan ifoda etilgan («Nodon», «yovuz», «uyati yo’q», «hasadgo’y», «zoti 
past», «kek saqlaydigan»).
Zardushtiylik ta’limoti dasturlarida ko’p uchraydigan taqdir va amal, qalb va 
ruh tushunchalari insonning ma’naviy poklanishi va axloqiy kamolotidagi 
rivojlanish jarayonlarini aks ettiradi. Yazdon ato etadigan taqdirda har bir kishining 
ezgu yohud yovuz amali aks etib, u qalbni toza yoki nopok qilishi, ruhiga esa 
xotirjamlik yohud bezovtalik bag’ishlashi tabiiydir. Ahura Mazda har bir bandani 
yomon yo’ldan asranishga va axloqqan barkamol, yetuk shaxs sifatida 
shakllantirishga erishadi. Quyidagi fazilatlarni egallashga da’vat etadi: aqllilik, 
bardoshlilik, ishonuvchanlik, e’tiqodlilik, farosatlilik va boshqalar.


Bu o’rinda aqlni shartli tarzda tug’ma va amaliy aqlga ajratib, birinchisida 
ilohiylik, Tangri ne’mati ustuvor bo’lib, u qalbni qo’rquvdan, gunoh va samarasiz 
faoliyatdan asrab, pirovard o’limni o’ylashga qaratilgan bo’lsa, amaliy (dunyoviy) 
aql har kimning bevosita o’ziga bog’liq holda aniq hayotda «to’g’ri yo’l tanlash, 
unda mahkam turish, nima bo’ldi va nima bo’lishni ko’ra bilish, bo’lmaydigan 
narsaga ishonmaslik va qilinmaydigan ishga urinmaslik» nazarda tutiladi. Bu 
ikkala jihat o’zaro aloqador bo’lib, inson xarakteri - dunyoqarashi va amaliy 
faoliyati uyg’unligiga bog’liqdir. Zero, xarakterning vazifasi, o’zni yomon 
axloqdan, yomon niyatdan saqlash va ezgu axloq me’yorlarini egallashdir.
Bardoshlilik hayot davomida ishonch, e’tiqod, fahm–farosat kabi fazilatlar 
orqali takomillashib boradi. Shunga ko’ra «Avesto»da bu fazilatlardan har birining 
qisqacha ta’rifi beriladiki, ular bugungi kunda ham ahamiyatini yo’qotgan emas. 
Ularning mazmuni, asosan quyidagicha: 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish