Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


Ta’limiy–axloqiy xarakterdagi hikmatlarga aylangan umumlashgan



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana04.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#429969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Saboxat

Ta’limiy–axloqiy xarakterdagi hikmatlarga aylangan umumlashgan 
xulosalar:
«Rost so’z sendan qoladigan qutlug’ yodgorliklar», «Haqgo’ylik va 
rostlik Tangri odatidir», «Kim yolg’on so’zga og’iz ochsa, baxt qushi undan 
qochadi», «Gapiruvchi nodon bo’lsa ham eshituvchi dono bo’lmog’i zarur», 
«Sukut – eng buyuk odat», «Ovqatlanish paytida gapirmoq gunohi azimdir» va 
boshqalar. 
«Avesto»ning turli nashrlari va tarjimalaridan keltirilgan so’z fayzi haqidagi 
ushbu namunalarda qadim ajdodlarimizning turmush saboqlari umumlashgan 
bo’lib, ular asrlar davomida xalq orasida keng qo’llanilib kelindi, ba’zi 
hikmatlarning biroz o’zgargan turdosh variantlari paydo bo’ldi, lekin ularning tub 
mohiyatidagi «so’zdagi sehr, she’rdagi hikmat» ma’nosi hozirda axloqiy qadriyat 
sifatida yashab kelmoqda.
Ezgulik ne’matlaridan kishilarni bahramand etishda yaxshi va halol 
amallarning alohida o’rni bor. «Nomkammal jahonning komillik sari intilishida 
ezgu amal asosiy omil bo’lib, u avvalo, jaholat va zulmni qoralash, insonning ozod 
va erkin yashashiga, ijodiy intilishlarini quvvatlashga, umuman, har jihatdan 
poklanishiga qaratilgan. Jumladan, ezgu amal «...yaxshi ishlash, omonatga xiyonat 
qilmaslik, ojizlarni qo’llash, serg’ayrat bo’lmoq, ota–ona va ustod hukmiga 
farmonbardor bo’lmoq, xalq, Vatan uchun xizmat qilmoq, mehmondo’stlik, 
parhezkorlik, yomon ishlardan yuz o’girmoq, mehribonlik, insonparvarlik, jamiyat 
qonunlariga itoat etmoq, o’tganlarni esda tutmoq, haqiqat talab bo’lmoq, be’morlar 
holidan xabar olib turmoq, muhtojlarga yordam berish, o’z ishi va kasbiga mehr 
qo’yish, adolatli bo’lmoqdan iboratdir.
Bu amallarning har biri kishi qalbidan yomon niyatlarni quvishga dilini 
ravshan, iymonini but qilishga xizmat etadi. Shuning uchun ham ezgu amal sohibi 
shu yaxshi me’yorlarga rioya qilishi va boshqalarni ham shunga da’vat etishi savob 
sanalgan. Zero, «Har bir ayol yo er o’zi durust va yaxshi deb bilgan narsasiga amal 
qilishlari va boshqalarni ham ogohlantirishlari hamda ular ham o’sha narsaga amal 
qilishlari kerak» (Yasna, 35–Goh). Bunday kishining qalbi pok, xulqi xush bo’lib, 
hunar va ilm egallasa, foydali mehnat bilan shug’ullanib risqi-ro’zi halol bo’lsa, 
uning amali sobitqadam, so’zi chin bo’ladi. Bu esa ikki olamda ham eng go’zal 
sanalgan fikr, so’z va amal bo’lib, oxirat mukofoti umidida ular olamni obod aylab, 
unga fayz bag’ishlash» uchun donolar-u nodonlarga bayon etiladi.
Mazdani butun mavjudotga yaxshilik istovchi Yakka Tangri sifatida tan 
olgan insonlar uni va boshqa ezgu martabali zotlarni haqiqatdan ogoh ilohlar deb 
bilib, ularni har ikki jahonda ham o’z tani va jonlariga panoh bo’lishlarini» 
istaydilar va o’zlari ham ezgulik yo’lini tanlaganlarini bayon etadilar. «Jonu dili 
bilan yaxshilikka intilishiga» ahd qilgan zardushtiylar, avvalo, zamin va osmonni 


hamda ezgu narsalarni olqishlashga qasamyod qiladilar. «Abadiy feruzlik va 
saodat bag’ishlovchi» haqiqat va yaxshilik bilan o’z orzularini bog’laydilar. Bu 
jihatdan ezgulik olamiga boshdan oyoq osoyishtalik va kenglik orzu qilganlari 
haqidagi quyidagi so’zlari xarakterlidir: «yaxshilik orzusi, yaxshilik mukofoti, 
burungi va kelgusi ezguliklar–abadiy saodatning moyasi. Biz eng ulug’, eng a’lo, 
eng go’zal qismatdan bahramand bo’lg’aymiz. Amshosipandlarni (barhayot 
zotlarni), olqishlaymiz, e’zozlaymiz, hushnudlik tilab, tahsinlar o’qiymiz».
Bunday eng a’lo va go’zal qismat avvalo ezgulik g’oyasi, tinch mehnat
poklik va osoyishtalik tushunchalari bilan bog’liqdir. Negaki, zardushtiylik 
ta’limotida bosqinchilik, zo’ravonlik va tubanlikka zid tarzda osudalik, 
yaratuvchilik va ma’naviy poklik tuyg’ulari ustuvor darajada madh etiladi.
Olijanob fazilatlar tantana qiladigan, adolat ulug’lanadigan jamiyat hayoti 
go’zal hisoblangan. Ahura Mazdaga madadkor bo’lgan ilohlar «abadiy ezgulik», 
«yahshi fikr», «yahshi tartib», «munosib qudrat», «ilohiy tobe’lik», «sihat-
salomatlik» kabi tushunchalarning homiylari bo’lib, tabiat va inson hayotiga 
osoyishtalik va poklik ato etishga da’vat etilganlar.
«Avesto» yigirma bir yashtining o’n oltinchisi «Din Yasht» bo’lib, bu qasida 
iloha Chistaga bag’ishlangan hamd va alqovlarni qamrab olgan. Etti bo’limdan 
iborat ushbu Yashtda zardushtiylik ta’limotining falsafiy–ahloqiy mohiyati, 
ezgulik talqini o’ziga hos ifodalangan. Avvalo, bu hususiyatni «Chista» so’zining 
ma’nosi – bilim deyish ogohlik ekanligini aks ettiradi va ilm-u zakovot ilohasidir. 
«Eng to’g’ri» va «oq libosda» sifatlari ham uning ma’naviy kamolotiga ishora 
bo’lib, unda ilm, fan va din uyg’unligi mujassamlashgan. Ikkinchidan, Mazdaga 
e’tiqodning kuch-qudrati va yaxshilik sharofati Zardusht misolida ibrat qilib 
ko’rsatiladi.
Ezgulik -insoniy qudratning asosidir. Ezgu amallar tufayli osoyishtalik va 
saodat vujudga keladi. Yaxshi amallarni bajargan kishi har doim haqqoniylik va 
rostlik yo’lidan yurib, jamiyat manfaatlarini himoya qilgan shaxsgina ezgulik 
sohibi bo’la oladi. Lekin yaxshilikni osongina targ’ib qilishning iloji yo’q. 
Yaxshilik har doim yomonlik bilan kurash jarayonida g’alaba qiladi. Zero, poklik 
va halollik timsoli - ezgulik o’zining zidi bo’lgan yovuzlikka qarshi kurashda 
shakllangan va takomillashgan. Ezgulik insonni haqiqat yo’liga da’vat etib, uni 
ma’naviy barkamollikka yo’llasa, yovuzlik uni razolat yo’lidan tubanlikka undab 
kelgan. Shuning uchun ham ezgulikka inson qanchalik mehr bilan intilsa
yovuzlikdan shunchalik nafratlanib, yiroq bo’lishga harakat qiladi.
«Avesto»da yovuzlik olami devlar timsolida ifodalangan bo’lib, uni 
Ahriman boshqaradi. Ahura Mazda yaratgan go’zallik, yaxshilik va axloqqa qarshi 
Ahriman hunuklik, yomonlik va axloqsizlikni yaratadi. Bu ikki kuch o’rtasidagi 
kurash talqinlarida ezgulikning g’alabasiga ishonch «Avesto» qismlarining 
barchasida aks etadi, yovuzlik esa qattiq qoralanadi. «Vendidod»da yovuzlik 
qilmishlarining bayonida bu hol yaqqol ko’rinadi. Jumladan, bu yovuzlik dastavval 
devlar tomonidan muqaddas zaminni bulg’ashda namoyon bo’ladi va zamin 
shunday qayg’u–g’am makoniga aylangan joylar Ahura Mazda tilidan uchinchi 
fargardning ikkinchi bo’limida shunday izohlanadi: bunday joylar beshta bo’lib, 
ular – «do’zax mog’orlaridan chiqqan devlar jam bo’ladigan Arizvar tog’i», 


«odamlar va itlarning ko’p murdalari tuproqqa ko’milgan joy», «sanoqsiz 
dahmalarda murdalar qalashtirib tashlangan joy», «Ahriman yaratgan maxluqlar in 
qurgan makon» va «ko’chada o’ldirilgan kishining ortidan xotini va farzandlari oh-
u fig’on chekib borayotgan joydir».
G’oyat chuqur mazmunga ega bo’lgan bu da’vatlar insonni mukarram 
bo’lish, uning axloqi va ma’naviyatini birinchi o’ringa qo’yib, uni bunyodkor 
hilqat sifatida e’zozlash zarurligi hozirgi davrda ham dolzarblik va ahamiyat kasb 
etmoqda. Zero, qadimiy, lekin barhayot umuminsoniy qadriyatlarimiz bugungi 
ma’naviyatimizning poydevoridir 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish