Bu maqsad bo'lajak o'qituvchilarning quyidagi vazifalarni mun-tazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va meto-dologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta'lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texno-logiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to'g'ri-sidagi biliralar tizimini egallaydilar.
Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an'analarimizda va O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko'nikma va malakalar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida har bir bo'lajak o'qituvchi o'zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.
O'quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar.
O'qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egal-laydilar.
Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to'g'risida o'qituvchilar uzluksiz ma'lumotlarni o'rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan
erkin foydalanish asosida o'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o'qituvchilar va tarbiyachi-larni zamon bilan hamnafas bo'lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifa-larini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o'rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish maiakalariga ega bo'lishni tarbiyalaydi.
Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, o'qituvchilik kasbi murakkab va mas'uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va tnurak-kabligi shu bilan belgilanadiki, o'qituvchi doimo ongning yagona sohibi bo'lmish insonning ta'lim—tarbiyasi bilan shug'ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihat-dan doimo rivojlanishda bo'ladi. Shu sababli, bo'lajak o'qituvchilar tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo'lishi, unga ta'sir ko'rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal o'rganib, o'z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak.
O'qituvchilaming shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e'tiqodi, dunyo-qarashining kengligi, faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma'naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat'iyligi va o'z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimo-iy—siyosiy talablariga o'z fikr-mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.
O'qituvchilaming kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevi-shi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasawuri, qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma'naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qoilay olishi, kasbiy ma'lumotni muntazam oshi-rishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.
O'qituvchilaming kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:
O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo'yicha tayyorgarligi.
O'qituvchining ruhiy — psixologik tayyorgarligi.
3) O'qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan
tayyorgarligi.
4) O'qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni
egallab borishi.
Pеdagоgik mahоratni shakllantirishning asоsiy tamоyillari (yaхlit hоlda yondashuv; faоl mulоqоt; pеdagоgik harakatning хilma-хilligi; pеdagоgik ta’sirining ko’p qirraliligi; nazariy bilim va amaliy malakalarning o’zarо bоg’liqligi). Pеdagоgik mahоrat tizimi: ijtimоiy, estеtik, aхlоqiy va tехnоlоgik faоliyat mоhiyati. O’qituvchining har qanday hоlatda ham o’zini tuta оlish mahоrati.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun-ning 3-moddasida ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e'lon qilingan hamda ta'lim sohasidagi davlat siyosa-tining quyidagi asosiy prins iplari belgilab berilgan:
-ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; -ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
-umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;
- ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg'unlashtirish, Ushbu prinsiplar zamirida o'qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy
mohiyati mujassamlangan bo'lib, uni hayotga tatbiq etish o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. O'qituvchi yuqori maiakali kadrlar tayyorlash sifatini ta'minlovchi asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari darajasida, jahon andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak. Shu jihatdan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham o'qituvchining kasbiy mahoratini oshirishga jidcliy e'tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik kadr-larning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talab-lariga moslashuvchan, ta'limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko'zlovchi tizimini vujudga keltirish ta'kidlanadi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini takomillashtirishni qo'llab-quvvat-lash ta'minlanadi. Ushbu talablar zamirida ham o'qituvchining pedagogik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar muhim va davr talabi ekanligi ta'kidlanmoqda. Shunday ekan, "Pedagogik mahorat" fanining vazifalarini "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari belgilab beradi. Uning vag`if'aiai i quyidagilardan iborat:
ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;
ta'lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texno-logiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta'minlash;
boTajak o'qituvchilaming ma'naviy-axloqiy jihatdan dunyoqara-shini rivojlantirishda milliy urf-odat va an'analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta'lim va tarbiya jarayonini kelgusida o'qituvchilardan talab qila-digan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvor-ligini ta'minlash uchun normativ hujjatlar, o'quv-uslubiy adabiyotlar, moddiy-texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
bolajak o'qituvchilaming yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma'naviy-axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
bo'lajak o'qituvchilarni yuqori maiakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarishga o'rgatish.
Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo'lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ulami bartaraf etish yo'llarini topish imkoniyati mavjud.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o'qituvchining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug'ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: "O'qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ul-lanmog 'i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o 'qituvchidan hech qanday natija kutib bo 'Imaydi".
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur'atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog'i keskin oshayotgan bir davrda o'qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahami-yat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro'y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o'n besh yillik samarali va kishi zo'rg'a ishonadigan vo-qea hisoblangan boisa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma'lum bo'lgan yangi yo'nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo'lgan intilish beqiyos darajada o'sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda o'qituvchi faqat o'z fani bo'yicha emas, balki o'z faniga yaqin bo'lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Bizga ma'lumki, ilg'or jamiyat fuqarosining, xususan o'qituvchining ma'naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savodxonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. "Barcha illallarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir" degan edi yunon faylasufi Sokrat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va tafakkur sohibi bo'lishi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko'proq o'qituvchilar zimmasida.
“Pеdagоgik san’at” tushunchasining mоhiyati va uning muhim tarkibiy qismlari. “Pеdagоgik mahоratning namоyon bo’lishi” tushunchasining mоhiyati. Pеdagоgik mahоrat namоyon bo’ladigan muhit. Estеtik his-tuyg’ularga ega bo’lish – pеdagоgik mahоratning muhim asоsi. O’qituvchining pеdagоgik mahоrati va ish tajribasi.
Darhaqiqat, o'qituvchilarning obro'-e'tiborini ta'minlaydigan ilk vo-sita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, o'qituvchi ma'naviy jihatdan sogiom va keng fikrlay oladigan bo'lishi, o'z milliy qadri-yatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Binobarin, o'zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib borgan, aliomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo'lishi lozim. Bu o'qituvchi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi boTmish yosh avlodga chuqur bilim berish o'qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
PEDAGOGIK MAHORAT FANINING ASOSIY TARKIBIY QISMLARI
Nutq malakasi va texnikasini mukammal o'zlashtirish.
Tushunarli, ta'sirchan fikr va his-tuyg'ularni so'zda aniq ifodalash.
Mimik va pantomimik harakatlardan o'z o'rnida foydalanish.
Ma'noli va ocliiq chehrali nigoh bilan qarash.
Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o'z his-tuyg'ularini jilovlay olish.
Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo'lgan ijodiy kayfiyatni bosh qarish.
Kulgi va tabassumda samimiylikni e'tirof etish.
O'quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag'batlantiruvchi munosabatda bo'lish.
Savodli va sof adabiy tilda so'zlash.
Aniq imo-ishoralarni o'z o'rnida ishlala olish.
Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo'llay bilish.
Yulcsakzamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erldn foydalana olish.
Muosharat odobiga doimo rioya qilish.
O'qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk o'qituvchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori maiakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur.
Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta'lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o'tmish qadriyatlari, O'rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to'g'risidagi ma'lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'-lish, ilg'or xorijiy davlatlarning o'qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o'qituvchilaming, shuningdek, ta'lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo'lgan o'qituvchilaming pedagogik mahoratga ega bo'lish-iari o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vosi-talar asosida yanada rivqjlantirish mumkin:
l.Mustaqil o'qib-o'rganish (pedagogika fanida ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar haqida ma'lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma'lumotlar, shuningdek, ilg'or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni umumtashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalami tayyorlash).
2. Tajribali ustoz o'qituvchilar faoliyatini o'rganish (ta'lim muas-sasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o'qituvchilar faoliyatini o'rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg'ulotlami kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umum-lashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
3.O'qituvchi xodimiarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutiarida kasbiy malaka va ko'nikmalarni oshirib borish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferens iya hamda seminarlar, pedagogik o'qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamiakatlarning yetakchi ta'lim muassasaiarida o'z tajribalarini oshirish, kasbi bo'yicha eng so'nggi ma'lumotlarni o'rganish.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo'llarini topish imkoniyati mavjud.
O'qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit va qizlardagi qobiliyat va iste'dodning barcha qirralarini ishga solishga majbur qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, "jamoada 40 ta qobiliyatsiz o 'qituvchi o 'rniga 4 ta qobUiyatli tarbiyachi-o 'qituvchi bo'lgani ma'qul"Y\haqida gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyatsiz kishilar ta'lim-tarbiya ishiga katta zarar etkazishi mumkinligini alohida uqtiradi.
Awalo, o'qituvchilar - ta'lim muassasasidagi ta'lim va tarbiyaviy jarayonining asosiy tashkilotchilaridir. Yigit va qizlarning ma'lumot jihatidan umumiy tayyorgarlik darajasi hamda mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalangan darajasi dastur va darsliklar-gagina em as, balki o'qituvchilarga, ularning mahorati hamda fuqa-rolik hislatlariga ham taalluqli bo'ladi. Shu boisdan ham pedagogika oliy ta'lim muassasalariga o'qituvchilik kasbini sevgan, unga chin ko'ngildan qiziqqan va moyilligi bo'lgan iqtidorli yoshlargina qabul qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo’yicha o’rtaga quyilayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvi shaxsiga bog’liq. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ta’lim- tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadga erishish, o’kuvchilarning xilma- xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o’stirish o’kituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O’zbekistonning istiqboli ko’p ejihatdan o’qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’kitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq. O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. YAxshi o’kituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. CHunki pedagogik nazariyada bolalarni o’kitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, o’kuvchilarning yo shva individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, Amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’kituvchidan keng bilimdonlikni, puxta Amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo’lishi kerak.
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomalada o’zini tuta olishi zarur. SHuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya beri shishi Bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat Bilan shug’ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda. O’qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. Har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O’kituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’tarilgan barcha tadbiru - amallar respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o’qituvchi kasbiga bo’lgan munosabatni tub jihatdan o’zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi.
Demak, bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |