Madaniyat arabcha so`z bo`lib, u jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma`naviy hayotida qo`lga kiritilgan yutuqlari majmuidir. Madaniyat shaxs kamolatiga ikki xil jihatdan ta`sir qilib, ular quyidagilardan iborat:
1. Moddiy, ya`ni texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar;
2. Ma`naviy, ya`ni fan, adabiyot maorif, san`at, din, umuminsoniy va milliy ruhiy qadriyatlar.
Ana shu moddiy va ma`naviy madaniyatning o`zaro aloqasi va o`zaro ta`siri natijasida aqlan etuk, axloqan barkamol, jismonan sog`lom, keng dunyoqarashga ega bo`lgan, yaxlit shakllangan, ya`ni komil inson shakllanadi.
Ta`limning antropologik modeli va texnologiyasi.
Falsafiy antropologiya ta’lim-tarbiya jarayoniga maxsus falsafiy yo‘nalish bag‘ishlab, ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari nafaqat dunyoqarash, metodologiya ko‘rinishida, shu bilan bir qatorda turmush tarzi shaklida ham ko‘rinishiga asos bo‘ladi. Bunday yondashuv asosida inson o‘z-o‘zi bilan uzluksiz dialogga kirishadi, shu bilan bir qatorda kishilik madaniyati bilan muloqot o‘rnatadi.
Pedagogik antropologiya inson va olam haqidagi barcha bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Pedagogik antropologiyaning markazida rivojlanuvchi, bilishga intiluvchi sub’ektlarga yaxlit tuzilma sifatida yondashish g‘oyasi turadi. SHuning uchun ham san’at, hayot, shaxs, tarix va jamiyat falsafasi pedagogika uchun qimmatli manbaa hisoblanadi. Ularning barchasi shaxsni ijtimoiy hamda filogenetik nuqtai nazardan o‘rganishni taqozo etadi.
Psixologik antropologiya aniq shaxsni muayyan hayotiy vaziyatlarda va hamkorlikdagi faoliyat jarayonida tushunish imkonini beradi. Psixologik antropologiya – jamoa a’zolarining ruhiyati, tafakkuri, muayyan ijtimoiy guruhlar va shaxslarning psixologik o‘ziga xosliklari, tajribasini o‘rganuvchi sohadir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida (1997 y.) ta’limning davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanib, ularni zamon ruhi talabi bilan uyg‘unlashgirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan, umumjahon ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. CHunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg‘un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib,"Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak", degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo‘lgan aqliy, axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo‘lishi bilan bir qatorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uyg‘undir. Buni birinchi Prezidentimiz o‘zlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |