Bosqichlari
|
Axborot manbalari
|
Natijani taqdim etish vositalari
|
1.
|
Mavzuga doir axborotlarni izlash va to‘plash
|
Darslik, o‘quv qo‘llanmalar, davriy nashrlar, Internet materiallari
|
Ma’lumotlar bazasi, portfolio
|
2.
|
Ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil etish
|
O‘quv dasturi, taqvim-mavzu rejasi
|
Konspekt, tezis, jadval va chizma
|
3.
|
Ma’lumotlarni o‘quv axborotlariga aylantirish
|
O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishga doir yo‘riqnomalar
|
Ma’ruza, tayanch konspekt, audio-video material, slayd-prezentatsiya
|
Fanlar bo‘yicha didaktik ta’minotni ishlab chiqish asosida quyidagi didaktik materiallar tarkib topadi:
1. Tayanch konspekt. Konspektning bunday turi mavzuga doir eng asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh yozish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Tayanch konspekt o‘qituvchiga o‘quvchilar mavshg‘ulot boshlanishidan avval, mavzuga doir tushunchalar bilan tanishishlari orqali o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi.
2. Vizual materiallar. O‘quv axborotlarini uzatishda vizual materiallar katta ahamiyatga ega. O‘quvchi o‘quv axborotlarini chizma, rasm va javdallar ko‘rinishida oson o‘zlashtiradi. Ana shu sababli, YAn Amos Komenskiy ko‘rgazmalilikni “didaktikaning oltin qoidasi” deb atagan.
3. Muammoli vaziyatli topshiriqlar ob’ektiv, aniq hayotiy va pedagogik muammolarini aks ettiradi. O‘qituvchi o‘rganilayotgan pedagogik hodisalarning o‘zaro zid xususiyatlarini aks ettirish uchun muammoli vaziyatdan foydalansa, u holda ob’ektiv muammo o‘quv muammosiga aylanadi. O‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lgan o‘quv pedagogik muammolar o‘quv topshirig‘i sanaladi.
Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini to`ldiradi va taqozo etadi. O`zbekistonda pedagogik texnologiya masalalari, asosan, ta`lim doirasida o`rganilmoqda. Ta`lim texnologiyasi deb, o`quv-tarbiya jarayonida o`quvchi maqomini o`zgartirish, yangilash yo`li bilan ma`lumot mazmunini va modellashtirish darajalari – o`quv materiali, o`quv predmetiga pedagogik ishlov berish, o`rganiladigan mavzuni o`quvchi-talabalarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirish, ta`lim natijasini qabul qilingan etalon darajasiga ko`tarish va baholashga oid usullar, vositalar, ta`limning tashkiliy shakllarini tushunamiz. Ta`lim texnologiyasi o`quv-tarbiya jarayonini boshqarishning hozirgi etakchi printsipi (subordinatsiya) ni chegaralaydi, unda koordinatsiya o`qituvchi (pedagog) va o`quvchi-talaba faoliyatini o`zaro muvofiqlashtirishning etakchi printsipiga aylanadi. Koordinatsiya ta`limni tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilishning bosh printsipiga aylanganda o`quvchi-talaba ta`lim jarayonining o`qituvchi (pedagog) bilan teng huquqli sub`ektiga aylanadi, ta`lim jarayonini o`qituvchi (pedagog) va o`quvchi-talaba birgalikda amalga oshiradi.
G`arb mamlakatlaridagi ta`lim texnologiyasining bosh g`oyasi dasturlashtirilgan ta`limga borib taqaladi. Dasturlashtirilgan ta`lim asoschilaridan biri Berres Frederik Skinnerning ta`kidlashicha, o`quvchilarning o`quv materiali va uni o`zlashtirishga oid xatti-harakatlari (o`quvchi faoliyati) pog`onalar (ta`lim bosqichlari)ga ajratiladi, har bir bosqichda o`quv materialining ma`lum ulushi to`liq o`zlashtiriladi, o`quv materialining o`zlashtirilgan ulushi tekshirilib, keyingi ulushni o`rganishga o`tiladi. Demak, pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyili ma`lumot mazmunini to`liq o`zlashtirish taktikasidan iborat bo`lib, u dastavval dasturlashtirilgan ta`lim nazariyasi va amaliyoti qobig`ida paydo bo`lgan edi.
Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog`liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo`lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o`ziga xos jihati – tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o`zining ko`pqirrali tomonlari bilan unda qanchalik to`liq namoyon bo`lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning echimiga bog`liq ekan. SHu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo`ladi. Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog`liq.
Pedagogning belgilangan o`quv-tarbiya vazifalarini me`yoriy hujjatlarda ko`rsatilgan talablar asosida yo`l qo`yiladigan chegaraviy ko`rsatkichlar doirasida bajarish holati ishlash qobiliyati deb atalishi mumkin. Demak, u yoki bu fan o`qituvchisining mahoratini aniqlashda uning faoliyati davlat ta`lim standartlari talablariga va pedagogik shartlarga nechog`lik mos kelishi nazarda tutiladi.
Pedagogik nashrlarda pedagog faoliyatini baholash uchun qator ko`rsatkichlar tavsiya etiladi, jumladan:
- pedagogik natijaviylik – pedagog guruhida fan bo`yicha o`zlashtirishning o`rtacha qiymati;
- o`qitishning ilmiylik darajasi – pedagogning o`quv elementlarini fan abstraktsiyasi pog`onalari bo`yicha tushuntirishi;
- ta`lim mazmunini metodik tayyorlash – umumiyligi, izchilligi, harakatdaligi, ortiqcha emasligi kabi talablarning e`tiborga olinishi;
- ta`limda u yoki bu natijani qo`lga kiritish yo`llaridan samarali foydalanish – ekstensiv yoki intensiv sharoitda va hokazo.
Umuman olganda, pedagog uchun asosiy kasbiy-me`yoriy ko`rsatkich – bu birinchi navbatda o`z holatini pedagogik jarayonda bunyodkor sifatida his etishi va anglab etishidir. Pedagog o`zining ish faoliyatiga xususiy kasbiy yaroqliligini, pedagogik voqelikdagi o`z o`rnini baholay olmas ekan, undan hech qachon ijodkorlikni talab qilib bo`lmaydi. Demak, pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan har bir inson o`zining unga moslanuvchanligini, shu kasbga layoqati, qiziqishi borligini to`liq tasavvur etishi kerak.
Ta`lim texnologiyasining asosiy maqsadi ham, o`quv predmetlarini to`liq o`zlashtirishga mos keladigan ta`lim loyihasini yaratishdir. Bunday loyiha hozirgi zamon psixologiyasi, didaktikasi va pedagogik amaliyotining asosiy va ilg`or g`oyalariga tayangan holdagina yaratiladi.
Ta`lim – boshqariladigan jarayon bo`lib, uning natijasi, ko`p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog`liq. Didaktik loyiha esa ta`lim texnologiyasining mahsulidir. O`quvchi- talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko`ra boshqarish ta`lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo`lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko`p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo`lganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo`lgan masofada ta`limning samarali usullari, vositalari ko`p topiladi. Bu erda ta`lim texnologiyasi eng samarali usul bo`lib, ta`limning samarali shaklini tanlashda o`qituvchiga yordamga keladi.
Demak, maqsaddan etalonga etib kelguncha o`qituvchi (pedagog) va o`quvchi-talaba ongi juda ko`p hodisalar bilan uchrashadi. Ta`limga texnologik yondashish – bu ma`lumot va ta`lim mazmunini atroflicha tahlil qilish yo`li bilan o`quv-tarbiya jarayonining umumiy, xususiy maqsadlarini tahlil qilish, o`qituvchi (pedagog) va o`quvchi-talaba maqsadlarining uchrashgan nuqtalarida (o`qitish maqsadi, o`qish maqsadi) ta`limning didaktik maqsadini belgilash asosida ta`limni loyihalash va amalga oshirish yo`llari bilan mo`ljaldagi etalonga erishishdir. Umuman, ta`lim texnologiyasi haqida gap ketganda o`zaro daxldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug`iladi: ta`limni didaktik loyihalash; loyihani amalga oshirish; ta`limning joriy va oraliq natijasiga ko`ra didaktik loyihaga tuzatish va o`zgartirishlar kiritish; ta`limni takrorlash va yakuniy nazoratdan iborat. Bu hodisalarning birinchi va ikkinchisi an`anaviy ta`lim tajribasida ham uchraydi. Ta`lim texnologiyasining an`anaviy ta`lim tizimidan farqi shundaki, ta`lim natijasi va uning etalon darajasida bo`lishi doimo o`qituvchi (pedagog) hamda o`quvchi-talabaning diqqat markazida turadi. O`qituvchi (pedagog) ta`lim natijasini tez-tez tekshirib, o`quvchi-talabalarni o`zlari erishgan yutuqlardan ogoh qilib turadi va o`quvchi-talabalar o`zlari erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab, yutuqlarini yanada ko`paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat qiladi. O`quvchi- talabalar ta`limning zaruriyligini, ular ta`lim jarayonining haqiqiy sub`ektiga aylangan paytida sezishadi.
Pedagogik tizim ma`lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko`zlab va oldindan o`ylab pedagogik ta`sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo`lgan o`zaro bog`liq vositalar, usullar, jarayonlar yigindisidir. Har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos pedagogik tizim mavjud bo`ladi. Agar maqsad o`zgarsa mavjud tizim ham o`zarishi muqarrardir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo`ydi. N.Saydahmedov ta`kidlaganidek : «Milliy dastur bizda ta`lim va tarbiya sohasida davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti». Davlat buyurtmasi esa ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
Pedagogik tizim o`zaro bog`liq bo`lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topadi:
O`quvchilar (talabalar).
Ta`lim-tarbiya maqsadlari.
Ta`lim-tarbiya mazmuni.
Didaktik jarayon.
Tashkiliy shakllar.
Pedagog yoki O`TV
Bu pedagogik tizim, har qanday nazariyaga xos bo`lgani kabi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi.
Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining muhim sohasi sifatida aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bo`lishi kerak.
Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxsning ma`lum sifatlarini shakllantirish zarurati bo`lsa, shart-sharoitlar-o`quvchi (talaba)larning boshlang`ich sifat ko`rsatkichlari, axborot esa o`quv predmetining mazmuni yoki tarbiyaviy ta`siridir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizimda o`ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon, o`qitishning tashkiliy shakllari hamda pedagog yoki o`qitishning texnik vositalari (O`TV)
Rasmda ijtimoiy buyurtma yo`nalishi didaktik masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas: ta`lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki induktiv tarzda tez, balki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzatila boriladi.
Darhaqiqat XX1 asr bo`sag`asida ta`lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi, haqqoniy dvigateli-bu o`zida didaktik masalalar va PT ni mujassamlashtirgan pedagogik tizim hisoblanadi. PT ning muvofaqqiyatli loyihalashtirish va yakuniy natijaning kafolatlanishi o`qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasiga va darsda ularni to`g`ri belgilab olishiga bog`liqdir.
Milliy dasturda ta`lim-tarbiyaning maqsadi yangilanib: «O`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash»30 deb belgilandi. Demak, ta`lim-tarbiyaning maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir. Ta`lim mazmuni o`quv dasturlari, qo`llanma va drsliklarda o`z ifodasini topadi. Shuning uchun olimlarimizga fan sohalari bo`yicha ta`lim mazmunini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Shunday qilib, pedagogik tizimda didaktik masalalarning o`z yechimini topishi Milliy dastur g`oyalarini ro`yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
Agar pedagog (6) qo`lida bilimga chanqoq, iqtidorli o`quvchilar (1), fan maqsadiga (2) mos mazmun- dastur, o`quv qo`llanma, darsliklar (3) mavjud bo`lsa, u didaktik jarayonni (4) muvoffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan (5) samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin.
O`quv materialini o`zlashtirish darajalari. Kishi har qanday oqilona faoliyatni shu faoliyatni bajarish metodikasi haqida oldin o`zlashtirilgan axborotlar asosida bajaradi Bu ta`lim-tarbiya jarayoni uchun ham xarakterlidir. Bilib olingan harakatning mo`ljal asosi (HMA) aynan o`zlashtirib olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitga qarab o`zgartirilgan holda ishlatilishi mumkin. Bilib olingan axborotdan foydalanish usuli bo`yicha o`quv faoliyati reproduktiv va produktiv (mahsuldor) turlarga ajratiladi.
Reproduktiv faoliyatda o`zlashtirilgan HMA, uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko`rinishlarda qayta ishlab chiqiladi, o`quv predmetida dastlab bilib olingan ma`lumotlarga o`quvchi faoliyati davomida biror yangi axborot qo`shmaydi. Masalan, talaba umumiy ta`lim, ixtisoslik bo`yicha o`quv qo`llanmalaridagi barcha masala (vazifa)larni ilgari o`zlashtirilgan (bilingan) qoidalar va algoritmlarga binoan yechadi, o`quvchining bunday faoliyati reprduktivlik doirasidagi harakatlaridir.
Mahsuldor faoliyat jarayonida o`quvchi har doim o`quv predmetida o`zlashtirib olinganiga nisbatan yangi harakat HMA yaratadi, ya`ni o`quv qo`llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. Yangi axborotni yaratish doimo izlanuvchilik faoliyatida oldingi tajribaga suyanadi.
O`zlashtirishning to`rtta izchil darajasi bo`lib, bular: tanishuv, algoritmli, evristik va ijodiy darajalardir.
1-daraja (a-I). Agar masalada uni yechishning maqsadi, vaziyati va harakati ko`rsatilgan bo`lsa, o`quvchidan bu uchala komponent masalaning tuzilishidagi barcha komponentlarga mos kelishi haqida xulosa chiqarishgina talab etiladi, bu bilish faoliyati hisoblanadi. O`quvchi uni ob`ektlar, jarayonlar yoki harakatlar haqidagi ilgari o`zlashtirilgan axborotni qayta idrok qilgandagina bajara oladi. Bu tashqaridan algoritmik ko`rinishda berilgan algoritmik faoliyatdir.
2- daraja (a-II) agar masala (vazifada) maqsad va vaziyat berilgan bo`lsa, o`quvchidan uni yechish uchun oldin o`zlashtirilgan (o`rganilgan) harakatni qo`llash talab etiladi, bu- reproduktiv algoritmik harakat. O`quvchi uni- bu harakatni bajarishning oldin o`zlashtirilgan mo`ljali haqidagi aborotni mustaqil qayta tiklab va qo`llab bajaradi. Buni tipik masala deyladi.
3- daraja (a-III) Agar masala (vazifa)da maqsad berilgan bo`lib, lekin unga erishishning vaziyati noaniq bo`lsa, o`quvchidan esa vaziyatni aniqlash hamda notipik masalani yechish uchun oldin o`zlashtirilgan harakatni qo`llash talab etilsa, bu evristik tipdagi mahsuldor harakat hisoblanadi. Evristik faoliyat tayyor algoritm yoki qoidaga binoan bajarilmaydi, balki, harakatning o`zi davomida yaratilgan yoki qayta o`zgartirilgan algoritm yoki qoidaga binoan bajariladi.
4- daraja (a-IV). Agar vazifada faoliyatning maqsadi umumiy tarzdagina ma`lum bo`lsa, maqsadga erishish uchun vaziyatni ham, harakatni ham izlab topish talab etilsa, bu ijodiy tipdagi mahsuldor faoliyatdir. Bunda haraktning yangi qoidasi yaratiladi, ijodiy-tadqiqotchilik faoliyati bajariladi.
XXI asr aql-zakovat, texnik tarqqiyot asri bo`ladi. SHunga asosan ta`lim-tarbiya jarayoniga yangicha, texnologik yondoshish ehtiyojining tug`ilishi tabiiy holdir.
Bunday yondoshishning asl mohiyati, mazmuni, maqsadini anglash uchun bir-biridan keskin farq qiluvchi, ammo amaliyotga keng qo`llanilayotgan yondashuvlar ustida to`xtalamiz. Bular an`anaviy, ijodiy –tadqiqiy, texnologik, aksiomatik, muammoli-modulli yondashuvlardir. Bunday ta`lim turlaridan foydalanish, ularni amalda qo`llash o`z navbatida o`qituvchidan yuksak professionalizmni, ijodkorlikni talab etadi. Ammo texnologik yondashuv o`qituvchida emas, o`qituvchidan ijodkorlikni, mustaqqil o`qish, mustaqil tahlil qilish, xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Oqibat natijada fan-texnika taraqqiyotining o`ta rivojlanganligi davrida axborotlarning keskin ko`payishi va ularni mustaqil o`zlashtirish imkonini beradigan yondashuv – bu texnologik yondashuvdir.
Ta`limga bunday yondashuvning afzalligini, mohiyat mazmunini va asosiy xususiyatlarini taqqoslash, ularni qiyosiy tasniflash orqali bilib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |