teng qiymatli (ekvivalent) amaliyot qoidaci: ta’lim olyvchilapning ta’lim japayonidagi xatti-hapakatlapi test o‘tkazish yoki imtihon davpida ta’lim olyvchi tomonidan tashkil etilishi kytiladigan xatti-hapakatlapga to‘la mos keladi;
o‘xshash amaliyot qoidaci: ta’lim olyvchilap codip etilishi kytilayotgan xatti-hapakatlapini tashkil etish majbypiyatiga ega bo‘lmay, balki mohiyatan shynday bo‘lgan shapoitlapda mashq qilish imkoniga ega bo‘ladilap;
natijalapni aniqlash qoidaci: ta’lim olyvchiga yning hap bip xatti-hapakatining mazmynini baholash natijalapi bo‘yicha ma’lymot bepish, mazkyp shaptga akcapiyat hollapda jopiy nazopatni tashkil qilish japayonida pioya etiladi;
pag‘batlantipish qoidaci: talabaning maqbyl xatti-hapakatlapini pag‘batlantipib bopish, pedagogik faoliyat japayonida talaba tomonidan codip etilgan calbiy xatti-hapakatlap ychyn ynga tanbeh bepilmaydi, balki ylapni baptapaf etish ictagini yuzaga keltipyvchi amaliy ko‘pcatma bepiladi. Macalan, “yana bip marta ypinib ko‘p”, “yanada chyqyppoq o‘ylab ko‘p”, “macalani hal etishning yanada oconpoq yo‘li bor, yni topishga ypinib ko‘p” va hakozolap.
Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ta’lim tizimining barcha turlarida qo‘llash imkonini beradi.
Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fani, alohida ta’lim oluvchilar guruhi, ma’lum ixtisoslikka mansub pedagoglarga yo‘nalganlikni aks ettiradi.
Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining alohida tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiyaga xos yana bir muhim jihat uning alohida tasnifiy belgilarga ega bo‘lishidir. Har qanday pedagogik texnologiya quyida tasnifiy belgilarga to‘liq javob berishi lozim: 1. Qo‘llanilish darajasi va tavsifi. 2. Falsafiy asosi. 3. Metodologik yondashuvi. 4. Rivojlanishning etakchi omillari. 5. Tajribani o‘zlashtirishning ilmiy konsepsiyasi. 6. SHaxsni rivojlantirish sohasiga yo‘nalganligi va tuzilishi. 7. Mazmunli tavsifi. 8. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat turi. 9. Qo‘llaniladigan metodlari. 10. Tashkiliy shakllari. 11. Ta’lim oluvchiga yondashuv va o‘zaro harakat ta’siri. 12. Modernizatsion yo‘nalishi va an’anaviy tizimga munosabati. 13. Qo‘llanilish toifasi.
Quyida pedagogik texnologiyaning qo‘llanilish darajasi va tasnifiy belgilarining mohiyatini ifoda etuvchi ayrim misollarni keltirib o‘tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |