Hamkorlik pedagogikasining konseptual g`oyalari
SHaxsiy-insonparvarlik yondashuvi: pedagogik mulokotni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish; zamonaviy sharoitda natijaga olib kelmaydigan tug’ridan tug’ri majburlashdan metod sifatida voz kechish; ta’lim oluvchi shaxsiga individual yondashuv.
Didaktik faolllashtiruvchi va rivojlantiruvchi kompleks: fanlarni integratsiyalash; ta’limning variativligi va tabakalashganligi; urgatishda ijobiy rag’batlardan foydalanish..
Hamkorlikda o`qitish metodining asosiy g`oyasi – biror – bir topshiriqni birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o`qishdir.
SHaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyasida hamkorlikda o`qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Hamkorlikda o`qitishni bu biror bir vazifani, topshiriqni hamkorlikda bajarish emas, balki hamkorlikda o`qitishdir. Buyuk rus tarbiyashunosligining asoschilaridan biri A.S.Makarenko «Tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash jarayonida, o`zim ham tarbiyalanib bordim»,- deb yozadi. Demak o`qitish jarayonida, o`qituvchi bolalarni o`qitar ekan, ayni paytda o`zi ham o`qishga majburdir. Bu hamkorlikda o`qitish orqali amalga oshadi.
Hamkorlikda o`qitish, ya`ni kichik, kichik guruhlarga bo`lib o`qishlar G`arb pedagogikasida XIX asr oxirlarida paydo bo`lgan. Ammo guruhlarda, hamkorlikda o`qitishga asos – solinishi XX asrning 20- yillariga to`g`ri keladi. Uning asosiy texnologiyasini ishlab chiqish va uning birinchi natijalarini matbuotda e`lon qilish 1970 yillarning oxirlari 1980 yillarning boshlarida to`g`ri keladi. Bu davrda Buyuk Britaniya, G`arbiy Germaniya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning ta`lim muassasalarida hamkorlikda o`qitish metodining nazariyasi va amaliyoti to`g`risida pedagogik matbuotda ma`lumotlar e`lon qilindi. Ammo ushbu g`oyaning mantiqiy asosnomasi Amerikadagi uchta universitet professorlari – R.Slavin (J.Xoppine universiteti, 1990), R.Jonson, D.Jonson (Minnesot universiteti, 1987), J.Arenson (Kaliforniya universiteti, 1978) va Isroildagi Tel – Aviv universitetida, 1988 yilda SH.SHaron tomonidan ishlab chiqildi. Amerika olimlari va Isroil olimlarining hamkorlikda o`qitish g`oyasi ma`lum jihatlari bilan bir – biridan farq qilsada, ularda mazkur g`oyani yondoshish qoidalari va printsiplarini asoslashda yaxlitlik mavjud. Masalan, Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o`qitishda asosan o`quvchilarni fan asoslari bilan tanishtirish, ularni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish nazarda tutilsa, Isroil va Evropa olimlari ishlab chiqqan hamkorlikda o`qitish metodining mazmunida darslarda munozarali o`quv bahsini tashkil qilish orqali faoliyatni loyihalash yotadi. Bu hol g`oyalarning bir – birini to`ldirishi didaktik jihatdan bir birini boyitishi bilan harakterlanadi va o`quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini loyihalashtirish uchun zamin yaratadi. Bu esa har bir o`quvchida aqliy mexnatga tayyorlanish, ijodiy va mustaqil fikr yuritishlari shaxs sifatida o`zlarini erkin tutib o`qishga ongli, ma`suliyat bilan yondashishga undaydi hamda o`z safdoshlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da`vat etadi.16
Ma`lumki, shoir, yozuvchi, bastakor, texnik xodim va boshqa ijod ahli tinmay izlanadilar, tom – tom kitoblar, taxlam – taxlam gazeta va jurnallarni varaqlab chiqadilar. Ziyokor sifatida o`qituvchi ham bu holatdan qolmasligi, tinmay izlanishi va ijod qilishiga to`g`ri keladi. CHunki, bugungi kun o`quvchisi ommaviy axborot vositalari orqali ko`pgina ma`lumotlarga ega. Ularni o`z o`quv fani mazmuniga singdirish, orqali o`quv predmetiga qiziqtirish, izlanish, mustaqil ishlariga o`rgatish o`qituvchidan katta bilim, mahorat talab qiladi. SHunga asosan o`qituvchiga bolalarga nima o`rgatsam, qanday o`rgatsam degan uy – xayol xalovat bermasligi kerak. qolaversa ta`lim islohotlari ham o`qituvchiga mana shunday tasavvur bilan yashash va ishlashga da`vat etmokda.
SHunga ko`ra hamkorlikda o`qitish metodini puxta egallagan qanday o`qitish va nimani o`rgatishni yaxshi bilib oladi. Zero, hamkorlikda o`qitish o`quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o`z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb biladi, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o`zlashtirishga, o`rtoqlariga hamkor bo`lib, o`zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug`ullanishiga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o`qitish metodining mohiyat mazmunini yuqorida qayd etilgan fikrlardan tashqari komanda (jamoa) hamkorligi asosida topshiriqlarni echish jarayonlarini vaqt bo`yicha bosqichma – bosqich (g`oyalarni inertsiyalar, muhimlarini ajratish, loyihalash qayta ishlab chiqish) va amalga oshirish g`oyasi etadi.
SHu o`rinda shuni alohida qayd etib o`tish joizki, hamkorlikda o`qitishda o`quv ma`lumotlarini o`zlashtirish samaradorligi boshqa o`qitish metodlariga nisbatan yuqori bo`ladi. Buni Buyuk Britaniyaning Starklayu universiteti qoshida xalqaro loyihalar markazining direktori, «Xalq ta`limi vazirligi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga O`zbekiston ta`lim tizimini islohotiga ko`maklashish» loyihasining xalqaro eksperti YAn Smit ham Buyuk Britaniya, Pokiston, Botsvaniyada olib borgan tajribalariga asoslanib 8 aprel 1999 yilda Respublikada o`tkazilgan xalqaro anjumanda «Ilg`or pedagogik texnologiyalar» mavzusida qilgan ma`ruzasida ham qayd qilib o`tdi. Uning qayd etishicha hamkorlikda o`qitish, ya`ni o`quvchi – talabalarning bir – birini o`qitishda samaradorlik mutlaqo oshgan. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko`rish mumkin.
O`qitish metodlari
|
Natija (% xisobida)
|
Ma`ruzalarda
O`qishda
Munozarada
Amaliy mashg`ulotda
Talabalar bir-birini o`qitganda
|
5
10
50
75
90
|
Jadvaldan shu narsa e`tiborga tushadiki, talabalar o`zaro hamkorlikda bir-birini o`qitsalar natija unumli bo`ladi. Hamkorlikda birga o`qiymiz (Minnasot universiteti) Devid Jonson, Rojer Jonsonlarning fikriga ko`ra sinf (guruh) 3-5 kishini tashkil etgan kishidan tashkil topgan kichik guruhchalarga bo`linadilar va guruh a`zolari bir mavzuni o`rganadilar. Komanda a`zolari o`quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o`quvchi mavzu bo`yicha nazarda tutilgan bilim, ko`nikma malakalarni o`zlashtirishga harakat qiladilar.
Bunda o`quvchilarga ko`rsatma berilmaydi, ular topshiriq mazmunidan kelib chiqib bir-biriga yordamlashish asosida topshiriqni hal etadilar. Buning uchun o`qituvchi komandada o`qitish metodidan foydalanish uchun, avvalo, mavzuni aniqlaydi va komanda uchun topshiriqlarni bajarsa kifoya. SHuningdek, o`qituvchi komandalar uchun o`quv topshiriqlarini mavzu bo`yicha o`quvchi (talabalar) ning o`zlashtirgan bilimlarini aniqlash maqsadida test savollarini ishlab chiqadi va mashg`ulotni o`tkazishni loyihalashtiradi.
Bugungi kunda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida Hamkorlikda o`qitish metodining bir necha metodlari ishlab chiqilgan. Metod – bu o`rgatuvchi (ta`lim beruvchi) va o`rganuvchi (ta`lim oluvchi)ning aniq bir vaqt va vaziyatda birgalikdagi faoliyatining tashkiliy tomoni.
Komandada o`qitish metodi. O`qitishning bu metodi J.Xopkins universitetida ishlab chiqilgan. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, komandaning har bir a`zosi oldida biror – bir masalani birgalikda bajarish emas, balki bir-bir narsani birga bilib olish vazifasi turadi. Komandaning muvaffaqiyati komanda har bir a`zosining, muvaffaqiyati har bir a`zoning muvaffaqiyati esa butun komandaning muvaffaqiyati deb tan olinadi.
Quyida biz komandada o`qitishning loyihalashtirilgan dars ishlanmasini namuna sifatida keltiramiz.
Hamkorlik ishlarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillar va bosqichlarda belgilangan vazifalar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |