Madaniyat arabcha so`z bo`lib, u jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma`naviy hayotida qo`lga kiritilgan yutuqlari majmuidir. Madaniyat shaxs kamolatiga ikki xil jihatdan ta`sir qilib, ular quyidagilardan iborat:
1. Moddiy, ya`ni texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar;
2. Ma`naviy, ya`ni fan, adabiyot maorif, san`at, din, umuminsoniy va milliy ruhiy qadriyatlar.
Ana shu moddiy va ma`naviy madaniyatning o`zaro aloqasi va o`zaro ta`siri natijasida aqlan etuk, axloqan barkamol, jismonan sog`lom, keng dunyoqarashga ega bo`lgan, yaxlit shakllangan, ya`ni komil inson shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |