25-Mavzu. Interfaol ta`lim vositasida o`quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish
O`quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish mazmuni.
Interfaol ta`limning o`quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari.
O`quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish orqali mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish yo`llari.
O`quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish mazmuni.
Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat ma’naviyat-ma’rifat keng quloch yoygan, ilm-fan taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr-oqibatli,kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo‘ladi. Bunday jamiyat fuqarolarida sog‘lom fikr, aql-idrok har doim ustuvor bo‘ladi. Qayta qurish, oshkoralik va milliy mafkura siyosati mahsulidan bahramand bo‘lgan Respublikamiz xalqi chuqur bilim va yuksak tafakkurga asoslangan ana shunday adolatli, huquqiy jamiyat qurish yo‘lidan dadil olg‘a bormoqda.
Mustaqillik bizga ma’rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat qurish imkoniyatini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o‘z o‘rni, mavqeiga yarasha vijdonan hissa qo‘shmog‘i lozim. Pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar ham talaba yoshlarda adolatparvarlik, vatanparvarlik, teran aql-idroklik kabi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda o‘z mehnatlarini ayamasliklari, butun kuch-quvvatlarini ana shu ishga bag‘ishlashlari kerak.Buning uchun eng avvalo inson fazilatlarining o‘zaro munosabatlarini va o‘rnini aniqlab olmoq lozim.
Insonning ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o‘z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi.
Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.
Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmui.
O‘qib-uqqan, chuqur ma’naviyatli, adolatli va adolatsizlikning farqiga tushungan inson qaysi yo‘ldan borayotganligini tushunib etadi. YUrtiga nisbatan mehr, g‘urur paydo bo‘ladi. Natijada u ham Vatanining ravnaqiga munosib farzand sifatida o‘z hissasini qo‘shadi. Ajdodlarimiz yashab o‘tgan, meni o‘z bag‘riga olib ulg‘aytirayottan Vatan uchun men nima qila oldim, meni go‘dakligimdan edirib-ichirgan ota-onam, ona zamin, qonlari tomirimda jo‘sh urayotgan ajdodlarimiz sha’niga munosib ishlar qilayapmanmi?- degan savollarni o‘z vijdoni oldiga ko‘ndalang qo‘yadi.
SHu bois pedagoglar va ota-onalarning burchi yoshlarni Vatanga muhabbatli, imonli, e’tiqodli, adolatparvar qilib tarbiyalash, shakllantirishdan iboratdir. Bunday fazilatlarni o‘zida kasb etgan yoshlar, qanday vaziyatda bo‘lmasin, hamma vaqt o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi.
Inson - tabiatning eng buyuk ne’mati. Unga aql-idrok, ong, farosat kabi buyuk fazilatlar ato etilganki, inson bu fazilatlarga sayqal berib, rivojlantirib, olamni, insoniyatni kamolotga etaklab boradi.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |