Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi


Psixologiya fanida “Motivatsiya” tushunchasining talqini



Download 239,11 Kb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi239,11 Kb.
#215760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bobur Dissertatsiya

1.1. Psixologiya fanida “Motivatsiya” tushunchasining talqini.

Bugungi kun globallashgan jamiyat shaxsi o’zining cheksiz bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida o’zi uchun ma’lum bir harakatlar va ana shu harakatlarga undovchi o’ziga xos bo’lgan motiv va motivatsion sohasiga ega hisoblanadi. Biroq guruch kurmaksiz bo’lmagani kabi, ayrim soha va kasblarda faoliyat yuritayotgan shaxslarning o’qish va mehnat jarayonlariga e’tibor qaratadigan bo’sak, ularda o’z tanlagan yo’nalish va sohasida zarur bo’ladigan, ularning muvofaqqiyatlarini ta’minlab beradigan asosiy omil va mumkin bo’lsa, zaruriy kuch, energiya deb ta’rif berish mumkin bo’lgan tushunchalardan biri “motivatsiya” ning yetishmayotganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Buni ayniqsa kelajagimizni ertasi va ishongan kuchi deb qaraladigan oliy o’quv yurti talabalari misolida ko’rishimiz mumkin. To’gri oliy ta’lim tizimimiz va mamlakatimiz talabalari tomonidan erishilayotgan bugungi muvofaqqiyatlar hattoki, xalqaro miqyosda e’tirof qilinmoqda.

Rivojlanish yo’lidan shaxdam odimlayotgan bugungi mustaqil O’zbekistonimizda yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ularni qo’llab quvvatlash yo’lida olib borilayotgan sa’y - harakatlarning negizida ham talabalarni har tomonlama rivojlantirish, ularni is’dodini qo’llab quvvatlash va kelgusida o’zi tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo’lishlariga ko’maklashish masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor berib kelinmoqda. Biroq, talabalar orasida bugungi kunda ta’lim jarayonida eng ko’p uchrayotgan salbiy psixologik holatlardan biri sifatida ulardagi kasbiy motivatsiya darajasining pastligi muamossini e’tirof qilish mumkin. Mazkur muammo barcha oily ta’lim muassasalarida kuzatilmoqda. Aslini oladigan bo’lsak, bunday holatlarga olib keluvchi sabablar bir emas, balki, bir nechta omillar ta’sirida ma’lum bir muddatlar mobaynida shakllanadi desak maqsadga muvofiq bo’ladi.

Jahon ilm – fanida ham bir qator psixolog va pedagog olimlar yoshlarning kasbga qiziqishi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borib, ularni klassifikatsiya qilganlar.

Kudryavsev.T.V shaxsning kasb egasi bo’lishini 4 ta davrini ko’rsatadi:

1.Kasbni tanlashga bo’lgan uyni paydo bo’lishi va shakllanishi.

2.Kasbiy faoliyatga tayyorlanish va kasbga o’qish.

3.Kasbni faol o’zlashtirish, unga kirib boorish va o’zini ishlab chiqaish kollektivida tasavvur qilish.

4.Shaxsni kasbiy mehnatda o’zini to’la o’z kuchini sarf qilishi.[2]

Mazkur bosqichlarni amalga oshirishda talabalarga ma’lum bir darajada shakllangan motivlar (turtki) tizimi mavjud bo’lishi kerak.

Inson harakatlarining motivi tabiiy ravishda ularning maqsadi bilan bog’liq, chunki motiv maqsadga erishish istagidir. Inson harakatlarining motivlari juda xilma-xil, chunki ular har xil ehtiyojlardan kelib chiqadi va ijtimoiy hayot jarayonida insonda shakllanadigan manfaatlardir.[5]

Kasbiy motivatsiyani shakllantirish muammosiga bag’ishlangan asarlar mualliflari sifatida Rus psixologiyasida: V.G.Aseev, I.A.Vasilev, V.K.Vilyunas, B.I.Dodonov, I.P.Ilin, V.I.Kovalyov, A.N.Leontev, P.M.Yakobson va boshqalar. Chet el psixolog olimlaridan yana: J.Atkinson, G.Xoll, K.Madsen, A.Maslou, K.Levin, X.Xekhauzen, va boshqalarni kiritish mumkin. Rus psixologiyasida motivlar turli yo’nalishlar bo’yicha o’rganiladi. Masalan, motivning faoliyat bilan bog’liqlik muammolari bilan: L.S.Leontev, L.S.Rubinshteyn, V.D.Shardikov, K.A.Abulxanova-Slavskaya. Shaxsiyat muammolari bilan: V.G.Aseev, L.I.Botovil, L.I.Antsiferova. Ustanovka muammosi bilan: D.I.Uznadze va uning maktabi shug’ullangan. .[8]

Mutaxassisning kasbiy tayyorgarliginining asosiy va eng murakkab tomoni (psixologik tomoni) – mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorgaarligi hisoblanadi. Bu mutaxassis psixikasi ruhiy kuchlarining kasbiy masalalarni hal etishga o’zining vazifalarini bajarishga tayyorligi va yo’nalganligi darajasidir.

Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

-Yo’naltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qism mutaxassis shaxsining bilish sohasini o’z ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi, tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsining kasbga intellektual tayyorligini tashkil etadi.

-Motivatsion tayyorligi. Mutaxassisning motivatsion tayyorligining asoslari o’z kasbi mutaxassisligini tushuna olishi o’zida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi, o’zini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari hisoblanadi. Oliy o’quv yurti sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga motivatsion tayyorligi talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ta’lim olish jarayonida o’zini rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yo’naltirilganligida namoyon bo’ladi.

-Ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy mahoratni (bilim , malaka, ko’nikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muhim kasbiy sifatlarning to’plami, kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va mutaxassisning irodaviy tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida o’zini boshqarishga qodirligi, operatsional funksiyali tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.[6]

Albatta bo’lg’usi mutaxassisning kasbga ruhiy tayyor bo’lishi ham, undagi motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki talaba o’zi tahsil olayotgan kasbida kelgusida o’zini ko’ra olishi juda muhim hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida shaxsda o’sha tanlagan kasbiga intilish va ishtiyoq kabi motivatsion sifatlar shakllanishiga olib keladiga asosiy ijobiy psixologik omillarni yuzaga keltiradi.

Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar hayoti va faoliyatini ruhiy jihatdan boshqaruvchi sifati- dagi o‘ziga xos turidir. Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir.


Download 239,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish