11
|
Glossariy.
|
|
12
|
Adabiyotlar.
|
|
Mavzu 1. Kirish. Tikuvchilik sanoatining rivojlanish tarixi. Kiyim to’g’risida asosiy ma’lumotlar.
Reja:
1.Tikuvchilik sanoatining rivojlanishi.
2.Kiyim haqida ma’lumot.
3.Kiyimning dastlabki ko’rinishlari va kelib chiqish tarixi.
Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga alohida e'tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdek mas'uliyatli vazifani talab etadi.
Hozirgi paytda respublikamiz sanoat korxonalari oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: uskunalarni zamonaviylashtirish, yuqori sifatli, chiroyli kiyimlarni ishlab chiqariSh hajmini ko’paytirish, tezda moslanuvchi yangi oqim liniyalarini qurish, tikuvchilik tarmog’ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab-chiqarish samaradorligini oshirish.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun korxonalarni qayta qurish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish talab qilinadi.
Yangi kam operatsiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik mahsulotlariga ishlov berishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. Kiyimning (umuman tikuvchilik mahsulotlarining), kiyim detallariga va uzellarinung konstruktsiyasida choklarni iloji boricha ko’proq kamaytirish, namlab-isitib ishlov berish uskunalarining vibromaneken singari bir jarayonli turlarida materiallarga ularning termoplastik xususiyati hisobiga shakl berish, biriktirish va bezash jarayonlarini birlashtirish (masalan, mag’iz, tasma qo’yishda), yelim materiallardan keng foydalanish va h. k. ana shunday kam operatsiyali texnologiyaga kiradi.
Kiyim sifatini yaxshilash uchun kimyoviy materiallarning yangi turlaridan foydalanish kerak bo’ladi. To’qima va trikotaj, sun’iy mo’yna, sun’iy teri va sun’iy zamsha, sun’iy gazlama va sun’iy trikotaj, plyonka qoplangan materiallar, noto’qima materiallar, yelim qoplamali maxsus qotirmalar, xilmaxil furnituralar va h.k. ana shunday material turlaridan hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoatida kiyimni modellash bosqichida ham, uni tikish bosqichida ham qo’l mehnatining salmog’i katta bo’lib, bu mehnat unumdorligini o’sishini sekinlashtiradi. shuning uchun ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish borasida ko’pgina ishlar amalga oshirilayapti. Bular tezyurar mashinalar, tikuvchilik yarim avtomatlari va namlabisitib ishlash jihozlarini yaratish, ish o’rinlarini robotlashtirishdir.
Kiyim konstruktsiyasini yaratishdan boshlab to tayyor mahsulot sotilgunga qadar barcha bosqichlarda ishlab chiqarishning qayta moslanuvchanligini ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi mahalliy tarmoklariga birikkan shaxsiy EHMlar bazasida takomillashtirish ham katta vazifalardan biridir.
Sanoat robotlarini tikuvchilik sanoatida qo’llashning birdanbir maqsadi shuki, mehnat jarayonini yaxshilash va kishi sog’ligi uchun zararli va og’ir jismoniy ishlarni bajarishni yengillashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |