Qiya biriktirma qaviq. Titilmaydigan bo’laklarning ochiq qirqimlarini bir-biriga ulash uchun (yubka etagini, ko’ylak etagini bo’lib tikishda) ishlatiladi. Qiya biriktirma qaviq hosil qilish uchun igna ustki gazlamani to’la, ostki gazlamani yarim qalinlikda teshib o’tadi.
Qaviq uzunligi 0,3-0,5 sm. Qaviq ustki gazlama qirqimidan 0,3-0,5 sm nari tushiriladi.
1 smda qoviqlar soni 2-3 ta bo’ladi. Lq q 0,3-0,5
Yashirin biriktirma qaviq. Qiya biriktirma qaviqqa o’xshash bo’lib, titiladigan gazlamalardan tikiladigan bo’lak chetlarini (ko’ylak etagini, yeng uchini) buklab tikishda ishlatiladi. Bu qaviqni bajarishda ignani bo’lakning bukilgan joyida 0,1-0,5 sm masofada o’tkazib, ignani sanchib chiqarilgan joy ro’parasidagi gazlamaning yarim qalinligi ilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |