Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti «kimyoviy texnologiyalar»



Download 1,38 Mb.
bet15/27
Sana04.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#739301
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
texnologikl jarayonlarni loyihalash

Milliy ko'ylak ta'rifi. Milliy ko'ylak ikki qavatli koketka tufayli figuraning yuqori tayanch sathiga yopishib, ko'krak va ko'raklar chiziqdan boshlab kiyim ostidagi havo bo'shligining hajmini oshiradi. Ko'ylak old koketka, orqa koketka, old tana, orqa tana detallaridan iborat.


Milliy ko'ylak uchun hisoblash. Orqa koketkasining ko'ndalang chizish ko'raklar markazining sathidan o'tadi. Ularning shakli va konstruktiv tuzilishi turlicha bo'lishi mumkin: kaltaroq, uzunroq, dumalokroq to'g'ri chiziqli yoki turli shakllarda.
Old koketkasining ko'ndalang chizig'i ko'krak nuqtasi ustidan model xususiyatiga bog'liq holda 2,0-6 sm masofada o'tishi mumkin. Uning uzunligi va shakli modelga moslab o'tkaziladi.Koketka yaxlit bichilgan yoki ikki bo'lakli bo'lishi mumkin.Ko'ylakning pastki qismi — tanasi — keng to'g'ri, trapetsiyasimon kengaygan, uzun yoki kalta moda yo'nalishiga bogliq holda quriladi.Ayollar milliy ko'ylagining konstruktsiyasi beli yaxlit bichilgan ko'ylak chizmasi asosida modellashtiriladi. Rasmda tipaviy tuzilishdagi (yokqasi ochiq pidjakbop, yengi to'g'ri o'rta kengli, o'rta chiziqda taqilmadek bort chizikdari ustma-ust o'tgan) ayollar milliy ko'ylagining modelli konstruktsiyasi ko'rsatilgan (164 - 96 -
104).

Orqa koketkasi quyidagicha modellashtiriladi: 11 nuqtadan o'rta chiziq bo'ylab koketka uzunligi ko'yiladi. 14' nuqtadan o'miz chizig'i bo'ylab 13 sm ko'yiladi. Orqa koketkasining chizig'i o'miz chizig'idagi 332 nukqtaga nisbatan 2-3 sm pastroq o'tishi mumkin. Belgilangan nukqalar ravon birlashtiriladi. Yelka vitachkasi koketka chizigiga shablon usuli orqali o'tqaziladi.


Old koketkani ko'rish uchun 14” nuqtadan old o'mizi bo'ylab 352 nuqtadan 14
sm o'lchab ko'yiladi, yoki kiyim razmeriga va modelga bog'liq xolda 2-3 sm pastroq tushiriladi. Koketka chizig'i ko'krak nuqtasining ustidan 3 sm teparoq o'tib, o'rta chizig'ining 371 nuqtasi bilan (modelga bogliq xolda pastroq yoki teparok) ravon birlashtiriladi. Ko'krak vitachkasi shablon usuli yordamida koketka chizig'iga o'tkaziladi.
O'rta chiziqqa nisbatan koketka bir-birining ustiga o'tish kengligi 2,5-3 sm, yoqa o'mizi o'rta chiziqda 0,7 sm ga tushiriladi. Bort qaytarmasining shakli modelga mos ifodalanadi.
2.4 Qo’lda bajariladigan ishlarga mashinada bajariladigan operatsiyalardan ko’ra ko’proq vaqt ketadi. Qo’l ishlari ikki guruhga bo’linadi: tik turib bajariladigan ishlar va o’tirib bajariladigan ishlar. Tik turib bajariladigan ishlarda kiyim yoki bo’lak stol ustiga qo’yiladi, o’tirib bajariladigan ishlar esa kiyim yoki bo’lakni ham stol ustiga, ham ishchining tizzasiga qo’yib qilinishi mumkin.
Oyoq toliqmasligi uchun o’tirib bajariladigan ish o’rnini pastki qismiga kichkina yashikcha o’rnatiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib qo’yiladi. (1-rasm). Stol o’ng tomonining old qismida chegaralangan joy bo’lib, bu yerda qaychi, bo’r, igna, ip va hokazolar saqlanadi. Stol o’ng tomonining yuqori burchagiga organik shisha tagiga instruktsiya kartasi joylashadi. Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo’yiladi. Tik turib yoki o’tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto’g’ri bo’lsa, odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va gavda qiyshayib yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Ishchi to’g’ri o’tirishi uchun: oyoqlar polga yoki yashikchaga to’la tiralib turishi kerak. Oyoqlarni chalishtirib o’tirmagan ma’qul, aks holda qon aylanishi yomonlashadi. Gavdani va boshni to’g’ri tutib yoki salgina oldinga egib o’tirish kerak.
Ko’krakni stolga tirab o’tirish yaramaydi; qo’l tirsakdan bukilib gavdadan taxminan 10 sm masofada turishi lozim; ish bajarayotganda tirsaklarni stol ustiga tirab o’tirish yaramaydi. Tikayotgan kiyim yoki bo’lakni ko’zdan 25-30 sm masofada tutish lozim. Ish o’rni yaxshi yoritilgan bo’lishi, yorug’lik chap tomondan tushib turishi lozim. Tik turib ishlaydigan ishchi gavdani to’g’ri va qattiq tutib turishi, bo’yin va ko’krak qismida umurtqa to’g’ri, turishi kerak.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish