O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
«KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR» KAFEDRASI
KURS LOYIXA ISHI
Mavzu:Ayollari bahorgi kuylagini ishlab chiqarish texnologik jarayonni loyixalash
Urganch – 2022
MUNDARIJA
1.KIRISH …………………………………….......................................
|
3
|
2. ASOSIY QISM…........…...........................….................................
|
|
2.1 Ayollar bahorgi ko’ylaglarini loyihalash hususiyatlari, Mehnat muxofazasi...................................................................................................
|
8
|
2.2. Qiz bolalar jaketining modelini tanlash, o’lchamini olish,
loyihasini tuzish va modellash.................................................................
|
20
|
2.3 Ayollar bahorgi milliy ko’ylarini loyihalash..........................................
|
37
|
2.4 Qo’lda bajariladigan ishlarda ish o’rnini tashkil etish, Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o’rni tashkil etish..........................................
|
45
|
3. XULOSA…………………………………………...............................
|
57
|
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...........
|
59
|
Foydalanilgan saytlar...........…………………….......………..................
|
60
|
KIRISH
Ma’lumki, yengil sanoat iqtisodiyotning muhim bo’g’ini hisoblanadi. “O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mustaqillik yillarida mamlakatimiz yengil sanoatida erishilgan yutuqlar tahlil qilindi.Istiqlol yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiyot kompleksida munosib o’rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga chiqish imkonini berayotir.Quyidagi raqamlar ham yengil sanoatning iqtisodiyotimizni rivojlantirishda nechog’li muhim o’rin tutishidan dalolat beradi: bugungi kunda tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil etayotir.Matbuot anjumanida chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilg’or xorij tajribasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan samarali siyosat yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Buning samarasida tarmoqqa 2,2 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etildi va 180 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Bugungi kunda tarmoq korxonalarida 70 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.Qo’qon to’qimachilik kombinati negizida tashkil etilgan “Indorama Qo’qon tekstil” qo’shma korxonasi eng muhim loyihalardan biridir. Yiliga 29 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyihaning qiymati 110 million dollarni tashkil qiladi. Xorazm viloyatida “O’zteks” korxonalari guruhi tomonidan “Svis Kapital” (Shveysariya) kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, umumiy qiymati 50 milliondan ortiq bo’lgan va yiliga 12 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ham keng ko’lamli loyihalardan biridir.Tadbirda tarmoqqa yuqori samarali zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi mahsulot eksporti hajmini kengaytirish imkonini berayotgani qayd etildi. Chunonchi, mustaqillik yillarida ushbu ko’rsatkich 120 marta o’sib, 2014 yil yakunlariga ko’ra 1 milliard dollar darajasiga yetdi. Holbuki, 1991 yilda bu ko’rsatkich 7 million dollar edi, xolos. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari dunyoning 50 mamlakatiga eksport qilinmoqda.“O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida umumiy qiymati 99 million dollar, eksport salohiyati 43,1 million dollarni tashkil etadigan 18 korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ish o’rni yaratiladi.Bundan tashqari, kompaniya yangi o’quv yili arafasida mamlakatimiz bo’ylab maktab yarmarkalarini o’tkazishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu yarmarkalarda yurtimizda ishlab chiqarilgan maktab va sport kiyimlarini xarid qilish mumkin. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, mazkur yarmarkalar o’z samarasini berayotir. Xususan, 2012 yil yakunlari bo’yicha 770 ming dona kiyim sotilgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 835 ming, 2014 yilda 935,4 mingtani tashkil etdi. Joriy yilda 985 mingta maktab va sport kiyimini sotish ko’zda tutilgan.To’qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, shuningdek, “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tikuvchilik va tikuvchilik-trikotaj tarmog’ini rivojlantirish uchun sintetik tola va ip ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish “O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasining ustuvor yo’nalishlaridandir.Jahon yengil sanoat mahsulotlari bozorining hozirgi holati shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarning yengil sanoat bozorlariga jadal kirib borishi, asosan, jahon yengil sanoatiga integratsiyalashgan milliy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. SHuningdek, jahon yengil sanoat sanoati tendensiyasida ichki bozorni ta’minlash ahamiyati oshib bormoqda1 . Jumladan, 2016 yilda jahon yengil sanoat mahsulotlari eksporti jami 286,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan, unda Osiyoning yuqoriligicha qolmoqda2 . Biroq, 2016 yilda dunyoning birinchi 10 taligiga kiruvchi yengil sanoat mahsulotlari eksportyorlari ichida o‘zbek yengil sanoat mahsulotlari eksporti ulushi atigi – 0,37 foizni tashkil qilmoqda xolos. Bu esa milliy yengil sanoat klasterlarini tashkil etgan holda ularni jahon yengil sanoatiga integratsiyalashuvini jadallashtirishni taqozo etadi. Jahonda so‘nggi yillarda aholining barqaror ko‘payib borishi, ushbu tendensiya kelajakda saqlanib qolishi, aholi turmush sharoiti yaxshilanishi hamda to‘lov qobiliyatining oshishi, tayyor va yarim yengil sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabning yanada oshishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat yengil sanoati, xususan, yengil sanoat sanoati korxonalarida mahsulot assortimentini kengaytirish va sifatini oshirish bilan bir qatorda mahsulot tannarxini pasaytirishga asoslangan zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini innovatsion yondashuvlar asosida oshirish nuqtai nazaridan ushbu masalaning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kunda dolzarbligi bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, korxonalar iqtisodiy salohiyati darajasini doimiy monitoring qilib borish, debitor qarzdorlik aylanishini tezlashtirish va korxonalarni modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish masalasini hal etish dolzarb «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da «milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko‘paytirish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» 3 bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash respublikamiz yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va joriy etishda muhim masala bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi, 2016 yil 21 dekabrdagi “2017–2019 yillarda yengil sanoat va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2687-sonli, 2017 yil 19 maydagi «Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-yengil sanoat klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2978-sonli va 2017 yil 15 sentyabrdagi «Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-yengil sanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3279-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Paxta-yengil sanoat ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 744-sonli qarorida, ushbu sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan tashkiliy islohotlar va ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshayotganining aniq dalili sifatida, yengil sanoat sohasidagi keskin rivojlanishni ko‘rsatishimiz mumkin.Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda yengil sanoat qator muhim funksiyalarni bajaradi: 1.Yengil sanoat tovarlarni ishlab chiqarish va ularni oxirgi iste’molchiga etkazish funksiyasini bajarib, pul aylanmasining tashkilotchisi hisoblanadi. O‘zida savdo jarayonlari bo‘lishiga qaramay, bu erda bank pul almashinuvi paydo bo‘ladi. Soliqlar va to‘lovlar orqali byudjetga keladigan moliyaviy mablag‘lar iqtisodiyotning boshqa tarmoq-larini ijtimoiy jihatdan ta’minlab yuboriladi. Bank pul almashinuvini mustahkamlash, butun iqtisodiyotni rivojlanishiga, barqaror faoliyat ko‘rsatishga shart-sharoitlar yaratib beradi. 2. Yengil sanoat boshqa tarmoqlarni rentabel faoliyat yuritishini ta’minlaydi. YUqorida aytib o‘tilganidek, yengil sanoat o‘z mahsulotlarini iste’molchiga etkazib beradi, bu bilan u nafaqat tovar, resurslar va xizmatlarning aylanmasini ta’minlaydi, balki xom ashyolar aylanmasini ham ta’minlab beradi. Bu jarayonda ishtirok etib boshka tarmoqlar ham o‘z foydalarini oladilar. 3. Yengil sanoat tarmog‘i aholiga xizmat qiluvchi, tovar almashinuvini va tovar ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi, jamiyatga foydali tarmoq bo‘lib hisoblanadi. U aholining yengil sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiradi, iste’mol tovarlariga bo‘lgan to‘lov qobiliyatining hajmini, ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, mehnat jarayon-larini faollashtiradi. SHunday qilib, yengil sanoat ijtimoiy jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va muhim ijtimoiy masalalarni echib beradi. Yengil sanoatda aholining ishsiz qismi o‘z tadbirkorlik faoliyatini yurgizishi va bu bilan band bo‘lishi mumkin. 4. Yengil sanoat tarmog‘i aholi ehtiyojlari va talablariga maqsadli xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantiradi va buning natijasida iqtisodiy o‘sishni, uning ijtimoiy yo‘naltirilganligi va baqarorligini ta’min-laydi. 17 5. Yengil sanoat tarmog‘i bozor hududini kengaytiradi. Uning doirasida xalqaro, hududiy va xo‘jalik aloqalari mustahkamlanadi. SHundagina iste’molchilarning va mijozlarning soni ko‘payadi va ishlab chiqarish hajmi oshadi. 6. Yengil sanoat tarmog‘i raqobatchilik muhitini yaxshilashga sharoitlar yaratadi. Bozorda tovarlar ko‘payishi bilan raqobat ko‘payadi, bu esa tovar sifatining va assortimentining oshishiga va iste’molchilarning ehtiyojini butunlay qondirishga imkon beradi. O‘z navbatida respublika tovar ishlab chiqaruvchilari tovar bozorining kon’yunkturasini yanada chuqurroq o‘rganadilar va ishlab chiqarishlarini yaxshilashga harakat qiladilar12 . Respublikamizda katta xom-ashyo bazasining mavjudligi, sanoat potensialining yaratilganligi, mehnat resurslarining kerakligi mikdordaligi, hamda ichki iste’mol bozorining talablari Respublikada yirik tekstil sanoatini yaratishning zarur va muhimligini talab etmokda. Bu esa tez sur’atlar bilan mamlakat yengil sanoatning sifatli rivojlanishni, mintaqaviy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni va O‘zbekiston Respublikasining boy xom-ashyosidan ratsional ravishda foydalanishni jahon bozoriga chiqishni va mamlakat eksport salohiyatini oshirishni muhim vazifalardan etib tayinlamokda. Yengil sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagi masalalar bilan belgilanadi: - Respublika aholisining yengil sanoat maxsulotlariga bo‘lgan talabini iste’mol normasini ilmiy jihatdan asoslanishiga binoan, hamda bu mahsulotlarning qaysidir qismini mamlakat tashqarisiga olib chiqish bilan maksimal ravishda qondirish; - Mahsulotlarni ishlab chiqarishda takomillashgan texnika va texnologiyalardan va yangi sifatli qo‘shimcha mahsulotlardan (bo‘yoqlar, ximikat, kraxmal va boshqalar) foydalangan holda maxsulot sifatini va assortimentini oshirish; - Har bir iqtisodiy mintaqaning xom-ashyo va mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash; -Yuqoridagi masalalarni hal etishga chetdan keladigan investitsiyalarni jalb etish; - Respublikada paxta xom ashyosini qayta ishlashni oshirish iste’mol bozorining tayyor maxsulotlar bilan to‘ldirishga, milliy daromadning ko‘payishiga, respublika eksport salohiyatining oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |