9-jadval Sayr-sayoҳat va ekskursiyalarda ko’rsatiladigan xizmatlarni
aniқlash natijalari
Savol: Sayr va sayoҳat ekskursiyalarga chiқish uchun қanday xizmatlar ko’rsatilishi kerak?
|
Baxmal tumani talabalari
|
Ғallaorol tumani talabalari
|
Jami
|
soni
|
%
|
soni
|
%
|
soni
|
%
|
A. Transportni tashkil қilib bersa bo’ldi
|
33
|
23,74
|
39
|
29,77
|
72
|
26,75
|
B. Transportni, ovқatlantirish- ni, meҳmonxonani tashkil қilishi kerak
|
60
|
43,16
|
76
|
58,01
|
136
|
50,58
|
V. Yo’l boshlovchi, tashkilotchi raҳbar etarli, қolganlari o’zimizning ҳisobdan
|
46
|
33,09
|
16
|
12,21
|
62
|
22,95
|
JAMI
|
139
|
100
|
131
|
100
|
270
|
100
|
Jadval ma’lumotlari bo’yicha 72 ta talaba (26,75 %) sayr-sayoҳat va ekskursiya uchun faқat transport xizmatlarini talab қilmoқda, 136 ta talaba (50,53 %) transport, ovқatlantirish va meҳmonxona (joylashtirish) xizmatlarini so’rapshmoқda. Aloҳida e’tibor berish kerakki, so’rovdagi 62 ta talaba (22,95 %) sayr-sayoҳat va ekskursiyaga қiziқishdan faқatgina yo’l boshlovchi yoki ushbu ekskursiyani tashkil қiluvchini so’rashib қolgan. Barcha xizmatlarni o’zlari bajarishmoқchi yoki ushbu xizmatlar uchun ҳaқni o’zlari to’lashga rozi bo’lishmoқda.
Ushbu taҳlillardan ma’lum bo’ladiki, viloyatda ҳozirgi vaқtda ekologik va rekreastiya resurslaridan foydalanish infratuzilmalari yaratilmagan bo’lsa ҳam ularga o’z ҳisobidan ekskursiyalarga chiқish talablari juda ko’p. Bu ҳolatning o’zi ҳam viloyatda ichki turizmni rivojlantirishning saloҳiyatli imkoniyatlari borligidan dalolat beradi.
Ekologik va rekreastiya resurslaridan turizmni rivojlantirishda foydalanishning yana bir muҳim imkoniyatlaridan biri bu – viloyatdagi ekologik va rekreastiya resurslarini xalқaro miқyosda ҳam mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish miқyosida ҳam reklama қilish imkoniyatlari ҳisoblanadi. Ekologik va rekreastiya resurslarini ro’yxatga olish va tavsiflarini yozishdan ma’lum bo’ldiki, viloyatdagi o’shbu turizm resurslarning turli-tumanligi va jozibadorligi, betakrorligi juda yuқori va ҳayratlanarli darajadadir.
Yana ta’kidlash lozimki, viloyatdagi archazor o’rmonlarining musaffo va davolash maskanlarining tabiiy, shifobaxsh buloқlar manbaiga қurilganligi, noyob jonivorlar va dorivor o’simliklarning endemik turlari ko’pligi, ayniқsa islom olamida nom tratgan uluғ avliyolarning muқaddas қadamjolarining ko’pligi ҳam xalқaro turizm bozoriga o’ta darajadagi jozibador va betakror turizm reklamalarini ishlab chiқish imkoniyatlarini yaratgan.
Shuningdek, viloyat turizmida ҳozir faoliyat ko’rsatayotgan turistik marshrutlarning ҳam oғzaki, tushuntirishlar natijasida ishlayotganligini ҳam e’tiborga olsak va ommaviy axborotlar vositalari, TVda, axborot va reklamalarni tarқatish vositalarida ҳam zamonaviy turizmning turistik
ekskursiya marshrutlarini ҳanuzgacha ishlab chiқishga e’tibor bermayotganligimiz ma’lum bo’ladi.
Tadқiқotlardan ma’lum bo’ldiki, ҳozirgi vaқtda Zomin Milily boғi va Zomin davlat tabiat қo’riқxonasi chegaralarida faoliyat ko’rsatayotgan
«Zomin sanatoriyasi»da dam oluvchilar va Zomin milliy boғi ekologik- rekreastiya resurslariga va ob’ektlariga atiga turistik ekskursiya marshruti
ishlab chiқilgan va bu turistik ekskursiya marshrutlari asosan ichki turizmda ishlamoқda. Bu marshrut ҳam oғzaki ҳolatda e’lon қilingan va қayd қilganimizdek respublikamiz turistlariga mo’ljallangan.
Turizmni xalқaro miқyosda ҳam ichki miқyosda ҳam rivojlantirish uchun esa zamonaviy turizm reklamalarini ishlab chiқish talab қilinadi. Bunday reklamalarni ishlab chiқishning bu reklamalardagi ma’lumotlarning ҳaққoniyligi va jozibadorligi, maftunkorligi resurslari, imkoniyatlari viloyatda beқiyos ҳisoblanadi. Eng muҳimi zamonaviy turizm reklamalarini ishlab chiқish katta xarajatlarni talab қilmaydi. Eng muҳimi, viloyat sayoҳat va ekskursiya byurosi raҳbarligida va mutaxassislar ishtirokida viloyatning barcha ekologik-rekreastiya ob’ektlariga juda ko’plab ҳududiy mavzularda turistik ekskursiya marshrutlarini ishlab chiқish imkoniyatlari katta ekanligi aniқlandi.
Viloyatda ekologik va rekreastiya resurslaridan ichki turizmni rivojlantirishda foydalanshi imkoniyatlarini o’rganish ҳam aniқ natijalarni berdi (10-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |