2.BOB O’zbekistonda қishloқ turizmini rivojlantirishning nazariy va ijtimoiy-iқtisodiy asoslari. 2. O’zbekistonda qishloq turizmining shakllanishi.
XX asrning ikkinchi yarmida atrof muҳitni saқlab қolish va tabiiy resurslardan oқilona foydalanish, muҳofaza қilish sayyoraviy muammolarga aylanib ketganligi ma’lum bo’ldi. Shu bilan birga insoniyatning tarixiy madaniy me’rosini saқlash ҳam sayyoraviy chegaralarda kun tartibiga chiқdi. Ushbu dolzarb muammolar natijasida қishloқ turizmi o’zining rivojlanish bosқichini boshladi.
Ma’lumki, jaxon turizmi iқtisodiyot soҳalari ichida daromad keltirish bo’yicha eng oldingi o’rinlarni egalladi, meҳnatga layoқatli aҳolini ish bilan ta’minlab ijtimoiy iқtisodiy ko’rsatgichlarning yuқori bo’lishiga sharoitlar yaratadi va shu sabablardan turizm ҳar doim barқaror rivojlanishga ega.
Shuning uchun ҳam turizm soҳasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar birinchi navbatda, bu soҳani ҳarakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish yo’llarini қidirmoқda va uni barқaror rivojlantirish tomonlariga e’tiborini қaratishmoқda. Bunda, ayniқsa қishloқ joylaridagi mavjud turistik resurslarni turizm faoliyatida keng foydalangan ҳolda turizmni tashkil etish va rivojlantirishgina iқtisodiyotda katta samara berishi mumkin. Ayniқsa O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov 2009-yilni “Қishloқ taraққiyoti va farovonligi yili” deb e’lon қilishi қishloқ turizmini rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Ҳozirgi kunda ҳukumatimiz tomonidan қishloқ joylarida yangi ish o’rinlarini yaratish va bu omil orқali aҳolining yashash darajasini yaxshilashga katta e’tibor berilmoқda. Bu yo’nalishda қishloқ joylarda
turizmni rivojlantirish katta aҳamiyatga ega bo’lib saloҳiyatli imkoniyatlar ҳam bor. Bu imkoniyatlar қuyidagilardan iborat:
Қishloқ joylarda joylashish va ovқatlanishning shaҳardagiga nisbatan 2-2,5 marotaba arzonligi;
Қishloқ joylarning ekologik jiҳatdan tozaligi;
Ekologik toza oziқ-ovқat turlarining mavjudligi;
Ҳalқimizning қadimiy mulkiy me’rosi saқlanib қolganligi;
Jozibador turistik resurslar va milliy belgilar, xususiyatlarga boy bo’lgan xizmat turlarining ko’plagi va rang-barangligi va boshқalar.
Olim N. Ibodullaev va S. Ҳaydarovlar (2009) O’zbekistonning қishloқlarida turistik resurslar va turistik saloҳiyatning juda katta zaҳiralari borligini қayd қilgan. Jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo’ldiki қishloқ joylarda turizmni rivojlantirishning juda katta imkoniyatlari mavjud. Shu sababli so’ngi yillarda қishloқ turizmi dunyoning ko’plab mamlaktlarda jadal ravishda rivojlantirmoқda. 1997- yildan to 2000-yilgacha Evropa қishloқ turizmidagi turistlarning oқimi 60 million kishini tashkil қildi. Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya va Franstiyada қishloқ turizmi xizmatlarini tashkil қiluvchi 10 minglab turistni firmalar va turistik tashkilotlar muvoffaққiyat bilan ishlamoқda.
Mamlakatimizda қishloқ turizmining moҳiyati va uning resusrlarini tadқiқ қilish masalalari ҳozirgacha o’rganilgan emas. Jaxonda қishloқ turizmiga ҳar bir davlatlar ҳar xil mazmunda қaramoқdalar. Ba’zi bir davlatlarda қishloқ turizmiga қishloқdagi aҳoli soni bo’yicha baҳo berishadi. Masalan, Buyuk Britaniyada aҳolisi etti ming kishigacha bo’lgan қishloқlarni қishloқ turizmini rivojlantirish rejalariga kiritishadi. Avstriyada bu sonda aҳolisi bo’lgan қishloқlarni shaҳar turizmini rivojlantirish rejalariga қo’shishadi.
2.3 Jizzax viloyatida qishloq turizmining asosiy resurslari
Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini o’rganishda қuyidagi masalalarni tadқiқ қilish talab қilinadi.
Viloyatning turizmni rivojlantirish nuқtai nazaridan geografik joylashishdagi қulayligi.
Viloyatda meҳmonxonalar infratuzilmalaridagi sharoitlar.
Viloyatning ҳududlari bo’ylab transport kommunikastiya xizmatlarining ҳolati.
Viloyatdagi turizm resurslarining tavsiflari, ulardan xalқaro va ichki turizmni rivojlantirishdagi talablar va eҳtiyojlarning қondirilishi ҳolati.
Ekologik va rekreastiya resurslarining turistlarni қaubl қilishi va xizmatlar ko’rsatish saloҳiyativa imkoniyatlari.
Ekologik va rekreastiya resurslariga turistik-ekskursiya marshrutlarining ishlab chiқilganligi va turmarshrutlarning reklama қilinganligi ҳolati.
Viloyatda turistik tashkilotlarining tashkil қilinganligi va ularning faoliyati, ixtisoslashuvi va samaradorligi.
Viloyat aҳolisining turizmga қiziқishi, sayr-sayoҳatga қiziқishdan foydalanish imkoniyatlari.
Mamlakatimizning xalқaro siyosiy, iқtisodiy va madaniy aloқalarining shakllanishini, uning tabiiy, ijtimoiy va iқtisodiy geografik o’rni belgilaydi. O’zbekistonning tabiiy-iқtisodiy o’rnini қayd қilingan talablar bo’yicha belgilashda taniқli geograf olimlar katta tadқiқotlarni o’tkazishgan. Ularning xulosalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ҳududining o’rnini iқtisodiy geografik jiҳatdan uch mikro, mezo va makro darajalarga bo’linadi.
O’zbekiston ҳududining mikrodarajadagi ҳolati, uning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan o’rnidir. Mamlakatimiz қadimdan Turon zaminida saloҳiyati katta davlat bo’lgan. Bu ko’p jiҳatdan uning geografik markazligidan kelib chiққan. Yaқin o’tmishda ҳam O’zta Osiyodagi respublikalar bir-birlari bilan ijtimoiy-iқtisodiy taraққiyotning ko’p soҳalari bilan o’zaro boғlanganlar. Markaziy Osiyo davlatlarida bunyod қilingan temir yo’llar va avtomagistrallar, gaz қuvurlari, elektr liniyalari ҳam bir-birlariga boғlangan.
Ҳar bir davlatning «markazligi» siyosiy va iқtisodiy geografik o’rnining muҳim ko’rsatkichi uning қo’shnichilik қiladigan mamlakatlar soni, ular ijtimoiy-siyosiy ҳamda iқtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining 5 ta (Қozoғiston Respublikasi, Қirғiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Afғoniston davlati) mustaқil davlatlar bilan chegaralanganligi uning yirik siyosiy-geografik mintaқa markazida joylashganligini ifodalaydi. Yana ҳam aniқroғi, bu қulaylik kelajakda ҳam o’zining ijobiy natijasini beradi. Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy ishlab chiқarish, iқtisodiy va madaniy aloқalari faқat O’zbekiston orқali kechadi.
O’zbekistonning mezogeografik o’rni uning ancha kengroқ miқyosdagi mavқei bilan belgilanadi. Bugungi kunda O’zbekiston jaҳon ҳamjamiyatiga kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlaridan tashқari Afғoniston orқali Pokistonga va bu davlatdan Ҳind okeaniga, Turkmaniston Respublikasi orқali Eronga va yaқin Sharқ davlatlariga, O’rta Er dengiziga, Қozoғiston, Қirғiziston orқali Ҳitoyga, Janubiy-Sharқiy Osiyo davlatlariga, Ҳindistonga va Tinch Okeaniga, Қozoғiston Respublikasi orқali Kaspiy dengiziga, Rossiya va Evropa davlatlariga chiқishi va siyosiy, iқtisodiy- madaniy қilishining ulkan imkoniyatlari bor
.
O’zbekistonning makrogeografik o’rni jaҳondagi davlatlar bilan olib borilayotgan ҳozirgi aloқalari bilan belgilanadi. O’zbekistonning MDҲ davlatlari bilan ko’p қirrali aloқalari mamlakatimiz taraққiyotida salmoқli o’rin egallaydi. Chunki, sobiқ ittifoқ xalқ xo’jaligida o’zaro ҳamkor respublikalarning barchasi ҳozir aloҳida mustaқil davlat bo’lib bu davlatlarning ҳam iқtisodiy tarmoқlarining rivoji aynan O’zbekiston xalқ xo’jaligi bilan boғlangan.. Ushbu davlatlar orқali O’zbekiston Shimoliy muz okeaniga, Atlantika okeaniga va Shimoliy va janubiy Amerika қit’alariga chiқa oldi. Ayniқsa, EvroOsiyoning kuchli davlati bo’lgan Rossiya davlati bilan ҳar tomonlama aloқalarning rivojlanib borayotganligi ҳam mamlakatimizning mikroiқtisodiy manfaatlariga mos keladi.
Jizzax viloyatining tabiiy-geograpfik o’rnini belgilashda ҳam yuқoridagi darajalar yuilar belgilash turizmni rivojlantirishdagi ko’plab imkoniyatlarni aniқlaydi.
Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishda, ekologik va rekreastiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini aniқlashda birinchi navbatda uning mikrodarajadagi o’rni mamlakatimizning viloyatlari orasida markazda joylashganligi ҳisoblanadi. Viloyatning sharқida Sirdaryo, Farғona, Namangan, Andijon viloyatlari, Ғarbda va Shimoliy Ғarbda Buxoro va Navoiy viloyatlari, Janubda Қashқadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Shimolda Toshkent, Xorazm va Қoraқalpoғiston Respublikalari joylashgan. Bu viloyatlarning mamlakatimiz bo’ylab va poytaxt bilan boғlanish ҳarakatlanishi faқat Jizzax viloyatlari ҳududlari orқali o’tadi.
Viloyatning mezogeografik o’rnashib қulayligi ҳaқida tavsif berilganda shuni aloҳida ta’kidlash lozimki, viloyat to’ғridan-to’ғri Қozoғiston Respublikasiga va Tojikiston Respublikasiga chiқishi imkoniyatlari bor. Shuningdek, boshқap viloyatlar orқali O’zbekistonning to’rt geografik tomonlarida joylashgan chet el davlatlariga ҳam chiқishi
mumkin. Bunday қulay imkoniyatlardan xalқaro turistlarning foydalanishi mumkin.
Jizzax viloyatining makrogeografik o’rnining aҳamiyati va stratik қulayligi uning mezogeografik o’rni bilan birgalikda baҳolanadi. Ya’ni, mezogeografik қulaylik va imkoniyatlardan xorijiy davlatlarning ҳam faқatgina ushbu viloyat chegaralari, ҳududlaridan o’tishi bilan belgilanadi. Viloyatda ekologik va rekreastion turizmning resurslaridan foydalanishda transport kommunikastiya infratuzilmalarining ҳam o’rni juda muҳim ҳisoblanadi. Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining o’z ҳududlaridagi viloyatlari va dunyo bo’yicha barcha xorijiy davlatlar bilan temir yo’l transporti aloқalari Jizzax viloyatidan o’tadi. Bu imkoniyat esa viloyatda xorijiy va ichki turizmni rivojlantirishning eng қulay va arzon imkoniyatlaridan biri ҳisoblanadi. Ikkinchidan, avtomagistral yo’llari
ҳaқida ҳam aynan keltirilgan imkoniyatlarni sanab o’tish mumkin.
Viloyatning ekologik va rekreastiya turizmi resurslaridan xalқaro turizmda ҳam (viloyatdagi 5 ta ekoturistik rayonlarning resurslari), ziyorat-rekreastiya (payғambar saҳobalarining қadamjolari, Islom dini ta’limoti ulomolari қadamjolari bilan boғliқ so’lim tabiat landshaftlari) va ichki turizmda ҳam foydalanshi imkoniyatlari juda katta. Viloyatda xalқaro turistlarni jalb қilish resurslarini ushbu ishning II bobi 1-2 paragraflarida to’liқ keltirdik.
Ekologik va rekreastiya resurslaridan turizmni rivojlantirishda ushbu resurslar va ob’ektlarda turistlarga xizmat қiladigan shart- sharoitlar, ya’ni infratuzilmalar қisman ichki turistlar uchun yaratilgan. Xalқaro turistlar uchun esa deyarli sharoitlar (Zomin siҳatgoҳi va Zomin milliy boғidan tashқari) ҳozirgi kungacha yaratilmagan. Lekin xalқaro turistlarni ҳam, ichki turistlarni ҳam қabul қilish imkoniyatlari (zamonaviy meҳmonxonalar, siҳatgoҳlar, davolash makonlari, pansionatlar) mavjud.
Viloyatda ҳatto ichki turizmni rivojlantirishda ҳam ekologik va rekreastiya resurslari ob’ektlarida xizmatlar ko’rsatish infratuzilmalarining talab darajasida tashkil қilinmayotganligi sostial so’rov natijalaridan ma’lum bo’ldi (9-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |