Yevropa va AQSH patyent idorasi va qonunchiligi
Yevropa va AQSH patyent idorasi va patyentni olish. XX asrning ikkinchi yarmida G`arbiy Yevropa mamlakatlari o`rtasida iqtisodiy intyegratsiyaning kuchayishi yagona Yevropa patyent tizimining tuzilishini ob`yektiv tarzda taqozo etdi. Yagona Yevropa patyent tizimini tuzish g`oyasi 1973 yil 5 oktabrida Myunxenda Yevropa patyent konvyentsiyasi dyeb nom olgan Yevropa patyentini byerish to`g`risidagi Konvyentsiya tuzilganda amalga oshdi. Bu Konvyentsiya RST bilan bir vaqtda 1978 yil 1 iyundan kuchga kirdi.
2001 yil 1 yanvardagi holatga ko`ra Yevropa konvyentsiyasining ishtirokchilari quyidagi davlatlar hisoblanadi: Avstriya, Byelgiya, Buyuk Britaniya, Gyermaniya, Gryetsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Lixtyenshtyeyn, Luksyemburg, Monako, Nidyerlandiya, Portugaliya, Turkiya, Finlyandiya, Frantsiya, Shvyeytsariya, Shvyetsiya. Tuzilishiga ko`ra YePI to`rt bo`linmadan iborat.
Yevropa patyentini olish tartibi uch fazani o`z ichiga oladi:
1. YePI filiallaridan biriga YePI rasmiy tillari (ingliz, frantsuz yoki nyemis tili)dan birida to`g`ri to`ldirilgan talabnomani byerish. Ixtiro formulasini bayon etishning mavjud barcha usullaridan Yevropa Konvyentsiyasi chyeklovchi va farqlovchi qismlardan iborat bo`lgan Gyermaniya sxemasi dyeb ataladigan usulni tanlaganligini ta`kidlab o`tamiz. Tyegishli bojlarning to`langanligi talabnomaga ilova qilinishi kyerak.
Byerilgan talabnoma bo`yicha rasmiy ekspyertiza o`tkaziladi va talabnoma zarur talablarni qondirsa, u bo`yicha Yevropa patyent qidiruvi o`tkaziladi. Birinchi faza Yevropa patyent talabnomasi (tavsifi, formulasi va chizmalari) ning uning ryefyerati va Yevropa qidiruvi to`g`risidagi hisobot bilan birgalikda nashr etilishi bilan yakunlanadi. Odatda, talabnomani nashr qilish talabnoma byerilgan vaqtdan 18 oy, agar imtiyoz so`ralgan bo`lsa imtiyoz davridan o`tgandan kyeyin amalga oshiriladi.
2. Talabnoma nashr qilingan sanadan kyeyin 6 oy davomida talabnoma byeruvchi mohiyatiga ko`ra ekspyertiza uchun bojlarni to`lashi va uning o`tkazilishiga talabnoma byerishi kyerak.
YePIga yuqorida ko`rsatilgan iltimosnomaning kyelib tushganidan so`ng talabnoma, bo`yicha ixtironing patyentga layoqatlilik myezonlariga mosligini ekspyertizadan o`tkazish boshlanadi. Konvyentsiyaga muvofiq yangililik, ixtiro darajasi va sanoatda qo`llashning mumkinligi bunday myezonlar hisoblanadi.
Yevropa patyentiga tavsifni nashr qilgandan so`ng YePI talabnoma byeruvchiga ixtiro tavsifini o`z ichiga oluvchi Yevropa patyent yorlig`ini byeradi.
Uchinchi faza byerilgan patyentlarga uchinchi shaxslarning arz (protyest) ini ko`rib chiqish tartiblaridan iborat bo`lib, ular patyent byerilganligi to`g`risidagi ma`lumotlar nashr qilingandan kyeyin 9 oy davomida byerilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |