Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/190
Sana02.04.2022
Hajmi7,58 Mb.
#524818
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190
Bog'liq
I.S. Abdullayev. Marketing. Darslik. 2020. 324 bet. (1)

Ishlab chiqarish 
- texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulot- 
lar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlam ing katta miq- 
dorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar “sotuvchi bozori” 
va “xaridor bozori” ga bo ‘linadi.
“Sotuvchi bozori” 
- unda tovarga bo ‘lgan talab taklifdan oshib 
ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridoming esa faol 
ishtirokchi b o‘lishiga to ‘g‘ri keladi. Bunday holatda “pul tovar 
orqasidan yuguradi”.
“Xaridor bozori” 
- bunday bozorda taklif talabdan k o ‘p shuning 
uchun xaridor (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar 
orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridor-
22


lar ustunlikka ega bo ‘lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning 
eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda “tovar pul orqasi- 
dan yuguradi”.
Talab va taklifiiing miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq 
kelishi “muvozanatli bozor” deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta ’min- 
lashning asosiy y o ‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishning 
talabini va asosiy bozomi to'yintirish; yetarli darajada mahsulot 
zaxirasini barpo etish xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va 
aksincha, talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish 
va boshqalar.
1.6. M arketing nazariyasi konsepsiyasi
Marketing konsepsiyasi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har 
xil bosqichlarida uning yo‘nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan 
iboratdir. Shu bilan birga, marketing konsepsiyasi deganda, korxona 
yoki tashkilotning iste’molchilarga moMjallangan, integratsiyalangan 
maqsadli yo ‘nalishi tushuniladi. M arketing konsepsiyasi rejalashtiri- 
layotgan va amalga oshirilayotgan korxona yoki tashkilot faoliyatining 
strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi.
M arketing konsepsiyasini ishlab chiqish, odatda, quyidagi bosqich- 
lami qamrab oladi:
• ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
• marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
• marketing strategiyasini aniqlash;
• rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing fao­
liyati elementlarini tanlash.
M arketing evolutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asming 
boshidan 30-yillam ing o ‘rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda 
marketing tashkilotlar, korxonalar va shaxslar o ‘rtasidagi tovar va xiz- 
m atlar harakatining nazariyasi yoki mahsulotni sotish b o ‘yicha korxo­
naning ftmksiyasi deb tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita konsep- 
siya paydo bo‘ldi: ishlab chiqarish konsepsiyasi va tovar konsepsiyasi.
Ishlab chiqarish konsepsiyasi - m ahsulot ustunligi tarzida belgilana- 
di, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni 
xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori -
«imkoni boricha k o ‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi chek-
23


siz». Tovar konsepsiyasi iste’molchi e ’tiborini tovarga, uning sifatiga va 
narxiga qaratishni talab etadi. Y a’ni, kompaniyalar o ‘z faoliyatlariga 
e ’tibor qaratishadi, birinchi navbatda bozorga chiqarilgan mahsulotlarini 
iste’molchilar sotib olishi haqida o'ylashadi. Iste’molchilar o ‘xshash 
tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib 
k o ‘radilar. Bu konsepsiyani, ko ‘pincha, kompaniya, firma, tashkilotlar, 
shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar, biroq tovar 
konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Sotish konsepsiyasi turli xil qo ‘llab-quw at!ashlar asosida iste’mol- 
chilam i mahsulot haqida xabardor qilishni anglatadi. Firmaning mahsu- 
lotini «mana, tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan 
sotishni m o‘ljallash birinchi o ‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketing- 
gi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, y a ’ni yalpi tus 
olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlaming yangi turlari va 
xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo ‘lga kiritilar edi, chunki, 
cheksiz talabga ega b o ig a n bozorda tovarlarga nisbatan talab benihoya 
katta edi.
Marketing rivoji tarixida o ‘tgan asming 50-yillari muhim bosqich 
bo ‘ldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish noto‘g ‘ri yo‘1 ekanligi 
ko'rinib qoldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashti- 
rish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - «bozor ustunligi»ga 
m o‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi 
yanada rivojlandi.
A n ’anaviy marketing konsepsiyasi o'tgan asming 50-yillari o ‘rtala- 
ridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firma­
ning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini 
ham belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. A n ’anaviy konsepsiyaga 
ko ‘ra, marketing - ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlami sotish de- 
makdir. Shunday qilib, ishontirish (ko‘niktirish) bilan bog‘liq barcha 
tadbirlar, mahsulot va xizmatlami sotish marketing deb ataladi. Bu mar­
keting konsepsiyasi tovarlar va xizmatlami qo ‘llab-quvvatlash va sotish- 
ga urg‘u beradi, ammo iste’molchilar ehtiyoj ini qondirishga kam e ’tibor 
qaratadi. Ushbu konsepsiya quyidagi xususiyatlarga ega:
a) 
ushbu konsepsiyaning asosiy e ’tiborini mahsulotga qaratadi, 
y a’ni bizda mahsulot bor va biz uni sotishimiz kerak, iste’molchilami 
mahsulotimizni sotib olishga ishontirishimiz kerak,
24


b) marketing xodimlarining barcha sa ’y-harakatlari mahsulotni 
sotishga qaratilgan. Ular sotish hajmini oshirish uchun shaxsiy savdo va 
savdoni qo ‘llab-quvvatlash (reklama) kabi barcha vositalami q o ilay - 
dilar;
d) barcha marketing faoliyatining yakuniy maqsadi savdoni mak- 
simallashtirish orqali foyda olishdir.

Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish