Project Explorer (loyiha boshqaruvchisi) – bu oyna odatda taxrirlovchining yuqori chap qismida joylashgan bo’ladi u o’zida loyihaning kompanentalari axborotlarni ko’rsatadi va ular o’rtasida tezkor o’tishga imkon beradi.
Propeties(Xususiyat)-ajratilgan obektning xususiyatlarini ko’rsatadi.Odatda ishchi sohaning chap qismida joylashgan bo’ladi.
Quyida boshqa ishchi sohalar ham ko’rsatilgan ularni qarab olamiz.
User Form(foydalanuvchi oynasi) – bu Vsual rejimda foydalanuvchining formalarini taxrirlash uchun xizmat qiladi.
Tool box(boshqaruv elementlar poneli) – bunda boshqaruv elementlar majmuasi bo’ladi va ular orqali formaga yoki xujjatga xar xil elementlarni qo’shish mumkin.
Object Browser(obektlarni ko’rish) – bunda obekt dasturida mavjud bo’lgan obektlar xaqida axborotlarni ko’rish mumkin.