Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti “O’zbek tili ” yo’nalishi “O’zbek adabiyot tarixi”


OILA VA OILAVIY MUNOSABAYLAR MASALASI



Download 174,12 Kb.
bet5/7
Sana23.03.2022
Hajmi174,12 Kb.
#506453
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti

2.2.OILA VA OILAVIY MUNOSABAYLAR MASALASI.
Alloh taolo islomda Qur‘oni Karim orqali bandalarining hayotini nizomga,tartibga solib qo‘ygan. Buning yo‘l-yo‘rig‘ini ko‘rsatish uchun muallim qilib Payg‘ambar alayhissalomni yuborgan. Qur‘on oilaviy hayotda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, baxtli nikoh, oilaviy turmush, farzand tarbiyasi, ajralish va uning yo‘l-yo‘riqlari haqida tegishli ko‘rsatmalar beradi. Hadis – Qur‘ondan keyingi Muhammad payg‘ambarning hayoti, faoliyati va ko‘rsatmalarini aks ettiruvchi manba hisoblanadi. Hadis ko‘p jildli to‘plamlarda saqlangan,mutlaqo ishonchli bo‘lishi uchun puxta tartibga solingan va maxsus tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Bu manba odamlar orasidagi tortishuvlar, oilaviy kelishmov-chilik va hokazolarni hal etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilgan. Hadislar payg‘ambarimizning turli vaziyatlardagi xulq-atvorini eng kichik tavsilotlariga qadar ta‘riflab bergan va bamisoli axloq kodeksiga, axloq tuzugiga aylangan, chunki xudoning yerdagi elchisining xulq-atvori o‘zini chin musulmon deb biladigan musulmon uchun shak-shubhasiz taqlid qilinishi kerak bo‘lgan amallardir. Hadislarda aniq ma‘noni

*1.Аdizоvа Iqbоlоy. O’zbеk mutоz аdаbiyoti tаriхi.Tоshkеnt: N.Rahmon. *2. O’zbek mumtoz adabiyot tarixi. O’quv qo’llanma, 2014 4.R. Orzibekov. O’zbek adabiyot tarixi. Toshkent, 2006


istalgan muqobil so‘z shakliga o‘tkazish mumkin, ayni paytda, Qur‘on matnida esa so‘z ifodasini umuman o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qur‘oni Karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e‘tibor berilgan. Islom ta'limotiga ko‘ra, oila yaratganning roziligini topish, Payg‘ambarimiz s.a.v axloqlari, islomiy odob bilan ziynatlaniah va pok yo‘l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida e‘tibor beradi va nikohni insoniy aloqalarning eng muhimi sifatida yuksak qadrlaydi. Oila kichik bir jamiyatdir. Oilaning tinchlik- xotirjamligi va saodatini ta‘minlash oiladagi har bir shaxsning o‘z mas‘uliyatini his qilishi va bajarishi bilan barqaror bo‘ladi. Jamiyatning kelajagi porloq, katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun, avvalo, uning ajralmas negizi oilalarning ma‘nan sog‘lomligi talab qilinadi. Bu esa quyidagi shartlarga rioya qilinishiga bog‘liq:
- oilaning bir-biriga munosib odamlardan tashkil topishi
- er-xotin orasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik
- erkak kishi o‘zining oila ustuni ekani hamda rahbarlik mas'uliyatini his etishi va bunga amal qilib yashashi
- ayol kishining oila ichki holatlarga mas‘ulligi
- ota-ona farzandlarining rioyasini qilib, ularga adolatli bo‘lishlari
- farzandlarning ota-onaga yaxshilik qilishlari*1.
Ana shu shartlarga rioya qilinsa, oilada sog‘lom muhit vujudga kelib, tarbiya topayotgan farzandlar odob-axloqli, el-yurtga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib voyaga yetadilar. Qur‘on va hadislar nikoh qurish, farzand ko‘rish, balog‘atga yetish, oilaviy hayot va o‘lim singari insonlar hayotidagi muhim voqealarda nima qilinishi zarurligini ko‘rsatadi. Oila haqida qayg‘urish dinimizda puxta ishlab chiqilgan keng qamrab olinuvchi nikoh tizimida namoyon bo‘ladi. Oilagacha boshlanadigan bu tizim "Nikoh" bilan mustahkamlanadi va oilaviy munosabatlarda davom etadi. U oilaning har bir a‘zosi (ham
*1. Yusupov E. Oilaning ma’naviy asoslari. Namangan. 2002.
ota-ona, ham farzand) huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini aniq tasvirlab beruvchi oliy tushunchalardan iborat. Oilaviy munosabatlar o‘z-o‘zidan rivojlanadigan, o‘zaro nazorat qilinadigan, rahm-shafqatli va sevgi-muhabbatga to‘la bo‘lishi kerak. Xudbinlik, g‘azab, e‘tiborsizlik, begonalik hamda jismoniy va axloqiy tahqirlash kabi xislatlar ularga begona bo‘lishi kerak. Oilaga nisbatan islom dinining bunday nuqtayi nazari Qur‘onning oilaviy munosabatlarga taalluqli asosiy prinsiplardan kelib chiqadi. Nikoh munosabatlarining to‘g‘ri boshlanish muvaffaqqiyat va ularning xotirjam yuksalishining garovi bo‘lishi muhimligini anglash zarur. Qur'onda nikoh sunnatning bir qismi ekanligini eslatadi va uning eng yaxshi misollarini ko‘rsatish uchun Alloh payg‘ambarlarni tanlagan: "Darhaqiqat, sizdan ilgari ham( ko‘p) payg‘ambarlar yuborganmiz va ularga juftlar va zurriyotlar berganmiz"(Ra‘d surasi). Muborak hadislarimizda ham payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. shunday deydilar: "Nikoh mening an‘anamdir, bu an‘anadan yuz o‘girgan kishilar men bilan emasdur"*1. Darhaqiqat, islom dinida nikoh - bu farzandlar tarbiyalash va baxtli oila qurish uchun o‘zaro yordam, samimiylik va sabr-matonatlilik prinsiplariga tayangan holda bir-birini sevadigan va xohlaydigan erkaklar va ayollarning birgalikda yashashidir. Aynan mana shu fikrlar Qur‘oni Karimda aniq tarzda tasvirlanadi: "U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz, o‘zlaringizdan juftlar yaratish va o‘rtkaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishdir.(Rum surasi)*2.
Hadislarda keltirilishicha Muhammad(s.a.v.) Payg‘ambarimiz bundayndeganlar:"Sizlarning qaysingiz xuddi men singari o‘z oilasi(xotini) uchun namuna hisoblansa, o‘sha eng yaxshi kishidir". Oila ma'naviy va axloqiy tomondan qanchalik mustahkam bo‘lsa,uning xursandchiligi va baxti shuncha ishonchli bo‘ladi. Ota-onani hurmatu-izzat qilish, ularning aytganini bajo keltirish, ranjitadigan ishlar qilmaslik, hech narsaga muhtoj etmaslik farzandlik burchi sanalishini uqtirish islom axloqida bor. Nasroniy xalqlarda esa bundan aqida yo‘q. Hadislarimizda Abu Hurayra aytadilar: "Rasululloh: "Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin!", - deb 10 marotaba takror qildilar. Shunda sahobalar: "Yo Rasululloh, kimni aytyapsiz ?" ,- deb so‘rashdi. Rasululloh : "Ota-ona-
*1. Islom O‘zbekiston aholisi hayotida. — T.: «Ijtimoiy fikr» Markazi, F.Ebert Jamg’armasi, 2003.
*2. 12 Karomatov H. Qur‘on va о’zbek adabiyoti. Toshkent, 1997
sining ikkalasi yohud bittalarining keksayib qolgan vaqtida ularni rozi qilmay o‘zini do‘zaxga tushishga mubtalo qilgan kishidir", - dedilar"*1. Qachonki mo‘min-musulmon banda Allohning shariatida ko‘rsatgan odoblari,qoidalari va hadlariga amal qilsa, shunda oila mustahkam bo‘ladi. Rasuli akram alayhissalomning bir muborak hadislarida: "Agar kim uylansa, yaxshi niyat bilan oila qursa, uning dinining yarmi mukammal bo‘ldi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin, Allohdan qo‘rqsin", deya marhamat qiladilar. Ibn Obidin rahmatullohi alayhi yozadilar: "*2 Dunyoda ham, oxiratda ham inson bilan davom etadigan ikkita robita bor. Birinchisi - inson qalbidagi iymoni. Iymon salomat bo‘lsa, bu dunyoda ham jannatda ham birga bo‘ladi. Ikkinchisi - o‘zining halol-pok oilasi. Bandaning bu dunyodagi halol-pok oilaviy hayoti jannatlarda ham davom etadi. Qolgan barcha narsasi joy-joyida qoladi. Islomda oila ibodat darajasiga ko‘tarilgan . Muqaddas dinimizda, oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar. Har bir jamiyat, tashkilot va korxonaning rahbari bor. U bo‘lmasa, o‘sha jamiyatning tartibi, faoliyati, intizomi bo‘lmaydi. Shuningdek, oilaning ta‘minoti masalasida ham Alloh subhanahu taolo o‘z kalomida ko‘rsatma qilib, "Oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar"*3, deydi. Nima uchun deganda, ba‘zisini ba‘zisidan afzal qilib qo‘ygani uchundir. Alloh taolo oyatning davomida bu savolga javob berib, " mol-mulkidan sarflagani uchun ham erkak rahbar bo‘lishi" ni bildiradi. Er kishi oilasiga taom keltirar ekan, shunga sadaqa savobi yoziladi. Dinimizda qaysi bir amalga savob yozilsa, u ibodat darajasiga ko‘tariladi. Hadisi Sharifda o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Hazrati Muso alayhissalom davrlarida 40 kun yomg‘ir yog‘madi. Hammayoqda qurg‘oqchilik, odamlar qiynalgan holat. Muso alayhissalom dashtga chiqib sajda qilib, Allohga yolvordilar, bir tomchi ham yomg‘ir yog‘madi. Bir odam turib ketdi va bir qancha muddatdan so‘ng qaytib kelgach, yomg‘ir yog‘di. Muso alayhissalom buning tavsilotini aytib, dedilarki: "Oralaringizda qarindosh urug‘idan uzilgan odam bor

*1. Mallayev N. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: « 0 ‘qituvchi», 1976


*2. Qur`oni Karim. Toshkent:. Movarounnahr. 1992.-B. 406
*3. Yusupov E. Oilaning ma’naviy asoslari. Namangan. 2002
edi. Shuning uchun xalq Alloh rahmatidan uzilib turgandi" *1, degan ekanlar. Muqaddas dinimizda qarindosh - urug‘lar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-oqibat fazilatlari targ‘ib qilinadi. Nabiiy sollallohu alayhi vassallam: "Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir - biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi - zakot bergani uchundir", - degan ekanlar. Bu to‘g‘rida yana bir hadisda aytib o‘tilgan: Abu Hurayra roziyallohu anhu: "Men Rasululloh sallolohu alayhi vasallamning : " Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa,qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!" -deganlarini eshitganman", -dedi. Oila va oilaviy munosabatlar haqida Alisher Navoiyning "Arbain" hadislarining she‘riy tarjimasida ham bir qancha ma'lumotlar keltirilgan. "Arbain"da payg‘ambarimiz (s.a.v) ning hadislarini avval arab tilida beradi va uning tarjimasini she‘riy usulda taqdim etadi.Tanlangan hadislarning deyarli barchasi komil inson axloqiga oid qarashlarni o‘zida aks ettiradi. Masalan, ota-onani haqqini ado qilish haqidagi 11- hadisda Abu Burda ibn Abu Musa al- Ash‘ariynig aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar bir yamanlik odam o‘z onasini opichlab, xonayi Ka‘bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan o‘qirdi:
Onaizorim uchun bo‘ynimni eggan tevaman,
Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam.
U shuni o‘qib turib, Abdullohga qaradi-da: "Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqqini ado qila oldimmi?" - deb so‘radi. "Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni tutgan to‘lg‘oqlarning bittasiga ham barobar emas", degan ekanlar. Umuman olganda, Qur‘oni Karimda ham, Hadisi shariflarimizda ham oilaviy munosabatlarda ota-onaga, turmush o‘rtog‘ga, farzandlarga bo‘lgan e‘tibor, hurmat kabi insoniy fazilatlar ilgari surilgan.

*1. Кароматов Ҳ. Ўзбек адабиётида Қуръон мавзулари (адабий-тарихий таҳлил): филол.фан.д-ри дис. автореф. -Тошкент, 1993,





Download 174,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish