URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
“O’ZBEK TILI ” YO’NALISHI
“O’ZBEK ADABIYOT TARIXI” FANIDAN
REFERATI
MAVZU: Mumtoz adabiyot taraqqiyotida Qur’oni karim g’oyalari va hadisi sharifdagi fikrlarning o’rni va ahamiyati.
Bajardi: Sapayeva Fazilat
REJA:
Kirish.
1. Qur‘oni karim - musulmon olamining muqaddas kitobi.
2. Muqaddas kitobda aks etgan ma‘naviy-axloqiy masalalar.
3. Qur’on va hadislarda ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalar.
4.Shaxsning ma‘naviy kamolotiga oid qarashlar.
Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH.
Istiqlol tufayli mumtoz adabiyotimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, nisbatan ijodiy erkinlik darajasi, milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi mafkuraviy yakkahokimlik asoratlarini bir qadar cheklab qo‘ydi, badiiy izlanishlarning falsafiy-intellektual saviyasini oshirdi hamda shakliy-uslubiy mazmuniy miqyoslarni yanada boyitdi. Zero, jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish har doim ham yetuk mutaxassislar zimmasida bo‘lgan. Birinchi prizidentimiz I.A. Karimov e‘tirof etganlaridek ― Xalqimiz ma‘naviyatining, milliy tafakkurimizning ajralmas qismi bо‘lgan, kerak bо‘lsa, uning о‘zagini tashkil etadigan ona tilimizni, boy tarix va qadimiy an‘analarga ega adabiyotimizning asrab-avaylab, rivojlantirib kelayotgan zahmatkash insonlar, ularning og‘ir va mas‘uliyatli mehnati barchamizning kо‘z oldimizdan о‘tadi*1. Ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi ham ma‘naviy–axloqiy, ham ma‘rifiy tomondan o‘z ta‘sirini o‘tkaza boshladi. Qur‘oni Karimning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi, Payg‘ambarimiz hadislarining chop etilishi, dini islomning at-Termiziy, Ismoil Buxoriy kabi buyuk nazariyotchilari, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor kabi tasavvuf shoirlari asarlarining chop etilishi so‘z san‘atiga yangi, toza, qadimiy mavzular shabadasini olib kirdi.
MAVZUNING O‘RGANILISH DARAJASI VA DOLZARBLIGI.
Jahon adabiyotshunosligida milliy adabiyotning ilohiyotga ehtiyoji va undan oziqlanishi xususida koplab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Xususan, musulmon mamlakatlarida adabiyotning Qur’oni karim va hadisi sharifning adabiyotga ta’siri, so’z san’ati orqali ilohiy va islomiy qarashlarning yoritilishini o’rganish muhim masalalardan sanaladi. Mustaqillikdan keyin mamlakatimizda jamiyatning diniy-ruhiy asoslari va xalqimizning ko’p asrlik ma’naviy-axloqiy merosini o’zida mujassam etgan islom madaniyatini o’rganish va uni hayotga tatbiq etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi*2. Shu jumladan, O’zbek mumtoz adabiyotining taraqqiyotiga zamin hozirlagan diniy,
*1 I. A. Karimov. Adabiyotga e‘tibor-ma‘naviyatga, kelajakka e‘tibor. ―Sharq yulduzi‖ jurnali, 2009. 3-son, 3-bet
*2. M.Imomnazarov, M.Eshmuhamedova. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. Toshkent islom universiteti.
ma’naviy-ma’rifiy sarchashmalarni chuqurroq o’rganish hamda dunyoga tanitish bo’yicha tadqiqotlar yuzaga keldi. Mustaqillik tufayli adabiy meroslarimizni o’rganishda yangi istiqbolli yo’llar ochildi. Islomiy manbalar va badiiy adabiyotning o`zaro munosabatlari haqida adabiyotshunoslikda bir qator ishlar amalga oshirildi. “Devoni Foniy” mavzusida Sadriddin Ayniy, Shoislom Shomuhammedov, Ergashali Shodiyev, Sodir Erkinov, Homidjon Homidiy, Najmiddin Komilov, Rahim Vohidov,NazoraBekova kabi olimlar tadqiqotlar yaratishgan*1. H.Karomatovning “O’zbek adabiyotida Qur’on mavzulari’’ dissertatsiyalarida hamda Olim Davlatovning “Alisher Navoiyning she’riyatida Qur’on oyatlari va hadislarning badiiy talqini’’ tadqiqotlarida Qur’on va hadislarning o’rni ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |