1.2. MUQADDAS KITOBDA AKS ETGAN AXLOQIY-MA'NAVIY MASALALAR.
Qur‘on - musulmonlarning muqaddas kitobi. Qur'ondagi hamma fikr va ko‘rsatma Alloh tomonidan Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan so‘zlardir. Qur‘on oilaviy hayotda
_____________________________________________________________________________________________________________________________
1. Qur`oni Karim. Toshkent:. Movarounnahr. 1992.-B. 406
*2. Karomatov H. Qur‘on va о‗zbek adabiyoti. Toshkent, 1997. 67-b.
er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, baxtli nikoh, oilaviy turmush, farzand tarbiyasi, ajralish va uning yo‘l yo‘riqlari haqida tegishli ko‘rsatmalar beradi. Ma‘lumki, Qur‘onda bu dunyo hayoti kishilarning imtihon joyi, deb ta‘riflanadi. Ya‘ni bu dunyo hayoti oxirat saodatiga erishish uchun vositadir. Hayotning barcha sohasi,jarayoni kishilarning imtihon joylaridir. Haqiqiy musulmon bo‘lish uchun iymon keltirishning o‘zi kifoya emas, balki kengchilik va qiyinchilik paytlarida, daqiqalarida ham islom ta'limotiga bir xil amal qilgan kishilargina haqiqiy musulmon sanaladi. Dunyodagi yaxshilik ham,yomonlik ham, aslida, imtihon uchundir. "Anbiyo"surasining 36-oyatida shunday deyiladi: "Imtihon uchun sizlarni yaxshilik va yomonlik bilan sinab ko‘ramiz va oxirida hammangiz bizga qaytasiz". Demak, ranj-u g‘am, sevinch bir xil-u, lekin ularning sinovidan inson qanday o‘tadi? Shunda ularning armonlari har xil. Xursandchilik, dabdababozlik, hashamatchilik inson irodasini zaiflashtirib, doimiy lazzatga moyil qiladi, qiyinchilik, g‘am, azob-uqubat irodani chiniqtiradi, mustahkamlaydi. Qur‘onda Ollohning suyukli rasuliga qarata: "Siz o‘zingizga Kitob-“Qur‘on” tushirilishidan umidvor ham bo‘lgan emasdingiz. Faqat Parvardigoringiz tomonidan rahmat-marhamat bo‘lib sizga Qur’on nozil qilindi ("Qasas")*1. Darhaqiqat, Qur‘onning nozil etilishi faqat musulmon qavmiga emas,balki butun insoniyatga Parvardigorning himmati va marhamatidir. Aslini olganda, Quro‘ni Karim Olloh taoloni insonga tanitadi va ayni zamonda, insonni insonga ham tanitadi. Inson muqaddas kitobda o‘zini ko‘radi va qunt qilsa, O‘zini bilishga ham erishadi. Olloh bilan inson orasidagi munosabat va aloqalarni Qur‘on qadar keng va teran ifodalaydigan ilohiy kalom yo‘qligiga dunyo ahli tan bergan. Mutafakkir bobolarimizning ko‘rsatmalari bo‘yicha, inson Qur'on orqali qayta tug‘iladi, kamol topadi, eng go‘zal mavjudlik darajasiga ko‘tariladi. Qur‘on” yolg‘iz insonshunoslik emas, balki hayotshunoslik hamdir.Uning hech so‘nmas va porloq nuri hayotning eng murakkab, eng ziddiyatli tushunchalarini ham yorqinlashtirib, yurak va ruhni munavvar qiladi. Shuning uchun Sharqning, jumladan, turkiy xalqlarning ulug‘, istedodli ijodkorlarining barchasi shu muqaddas kitobga suyanib, uning so‘zlaridan ilhom olib qalam tebratganlar. Buni turkiy tasavvuf asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy
_____________________________________________________________________________________________________________________________
*1.Rahimjonov N. Diniy-axloqiy g’oyalarning badiiy talqinlari. O’zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002.
bobomizning:
Mening hikmatlarim farmoni Subhon,
O‘qub, uqsa ham ma‘noyi Qur‘on, -degan so‘zlaridan ham bilish mumkindir. Yoki,
Man bandayi Qur‘onam agar jon doram,
Man hoki rahi Muhammad muxtaram.
Gar naql kunat juz inkas az guftoram
Bezoram az o va az-on suxan bezoram.
Mazmuni: Agar jonim bor ekan, men Qur‘onning bandasiman,
Men Muhammad payg‘ambar yo‘lining tuprog‘iman.
Meni shu so‘zlarimni kimki o‘zgartirib naql qilsa,
Men o‘sha kimsadan ham va uning so‘zidan ham bezorman.*1
Ma‘lumki, dunyodagi deyarli hamma dinlarda ham axloq tarbiyasi va axloqiy yetuklikka alohida e‘tibor berilgan. Lekin Islom dinida go‘zal axloq tushunchasi yanada yuqori darajalarga ko‘tarilgan. Shuning uchun sharq shoirlari axloq va odob masalalarini yoritish yoki hal qilishda Qur'oni Karim oyatlari va Hadislardagi ko‘rsatmalarga asoslanganlar*2 Umuman, Qur‘on inson qalbi va axloqidagi har qanday xastaliklarning shifosi deb qaralgan. Islomda insonga munosabat nihoyatda baland. Shu ideologiyaning ruhoniy hayotimizda sobit mavqeni egallashi albatta foydali. Negaki, iymonsiz sog‘lom jamiyat qurish mumkin emas. Iymon butunligi va salomatligi, taqvo-ixlos saodati ko‘ngilni poklovchi ruhiy pokdomonlik omillaridan biridir. Qur‘onda asosiy ibodat talablari (namoz, ro‘za, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undag axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan. Qur‘onda insoniyatning etnik bo‘linishi,ijtimoiy tabaqalanishi,ayirmachilik,millatchilik inkor etiladi.
*1. Mahmudov Q. Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asari haqida. Toshkent, 1972 . *2. Rahimjonov N. Diniy-axloqiy g’oyalarning badiiy talqinlari. O’zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002.
Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va hokazolariga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar. Diniy e‘tiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehr-shafqat, miskin va muhtojlarga yordam berish, insonparvarlikni ulug‘lash barcha ilohiy kitoblar kabi Qur‘onning mazmun-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxo‘rlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashash, poraxo‘rlik, ishyoqmaslik, jabr-zulm, o‘g‘rilik, qotillik, dilozorlik, fitnachilik, kibru havo qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi. Qur‘on ta‘limotining markaziy g‘oyasi yakkayu yagona Alloh to‘g‘risidagi ta‘limotdir*1. Unda iymon,Allohga ishonch,olamning yaratilishi, qazoi qadar, islomning asoslari va boshqa diniy ko‘rsatmalar belgilab berilgan. Qur‘ondagi axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy me‘yorlar islom dinining qonunlar majmuasi-shariatga asos qilib olingan. Qur‘on musulmon xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalqlarning ilm-ma'rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari, dunyoqarashlari va boshqa narsalarda o‘zining salmoqli izini qoldirganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Qur‘oni Karim va payg‘ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligidir. Ularda ota-onaga, ilmga munosabat, sabr bardosh, shukronalikka da'vat, o‘zaro mehr, mehmondo‘stlik, vafo va sadoqat, kamtarlik, samimiyat, rostgo‘ylik va boshqa chin insoniylik xislatlarining birinchi o‘ringa qo‘yilishi barcha insoniyat uchun bebaho umuminsoniy ma‘naviy boylik tizimini tashkil qiladi. Islom axloqiy qarashlarida har bir kishining o‘z mehnati, kasb-hunari bilan yashashga ham qonun qilib qo‘yilgan*2.
Payg‘ambarimiz: "Mehnat qilishgan uyalmang, mehnat qilish - ibodat qilishga barobar",
___________________________________________________________________
*1. Karomatov H. Qur‘on va о’zbek adabiyoti. Toshkent, 1997
*2. I. A. Karimov. Adabiyotga e‘tibor-ma‘naviyatga, kelajakka e‘tibor. ―Sharq yulduzi‖ jurnali, 2009. 3-son, 3-bet
Payg‘ambarimiz: "Mehnat qilishgan uyalmang, mehnat qilish - ibodat qilishga barobar", deydilar*1. Qur‘oni Karim va hadislar odamzot idrokini muhofaza qilishi bilan ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, odamzot bolasiga aroq, nasha, opiy kabi zararli giyohvand moddalarni iste'mol qilmaslikka undab turadi. Payg‘ambarimiz hadislaridan birida : "Kayf qildiruvchi narsa - hamr. Har qanday hamr haromdir", - degan ekanlar. Islom hozirgi davrning global muammosiga aylanib borayotgan insonlarning naslini sog‘lom saqlashga chorlaydi, zinokorlikka va u orqali kasalliklarga mubtalo bo‘lishlikni qoralaydi. Zinokorlik katta gunohlardan biri ekanligi qayta-qayta uqtiradi. Chunki bunday ko‘ngilsiz xatti-harakatlar inson farzandlari irsiyatida jiddiy nuqsonlar paydo bo‘lishi, hatto zurriyotni baxtiqaro qilishi mumkin*2. Qur‘oni Karim va hadislarning tarbiyaviy ahamiyati insonlarni ilm-fanni egallash, ma'rifatli bo‘lishga chaqirishida ham namoyon bo‘ladi.Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd etilishining o‘zi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hadislardagi "Sadaqaning afzali mo‘min kishi ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘minlarga ham o‘rgatishdir"; "Ilm ibodatdan afzaldir"; " Ilm-u hunarni Xitoydan bo‘lsa ham borib o‘rganinglar" kabi har bir kishini ma‘rifatga chorlovchi so‘zlarning ahamiyati beqiyosdir. Islom kishilarni faqat diniy bilimlarnigina emas, balki shu bilan birga dunyoviy ilmlarni ham chuqur egallashga chaqirishi bilan ham ahamiyatlidir. Din ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm - dunyoni va oxiratni bilish quroli. Inson unisini ham, bunisini ham egallamog‘i kerak. Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi. Hadislarimizda muloyimlik fazilati ham ulug‘langan: "Hazrati Oysha aytdilar3: "Men o‘jar, bo‘yin bermaydigan tevaga mingan edim, Rasululloh uni urganimni ko‘rib: "Muloyim bo‘l, kimda muloyimlik bo‘lsa, husn va kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo‘lmasa, u aybli va nuqsonli bo‘ladi", - dedilar". Islom dinida go‘zal axloq tushunchasi yanada yuqori darajalarga ko‘tarilgan. Shuning uchun sharq shoirlari axloq va odob masalalarini yoritish yoki hal qilishda Qur‘oni Karim oyatlari va Hadislardagi ko‘rsatmalarga asoslanganlar. Umuman, Qur‘on inson qalbi va axloqidagi har qanday xastalikning shifosi deb qaralgan.
_____________________________________________________________________________________________________________________________*1. Rajabova.F. Diniy ma‘rifiy g‘oyalarning badiiy talqini. ―Fan taraqqiyot va yoshlar‖. 76-bet. Qarshi. 2015.
*2. Hayrullaev M.M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. Toshkent. FAN, 1994, 17-18-betlar
*3. Кароматов Ҳ. Ўзбек адабиётида Қуръон мавзулари (адабий-тарихий таҳлил): филол.фан.д-ри дис. автореф. -Тошкент, 1993,
nuqsonli bo‘ladi", - dedilar". Islom dinida go‘zal axloq tushunchasi yanada yuqori darajalarga ko‘tarilgan. Shuning uchun sharq shoirlari axloq va odob masalalarini yoritish yoki hal qilishda Qur‘oni Karim oyatlari va Hadislardagi ko‘rsatmalarga asoslanganlar. Umuman, Qur‘on inson qalbi va axloqidagi har qanday xastalikning shifosi deb qaralgan. Muqaddas kitobimizning "Niso" surasi 17- oyatida ham "Bilmasdan yomonlikka yo‘l qo‘yib, darhol tavbaga o‘tganlarning tavbasini Alloh qabul qiladi. Alloh hamma narsani biluvchi va hakimdir" so‘zlari keltirilgan*1. Darhaqiqat, islomda kechirimlilik , adolatlilik xislatlar ham yuksak darajaga ko‘tarilgan. Bundan tegishli xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qur‘on va hadislarimiz insonning ma'naviy dunyosini boyitadi, qadamini bilib bosishga undaydi. Qur‘on dunyoviy bilim bilan ruhiy bilimning uyg‘unligidagi ilmdir. Islom hamisha mahfiratga, yaxshilikka, yomonlikdan qaytarishga da'vat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |