“Adabiy o‘ylar” badiasi Pirimqul Qodirovni zakiy munaqqid sifatida qadrini oshirdi. Vaholanki, “Adabiy o‘ylar” e’lon qilinguniga qadar ham Pirimqul Qodirov Abdulla Qahhorning Ulug‘ Vatan urushidan yillar ijodi mavzuida dissertatsiya himoya qilgan, adib asarlarining 3 tomliligiga chiroyli so‘z boshi yozgan va maqolalar, taqrizlar e’lon qilgan, nihoyat o‘tkir ruhi bilan sug‘orilgan qator publitsistik maqolalar muallifi sifatida ham tanilgan edi. Pirimqul Qodirovning o‘zi ta’kidlab aytganidek: “Oddiy suhbatdoshingiz ham sizdan maroqli yangiliklar, fikr uyg‘otuvchi va zavq beruvchi asl gaplar kutadi. “Adabiy o‘ylar” badiasi Pirimqul Qodirovni zakiy munaqqid sifatida qadrini oshirdi. Vaholanki, “Adabiy o‘ylar” e’lon qilinguniga qadar ham Pirimqul Qodirov Abdulla Qahhorning Ulug‘ Vatan urushidan yillar ijodi mavzuida dissertatsiya himoya qilgan, adib asarlarining 3 tomliligiga chiroyli so‘z boshi yozgan va maqolalar, taqrizlar e’lon qilgan, nihoyat o‘tkir ruhi bilan sug‘orilgan qator publitsistik maqolalar muallifi sifatida ham tanilgan edi. Pirimqul Qodirovning o‘zi ta’kidlab aytganidek: “Oddiy suhbatdoshingiz ham sizdan maroqli yangiliklar, fikr uyg‘otuvchi va zavq beruvchi asl gaplar kutadi. Asarni qiziqarli qiladigan eng zo‘r vosita – uning mavzui va g‘oyasi ham, qahramonlari va syujeti ham, badiiy to‘qimasi va uslubi ham o‘ziga xos bo‘lishi va mug‘im bir yangilik bera olishidir” “Adabiy o‘ylar”ni o‘qir ekansiz, avvalo adibning o‘z ijodiy tajribasidan kelib chiqadigan prinsiplarni himoya qilayotganini sezib olasiz. Yozuvchi hayotni o‘rgangan vaqtida,uning hali hech kim tasvirlamagan muhim va yangi tomonlarini topishi kerak. Faqat buning uchun u adabiyotni ham juda yaxshi bilmog‘i lozim. Chunki adabiyotga hayotning nimalari kirgan, nimalari kirmaganidan to‘liq xabardor bo‘lmagan odam “yangidan arava ixtiro qilaman”deb, behuda ovora bo‘lishi ham mumkin”. Ma’lumki, ko‘pincha ijodkorning tanqidiy tafakkuri qanchalik teran va chuqur bo‘lsa, uning adabiy iste’dodi ham shu qadar kuchli bo‘ladi. “Tanqidchilik iqtidori imkoniyat tarzida bo‘lsa ham har bir yozuvchida,albatta, bor, deb yozadi Pirimqul Qodirov tanqidchi U.Normatov bilan qilgan suhbatida. - Asarni qiziqarli qiladigan eng zo‘r vosita – uning mavzui va g‘oyasi ham, qahramonlari va syujeti ham, badiiy to‘qimasi va uslubi ham o‘ziga xos bo‘lishi va mug‘im bir yangilik bera olishidir” “Adabiy o‘ylar”ni o‘qir ekansiz, avvalo adibning o‘z ijodiy tajribasidan kelib chiqadigan prinsiplarni himoya qilayotganini sezib olasiz. Yozuvchi hayotni o‘rgangan vaqtida,uning hali hech kim tasvirlamagan muhim va yangi tomonlarini topishi kerak. Faqat buning uchun u adabiyotni ham juda yaxshi bilmog‘i lozim. Chunki adabiyotga hayotning nimalari kirgan, nimalari kirmaganidan to‘liq xabardor bo‘lmagan odam “yangidan arava ixtiro qilaman”deb, behuda ovora bo‘lishi ham mumkin”. Ma’lumki, ko‘pincha ijodkorning tanqidiy tafakkuri qanchalik teran va chuqur bo‘lsa, uning adabiy iste’dodi ham shu qadar kuchli bo‘ladi. “Tanqidchilik iqtidori imkoniyat tarzida bo‘lsa ham har bir yozuvchida,albatta, bor, deb yozadi Pirimqul Qodirov tanqidchi U.Normatov bilan qilgan suhbatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |