Adabiyotda estetik ideal, uni yaratish muammosi U.Normatov va H.Boltaboev “Bugungi adabiyotda estetik ideal va qahramon muammosi” suhbatida bugungi o‘zbek nasridan, saviyasidan U.Normatov fikrlarida ko‘tarinkilik, qoniqish hissi sezilsa, H.Boltaboev qarashlarida bir qadar sergaklik, ehtirosga berilmay aniq mushohada qilishga intilish ko‘proqday. “Qalamdan boshqa qurolim yo‘q” suhbatida E.A’zam “yangicha uslublarni anglamaydigan bir nodon bo‘lsang, men nima qilay?!” degan iddaolardan og‘rinsa, A.A’zam (S.O‘nar bilan suhbatda) “Adabiy tanqidchiligimizda mezon bo‘ladigan fikrlar, yetakchi tanqidchilarimiz yo‘q. Adabiy-tanqidiy tafakkur beega qolgandek, uning ta’sir kuchi yo‘qolib, o‘zi tanazzulga yuz tutdi” deb kuyinadi. Bu qarashlar Q.Yo‘ldoshevning “O‘zbek sinchiligi o‘zbek adabiyotining oldida bora olmayapti, hatto, yonma-yon ham keta olmayati, ortidan borayotir, yetib olay deb ham yugurayotgani yo‘q. - Adabiyotda estetik ideal, uni yaratish muammosi U.Normatov va H.Boltaboev “Bugungi adabiyotda estetik ideal va qahramon muammosi” suhbatida bugungi o‘zbek nasridan, saviyasidan U.Normatov fikrlarida ko‘tarinkilik, qoniqish hissi sezilsa, H.Boltaboev qarashlarida bir qadar sergaklik, ehtirosga berilmay aniq mushohada qilishga intilish ko‘proqday. “Qalamdan boshqa qurolim yo‘q” suhbatida E.A’zam “yangicha uslublarni anglamaydigan bir nodon bo‘lsang, men nima qilay?!” degan iddaolardan og‘rinsa, A.A’zam (S.O‘nar bilan suhbatda) “Adabiy tanqidchiligimizda mezon bo‘ladigan fikrlar, yetakchi tanqidchilarimiz yo‘q. Adabiy-tanqidiy tafakkur beega qolgandek, uning ta’sir kuchi yo‘qolib, o‘zi tanazzulga yuz tutdi” deb kuyinadi. Bu qarashlar Q.Yo‘ldoshevning “O‘zbek sinchiligi o‘zbek adabiyotining oldida bora olmayapti, hatto, yonma-yon ham keta olmayati, ortidan borayotir, yetib olay deb ham yugurayotgani yo‘q.
Yo‘naltirish, rag‘bat yo‘q darajada”, degan mulohazalari yuqoridagilarni to‘ldiradi. Yuqoridagi suhbatlardan o‘zining yo‘nalishi, mazmuni bilan ajralib turadigan U.Hamdam va R.Rahmatning “Ijodiy erkinlikning totli mevalari suhbatida bevosta o‘zbek nasridagi “yangilanish” haqida so‘z yuritilib, R.Rahmat adabiy tanqidchilik tor doirada fikrlashi, jahoniy mutolaaning ko‘ngildagidek emasligi, balki shu jihat yangi tipdagi asarlar mohiyatni anglashga to‘siq bo‘layotganini qayd etsa, U.Hamdam “yangi adabiyotning milliy zaminda ildiz otganligi, bu adabiyot Yevropa modern adabiyotidan ko‘chirilgan nusxa yoki unga taqlid emas, boshqacharoq shakl va mazmunga ega o‘z adabiyotimizdir”, deb yozadi. Suhbatni umumiy maxrajga keltirsak, keyingi davr nasrida ifodayu usullari bilan yangilangan o‘zbek adabiyoti dunyoga kelganligi e’tirof etiladi. - Yo‘naltirish, rag‘bat yo‘q darajada”, degan mulohazalari yuqoridagilarni to‘ldiradi. Yuqoridagi suhbatlardan o‘zining yo‘nalishi, mazmuni bilan ajralib turadigan U.Hamdam va R.Rahmatning “Ijodiy erkinlikning totli mevalari suhbatida bevosta o‘zbek nasridagi “yangilanish” haqida so‘z yuritilib, R.Rahmat adabiy tanqidchilik tor doirada fikrlashi, jahoniy mutolaaning ko‘ngildagidek emasligi, balki shu jihat yangi tipdagi asarlar mohiyatni anglashga to‘siq bo‘layotganini qayd etsa, U.Hamdam “yangi adabiyotning milliy zaminda ildiz otganligi, bu adabiyot Yevropa modern adabiyotidan ko‘chirilgan nusxa yoki unga taqlid emas, boshqacharoq shakl va mazmunga ega o‘z adabiyotimizdir”, deb yozadi. Suhbatni umumiy maxrajga keltirsak, keyingi davr nasrida ifodayu usullari bilan yangilangan o‘zbek adabiyoti dunyoga kelganligi e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |