9. Mavzu: Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili 9. Mavzu: Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili Reja: 1.Abdulla Qodiriy ijodining adabiy tanqidchilikda o‘rganilishi 2.Abdulla Qodiriy ijodi ilk tanqidchilar nigohida “Abdulla Qodiriy qomusi” ustidagi ish qodiriyshunoslarning to‘ng‘ich va o‘rta avlodi hayotni tark etgan, Umarali Normatov, Sobir Mirvaliyev singari taniqli qodiriyshunoslar keksaygan, qodiriyshunoslarning yangi avlodi esa hali shakllanmagan bir vaqtda boshlanmoqdaki, bu hol fursatning g‘oyat g‘animat ekanligiga ishora bo‘lib, undan tez va samarali foydalanishni taqozo etadi. - “Abdulla Qodiriy qomusi” ustidagi ish qodiriyshunoslarning to‘ng‘ich va o‘rta avlodi hayotni tark etgan, Umarali Normatov, Sobir Mirvaliyev singari taniqli qodiriyshunoslar keksaygan, qodiriyshunoslarning yangi avlodi esa hali shakllanmagan bir vaqtda boshlanmoqdaki, bu hol fursatning g‘oyat g‘animat ekanligiga ishora bo‘lib, undan tez va samarali foydalanishni taqozo etadi.
- Ana shunday bir paytda “Abdulla Qodiriy qomusi” loyihasi o‘z atrofiga respublikamizdagi barcha ilmiy va ijodiy kuchlarni jalb etishni taqozo etadi.
- Abdulla Qodiriy tarixning muayyan davrida yashagan va badiiy adabiyotning asosan roman janrida ulkan ijodiy ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa ham, uning ikki buyuk romani haligacha o‘zbek kitobxonlarining eng sevimli asarlari o‘laroq o‘qilib, ardoqlanib keladi. Abdulla Qodiriydan keyin roman janriga murojaat etgan yozuvchilar esa uning romannavislik an’analarini davom ettirib va imkon qadar rivojlantirib kelmoqdalar. Adib va uning “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon” romanlari kino, teatr va tasviriy san’at namoyandalariga ham ilhom berib, ular ijodidagi muhim yo‘nalishlardan birini tashkil etgan. Bu yo‘nalishning bosh masalasi esa badiiy asarning kino, teatr, muzika va tasviriy san’atdagi talqini masalasidir
Yuqoridagi fikrni xulosalab aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy ijodkor sifatida yashab o‘tgan emas, balki hozir ham barhayot, zamonaviy o‘zbek adabiyoti va boshqa san’at turlari rivojiga faol ta’sir ko‘rsatayotgan adibdir. Shu ma’noda, “qomus” mualliflari oldida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi misolida o‘zbek xalqining XX asr va XXI asr boshidagi siyosiy, ijtimoiy, adabiy va madaniy tarixini yaratishdek o‘ta murakkab va mashaqqatli vazifa turadi. - Yuqoridagi fikrni xulosalab aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy ijodkor sifatida yashab o‘tgan emas, balki hozir ham barhayot, zamonaviy o‘zbek adabiyoti va boshqa san’at turlari rivojiga faol ta’sir ko‘rsatayotgan adibdir. Shu ma’noda, “qomus” mualliflari oldida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi misolida o‘zbek xalqining XX asr va XXI asr boshidagi siyosiy, ijtimoiy, adabiy va madaniy tarixini yaratishdek o‘ta murakkab va mashaqqatli vazifa turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |