Tozalangan ferment preparatlarini olishning texnologik sxemasi
Fermentlarning tozalash asosan olinadigan ferment preparatining hossalari
va tozalash darajasidan kelib chiqqan holda tanlandi. Misol uchun quyi va yuqori
uslublarda ferment preparatlari olishda suyuq konsentratlar olish, quruq texnik
preparatlar olish, purkab quritish orqali olish, orgonik erituvchilarda cho’kmaga
tushirib olish uslublarini ko’rib chiqishimiz mumkin.
Filtrlangan kultural suyuqlik yig’gichga tushishidan oldin plyenkali vakum
bug’latgichga beriladi va bug’latilgan suyuqlik yig’gich uskunasiga beriladi.
Kultural syuqlik tarkibida 6-10% quruq qoldiqga ega bo’lganidan keyin konsentrat
yig’gichga beriladi. Konsentratdan quruq, texnik ferment preparati olish uchun 8
purkab quritish uskunasiga beriladi.Quruq preparat standartlashtirish 10, qadoqlash
11, tamg’alash jarayonlaridan o’tqaziladi.
Rasm-9.1. Quyi va yuqori ozuqa muhitinining qismida o’stirish uslubida tozalangan
ferment preparatlari olishning printsipial texnologik sxemasi.
1 filtrlangan kultural suyuqlikni yig’ish sig’imi, 2 vakum bug’latgichli uskunaning
qizdirish qismi, 3 yuqori qismda o’stirilgan kultura ekstrakt yig’gichi, 4
kondensator, 5 kondensat yig’gich, 6 vakum big’latgichli uskuna, 7 konsentrat
yig’gich, 8 purkamali quritgich, 9 issiqlik almashinish uskunasi, 10 tsiklon, 11
preparat quritish bunkeri, 12 shnek, 13 filtr, 14 tindirgich, 15 dozator, 16 separator,
17 spirt haydash nasosi, 18 spirt o’lchgich, 19 cho’kmani spirt bilan yuvish uchun
aralashtirgich, 20 tsentrifuga, 21, rotorli vakum quritgich, 22 quritilgan bunker
uchun bunker, 23-25 to’ldiruvchilar uchun bunker, 24 quruq preparatlar uchun
bunker, 26 dismenbrator uskunasi, 27-28 tarozilari, 29 uzluksiz aralashtirgich, 33
standart preparat uchun bunker, 31 qadoqlash va markirovkalash uskunasi, 32
fermentlarni ekstraksiyalash uskunasi, 33 bioshrot quritgichi, 34 suv uchun
rezervuar, 35 oqava suvlar uchun sterilizasiya uskunasi, 36 sovutish uchun issiqlik
almashinish uskunasi, 37 G2x yoki P2x suyuq preparatini qadoqlash uskunasi
Yahshiroq tozalangan preparat konsentrati olish uchun suyuqlik yig’gichdan
orgonik erituvchi bilan ishlov berilib cho’ktirib olinadi. Dastlab konsentrat issiqlik
almashinish uskunasida 2-3
o
C haroratgacha sovutib olinadi. Cho’ktirgichga bir
vaqtning o’zida sovuq cho’ktiruvchi eritma qo’shiladi, bunda cho’kma hosil bo’ladi
va cho’kmani 16 separator orqali ajratib olamiz.
Cho’kmay qolgan suyuqlikni regenerasiya jarayoniga yuborib, cho’kmani esa
spirt bilan qayta ishlab yana bir bor separatordan o’tqazib olamiz. Qayta ishlangan
cho’kma vakumli quritgichda quritiladi, maydalanadi, o’lchaniladi, qo’shimchalar
bilan aralashtirib, qadoqlash uskunalariga yuboriladi.
Ozuqa muhitini yuqori qismida o’suvchi mikroorgonizmlardan olingan ferment
larni tozalash jarayoni avvalo suv bilan ekkstraksiya qilingan fermentlarni tozalash
jarayonidan boshlanadi.
7-14% quruq qoldiqga ega bo’lgan ferment preparatlari vakum uskunasida
ishlov berilmasdan to’g’ridan to’g’ri purkagichli quritgichga berilib, texnik ferment
preparatiolinadi yoki ekstraktni sovutish jarayoniga yuborib, orgonik cho’tirgichlar
yoki tuzli eritma bilan ishlov beriladi. Ekstraktdan barqaror 50% li ferment
konsentratlari olish mumkin. Buning uchun yig’gich uskunasiga ekstrakt yuboriladi,
qizdiriladi va vakum bug’latgichda bug’latilinadi. Tayyor ferment preparati
qadoqlanadi va omborxonalarga jo’natilinadi. Bundan tashqari quyi oziqa muhitida
mikroorgonizmlarni o’stirib ultrafiltrasiya uslubi orqali tozalangan ferment
preparatlarini ham olish mumkin.
Xozirgi kunda ko’plab tozalangan ferment preparatlari olish texnologik
sxemalari yaratilgan bularga gomogenli va kristal holatdagi tozalangan ferment
preparatlarini keltirish mumkin. Bunday uslublar turli mamlakatlarda ishlab turibdi
va o’zining turli tuman texnologik uslublari bilan ajralib, turadi. Shuning uchun
ushbu uslublarni hohlagan bittasini tanlab tozalangan ferment preparatlari olish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |