1.Elektr kuchaytirgichlar, ularning turlari, asosiy ko’rsatgichlari.
Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manbalarning katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi energiya mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va boshqa tur tabiyatiga ega bolishi mumkin.
Agar energiyani boshqarish uzluksiz, bir me’yorda va o‘zgarish qonuni saqlangan holda bo‘lsa, uni kuchaytirish jarayoni deb ataladi.
Kuchaytirgichlar keng ko‘lamda radioaloqa, radiouzatish, televideniye, radiolokatsiya, ma’lumotlarni yozish va qayta eshittirishda qo‘llanilmoqda.
Kuchaytiriladigan elektr signallar turli chastotalarga ega bolib, garmonik tebranish holida yoki chastotali bo‘ladi.
20Hz-20kHz ga ega bo‘lgan signallarni kuchaytiradigan kuchaytirgich, ovoz chastota signalini kuchaytirgich deyiladi. Kuchaytirgichning signal ta’sir etadigan zanjiri kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal beriladigan qurilma esa, tashqi yuklama-iste’molchi deb ataladi.
Kuchaytirgichning (tashqi) yukama ulanadigan zanjiri chiqish zanjiri deb ataladi.
Kuchaytirgichlar ichida elektr signali kuchaytirgichlari eng ko’p tarqalgan bo‘lib, ularda boshqaruvchi va boshqariluvchi energiya elektr energiyasidan iborat boladi. Bu kuchaytirgichlar elektron, elektromexanik, magnit va boshqa tur kuchaytirgichlarga bo‘linadi. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi, qator sifatli xarakteristikalarga ega bo‘lishi bilan boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi. Shuning uchun ulardan juda ko‘p radioelektron va boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo‘llaniladigan o‘rni, vazifasi va boshqa belgilariga qarab juda ko‘p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va turlicha nompar bilan yuritiladi. Kuchaytirish jarayonini 1-rasmda ko‘rsatilgan chizma yordamida tushuntirish mumkin. Unda o‘zgarmas E tok manbayi ketma-ket qilib ikki qarshilikka (boshqariluvchi va o‘zgarmas) ulangan. Bu qarshilik yuklama qarshiligi deb ataladi. Chiziqli bo‘lmagan aktiv element qarshiligi bo‘lib, zanjirning kirishiga (punktir chiziq) boshqaruvchi kuchlanish yoki tok ta’sir etganda kattaligi o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish juda keng oraliqda bo‘lib, manba energiyasi sarf bo‘lmagan yoki juda oz miqdorda sarf bo‘lgan holda sodir bo‘ladi. Lekin qarshilikda ajraladigan quvvat ortadi. Shunga ko‘ra, boshqaruvchi elementning vazifasi o‘zgarmas tok manbayi energiyasini yuklama qarshiligiga uzatilishini tartibga solishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |