Urganch – 2020 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,64 Mb.
bet75/262
Sana07.07.2022
Hajmi2,64 Mb.
#754649
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   262
Bog'liq
2 5228766376688098170

Mushohada qiling, eslab qoling !

Buni yodda saqlang!
Olim inson bilimsiz, nodon, johil bo’lsa, yaramas ishlar qilishi, aksincha bilimli, dono, zukko bo’lsa ezgu ishlarni ro’yobga chiqarishini ta’riflash bilan kishilarni tinmay ilm olishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishga doir barcha masalalarini o’ziga qamragan yirik axloqiy-tarbiyaviy asardir.

Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarida insonning kamolotga etishishining yo’l-yo’riqlari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib bergan. Bu asar o’zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati bilan beqiyosdir.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. — Т.: Yulduzcha, 1990.
2. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar / Tuzuvchilar: A.Zununnov va boshqalar. — Т.: Fan, 1996.
3. K.Hoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi. — Т.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutbxonasi nashriyoti, 2OO5.
4. N.M.Mallaev. O’zbek adabiyoti tarixi. — Т.: O’qituvchi, 1965.


Muhammad Sodiq Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo’lgan “Odob as-solihin” asarining o’ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy 1740 yilda Qoshg’arda kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan va 1843 yilda u shu yerda vafot etgan. Biz olimning qay darajada tarbiyashunos ekanligini u tomonidan yaratilgan asarlarning mazmunidan bilamiz. Bizgacha uning “Odob as-solihin” (“YAxshi kishilar odobi”), “Zubdat al-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”), “Dur al-muzoxir” (“Ko’makdoshlarning durdonasi”) hamda “Tazkirai xojagon” (“Xojalar tazkirasi”) nomli asarlari yetib kelgan.
SHarqning buyuk allomalari - YUsuf Xos Hojib, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy, Sa’diy SHeroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar yuksak ahloqiylikni shakllantirishga oid yirik asarlar, hikmatlar yaratganlar. SHu bilan birga hulq-odob tarbiyasiga oid “Axloqi Muhsiniy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma” kabi asarlar yaratilgan.
O’zida shaxs va uning tarbiyasini yo’lga qo’yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo’lgan davrda Muhammad Sodiq g’oshg’ariy tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“YAxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin” asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.
Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g’oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yishdagi o’rni va roli borasida batafsil so’z yuritiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari muallifning o’zi ta’kidlab o’tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo’lib, har bir bob o’zida 4 faslni aks ettiradi.
Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko’zda tutilgan maqsad borasida so’z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo’lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g’oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo’lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g’oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi. Ayi o’rinda quyidagi masnaviyni keltiradi:
Beadab tanho va xudro dosht bad,
Balki otash dar xama ofoq zar.
(Adabsiz nafaqat o’zi uchun yomonlik qiladi,
Balki butun dunyoga o’t qo’yadi).



Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish