3. Saflanish mashqlari Saflanish mashqlari (davra,kolonna, shcrenga...) Qayta saflanishlar.Turli tomonlarga burilishlar,tarqalish va yig‘ilishlar - Safmashqlariga - saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish usuUari, orani ochish va yaqinlash-tirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida jamoa bo‘lib harakat qilish, ritm va shiddat hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli bajariladi, intizomlilik va uyushqoqlik ortadi.
- Ko‘p sonli talabalar qatnasha oladigan saflanish turlarining ko‘pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika chiqishlarining tarkibiy qismini tashkii qiladi. Safdagi harakatlar va buyruq-larning ko‘pgina qismi O‘zbe-kiston Qurolli Kuchlari Usta-vining saf harakatlari direktiva-sidan, ozroq qismi esa gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida ama-liyotda qo'llaniladigan atamalar-dan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |