11
Kimyoviy bombaj. Mahsulotlarning sifatiga uning tarkibidagi moddalar bilan idish metallari orasida boradigan kimyoviy reaksiyalar ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Konserva mahsulotlarida to‘planadigan ortiqcha miqdordagi qalay, qo‘rg‘oshin, mis tuzlari mahsulotni iste’mol qilganda organizmning zaharlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Standart talabi bo‘yicha qalay tuzlarining miqdori 1 kg mahsulotda 200 mg dan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. Qo‘g‘oshin tuzlarining konserva mahsulotlarida bo‘lishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi. Kimyoviy bombaj asosan tunuka bankalarining ichki tomoni yaxshi ishlanmagan va kislotaligi yuqori bo‘lgan mahsulotlarda ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |