Jamiyatning jadal taraqqiyoti eng muhim aloqa vositasi bo`lgan tilga ham ko`plab talablarni qo`ymoqda. Xususan, ishlab chiqarish, sanoat, fan-texnika, qishloq xo`jaligi, ayniqsa, axborot texnologiyalarining bugungi kundagi taraqqiyoti natijasida yuzlab yangi tushunchalar istemolga kirib kelmoqda. Bu tushunchalarni istemolga to`liq kiritish uchun esa yangi so`zlarga ehtiyoj seziladi. Ana shunday zaruriy ehtiyoj natijasida ko`plab yangi so`zlar paydo bo`lmoqda. O`zbekistonning o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi so`z yasalishi taraqqiyotiga sezilarli darajada tasir ko`rsatdi. Natijada ko`plab yangi yasalmalar, kalkalar paydo bo`ldi. O`zbekcha so`zlar tub turkiy so`zlardan va o`zbek tilidagi o`zlashgan so`z negizlardan hosil qilinadi. Mazkur kurs ishimizda so'z shakllari ya'ni bog'lovchi vositalar haqidagi tadqiqotlar haqida so'z bordi. O'zbek tilidagi so'z shakllarining kelib chiqishi, mohiyati, badiiy vosita sifatidagi o'rni yoritib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |