Turkiy bobotil vokalizmidagi ozgarishlarni qayd qilish munosabati bilan, ushbu ozgarishlarning barchasi nimaga bogliqligi togrisida savol paydo bolishi mumkin. Bundagi kopgina holatlarni unlilar talaffuzdagi fiziologik sarfni kamaytirish tendensiyasi bilan izohlasa boladi. Choziq unlilar talaffuzi doimo bir qancha fiziologik sarf bilan bogliq bolib, tigizlik holatlarini yuzaga keltiradi. Choziq unlilarning qisqarishini shu bilan tushuntirish mumkin. Ä unlisi ham tarixan turgun emasdi. Turkiy tillarda unlilardagi kopchilik ozgarishlar birinchi boginda sodir bolgan. Bunga birinchi bogindagi unlining kuchsizlanishiga olib kelgan oxirgi bogindagi urgu ham ancha tasir korsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |