Praksiologiya (yunon. praktikos – faol) – falsafaning inson faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan amaliy sohasi hisoblanadi. Praksiologiya insonni o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘z faoliyatini aniq va to‘g‘ri tashkil qilish qobiliyati, har qanday ishga shaxsan kirisha bilish va uning bajarilishini nazorat qilish kabi shaxsiy xususiyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Praksiologiya inson borlig‘ining tabiati va mohiyatini, uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradigan soha hisoblanadi. Inson faoliyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, asosan muayyan maqsad va manfaat asosida amalga oshiriladi. U individ va umuman jamiyat borlig‘ining alohida usuli hisoblanadi. Insonning bu hayotda moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarishi, siyosat va boshqaruv, muloqot va bilish, badiiy ijod va falsafiy mulohaza yuritishi, o‘zini o‘zi tarbiyalashi – bularning barchasi o‘ziga xos ratsional faoliyatni ya’ni insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatining universal shakli, shaxs va jamiyatning rang-barang ehtiyojlarini qondirish jarayonini ifodalaydi. Kishilik jamiyati, insonlar kundalik hayotida va faoliyatida doimo rivojlanib, takomillashib, yangilanib boradigan muayyan qarashlarni, maqsadli e’tiqodni ifodalovchi g‘oyalarga-maqsadga tayanib ish ko‘radi. Bu muayyan ijtimoiy g‘oyalar, ta’limotlar aynan kishilarning amaliy faoliyati orqali tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Milliy g‘oya targ‘iboti ta’lim tizimidagi faoliyatini takomillashtirish, uni rivojlantirish yo‘llarini belgilab beradi. Ayni shu ma’noda milliy g‘oya targ‘ibotida interfaol usullardan foydalanish orqali uni ommalashtirish va bosqichma-bosqich singdirib borish muhim masalalardan hisoblanadi.
Etika (grek tilidan olingan bo‘lib, «axloq – odob, urf – odat» degan ma’noni anglatadi) – tadqiqot ob’ekti axloq – odob va odob qoidalari bo‘lgan, falsafaning amaliy sohalaridan biri hisoblanadi. Ushbu so‘zning boshlang‘ich o‘zagi – etos, birgalikdagi istiqomat qilish joyi va umumiylikda hayot kechirish iboralari asosida vujudga kelgan, jamiyatni jipslashtirishga xizmat qiluvchi muayyan qoidalar, me’yorlar, individualizm va tajovuzkorlikka barham berish ma’nosini anglatadi. Jamiyat rivojlanishi bilan ushbu ma’no tarkibiga vijdon, ezgulik va yovuzlikning o‘rganilishi, hamdardlik, do‘stlik, hayotning mazmun – mohiyati, o‘z – o‘zini bag‘ishlash va boshqa kabi masalalar qo‘shilgan. SHuningdek, axloqshunoslik (etika) atamasi ayrim holatlarda ma’lum bir aniq ijtimoiy guruhlarning axloq – odob yuzasidan me’yorlar tizimini ifodalash uchun ham foydalaniladi. Axloq – insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, sahovatpeshalik va bag‘rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g‘amhurlik singari tushunchalarni insonning ma’naviy faoliyatida yuzaga chiqaradigan ijtimoiy-madaniy hodisadir. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, milliy mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Birinchi Birinchi Prezident buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U insonga faqat moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»[83]. Inson jamiyat hayotidagi barcha munosabatlarga muayyan ahloqiy qadriyatlar asosida yondashadi. Imonli, insofli, halol bo‘lish, haromdan hazar qilish, birovning xaqqiga ko‘z olaytirmaslik mehr-muruvvatlilik, rahm-shafqatlilik, oqibatlilik, sharm-hayolilik, do‘stlik ijtimoiy-ahloqiy qadriyatlardir. Ular asrlar davomida hayot sinovlaridan o‘tib, insonning xalqning hayot tarzidan, dunyoqarashidan, yon-atrofga munosabatlaridan joy olgan. YAshash tarziga aylangan ahloqiy qadriyatlar bilan demokratik o‘zgarishlar bir-biridan yiroq, bir-biriga yot voqe’likdek tuyuladi. Aslida har qanday o‘zgarish ma’naviyatni, ahloqimizni boyitishi bilan qadrlidir.
Estetika (nemis tilidan olingan bo‘lib, «sezgi, sezgilarga oid his qilish» degan ma’noni anglatadi) – tabiatda va hayotda go‘zallik va badiiy ijodning mazmun – mohiyati va shakllari haqidagi falsafiy ta’limot hisoblanib, sa’natning ijtimoiy ong tarkibida alohida darajadagi o‘ziga xos shakl sifatida namoyon bo‘ladi. Estetika (nafosat va go‘zallik haqidagi falsafiy ta’limot) – nafosat, go‘zallik haqidagi falsafiy fan sohasi hisoblanadi. Estetika sohasida quyidagi savollarga javob izlanadi: «Go‘zallik o‘z nima?», «Biz qanday qilib go‘zallikni anglay olishimiz mumkin?» Milliy g‘oya asosida tarbiyalangan har bir yosh avlod go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. SHuningdek, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, “ommaviy madaniyat”, “ommaviychilik san’ati”ni chinakam estetik madaniyat va yuksak san’atdan farqlay olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |