Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Milliy g‘oyaning milliy negizlar va  umumdemokratik prinsiplarga asoslanishi



Download 467,7 Kb.
bet120/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

25-mavzu: Milliy g‘oyaning milliy negizlar va  umumdemokratik prinsiplarga asoslanishi.

Milliy   g‘oyaning   milliy-    ma'naviy negizlari     va     umumdemokratik     prinsiplari "Demokratik taraqqiyot" tushunchasi    ma'no-mazmuni.    Jamiyat    g‘oyaviy    -mafkuraviy asoslarini      demokratik      taraqqiyot      bilan bog‘liqligi. Yagona g‘oya va mafkurani davlat mafkurasiga      aylantirmaslik      g‘oyaviy -mafkuraviy         plyuralizmning         demokratik taraqqiyotga mosligi.

Milliy  g‘oya-O‘zbekiston  demokratik taraqqiyotining g‘oyaviy-mafkuraviy asosi.

Milliy g‘oya tamoyillarining milliy va umumdemokratik    xarakteri    milliy    g‘oyada insonlar,turli     millatlar, xalqlar     maqsad     va manfaatlarining aks etishi.

Demokratik     taraqqiyotda     turli      xil g‘oyalar     va     mafkuralar     xilma-xilligining ahamiyati.

1.     Milliy g‘oya negizlari  va uning mazmun va mohiyati.

2.     Milliy ma’naviy meros va umuminsoniy demokratik prinsiplar.

3.     Milliy-ma’naviy negizlarga tayangan demokratiyaning rivoji.

 

Milliy istiqlol g‘oyasi mustaqillikdan keyin qo‘qisdan shakllanib qolgani yo‘q. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida olib borilgan harakatlar xalqimizga xos xususiyat ekanligini bilib olamiz va milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlarini juda qadimdan shakllanganligiga amin bo‘lamiz. Milliy istiqlol g‘oyamizning tarixiy ildizlari sifatida Spitamen mardligi, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdilarning vatanparvarligi, Amir Temur jasorati, ularning o‘z vataniga, xalqiga, oilasiga sodiq qolib istiqlol yo‘lida fidoiylik ko‘rsatganliklarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.



Milliy istiqlol g‘oyasidagi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, millatlararo totuvlik,dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalari xalqimizning tarixiy taraqqiyoti, ma’naviy merosi, umuminsoniy qadriyatlariga asoslanadi.        O‘zbekistonning bugungi siyosatida barkamol insonni tarbiyalash g‘oyasi tariximizda, islom negizida shakllangan tasavvuf ta’limotidagi fikr va g‘oyalardan ham oziqlanadi, ularning umuminsoniy jihatlariga tayanadi.  

Ahmad YAssaviyning hikmatlari kishini axloqiy komillikka, Bahouddin Naqshbandiyning “Dil ba yoru dast ba kor” shiori mehnatsevarlikka chorlasa, mug‘ul bosqinchilariga qarshi 76 yoshida “yo vatan, yo sharofatli o‘lim” shiori ostida chiqqan Najmiddin Kubro mardligi xalqimizning vatanparvarlikka, javonmardlikka chorlaydi.

Rus bosqinchilari xonliklarning o‘zaro kelishmovchiliklaridan foydalanib, yurtimizga bostirib kirishdi. Bizning xalqimiz istqlolchilik harakatlaridan to‘xtamagach, xalqimizni dinidan, ma’naviyatidan, milliy o‘zligidan, ma’naviy merosidan ajratish fikrini Skobelev aytib, shu bilan mamlakatni ushlab turmoqchi bo‘ladi. Bu g‘oyani birinchi bo‘lib, Qadimgi xitoy faylasuf I Konfutsiy aytib o‘tgan edi.      Ruslar bu g‘oyani qo‘llagan bo‘lsalar, xalqimizdagi milliy,ma’naviy merosga bo‘lgan ehtiyoj, intilishni yo‘q qila olishmadi. Milliy ozodlik, ma’rifatparvarlik harakati ilk namoyondalaridan biri bo‘lgan Ahmad Donish (1827-1897) ning ham ijodida ko‘rishimiz mumkin. U o‘lkani ma’naviy qaloqlikdan chiqarish uchun o‘z g‘oyalarini ilgari suradi. Milliy ma’naviy merosimizni xalqimizga singdirish har bir kishining ma’naviy dunyosini boyitib mamlakat hayotini yaxshilashga,   madaniy yuksakklikka olibchiqishga qaratilgan g‘oyalar, keyinchalik jadidchilik harakati namoyondalari ijodining asosini tashkil qilgan.

Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning o‘tmishi va kelajagini bir biri bilan bog‘lab, asriy orzu istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimi bo‘lib,milliy va umuminsoniy qadriyatlar, gumanizm hamda demokratiya tamoyillariga asoslanadi. O‘zbekiston istiqlolga erishgach, mustaqilligimizga rahna soladigan, xalqimizning hayotining farovonligiga, tinchligiga tahdid tug‘diradigan vayronkor g‘olarga moddiy manfaatdorlik evaziga chetdan qilinadigan harakatlarinng xalqimizning tubanlikka chorlaydigan ta’limotlariga qarshi g‘oyaviy asos, mafkuraviy immunitet sifatida milliy istiqlol mafkurasi ishlab chiqildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston tarixini haqqoniy o‘rganish, fuqarolarimiz tafakkurida o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat hamda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirishga xizmat qiladi.    

Biz jamiyatimiz bundanda rivoj topishi uchun ulkan boy tajribamiz bilan dunyo tan olgan qomusiy bobolarimiz va ularning ijodi bilan faxrlanibgina qolmasdan ularning davomchilari,vorislari bo‘lishga harakat qilmog‘imiz shartdir.

Milliy istiqlol mafkurasida xalqimizning boy tarixiy merosi aks etgan bo‘lib, u mamlkatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptirishga xizmat qilibkelmoqda.    

Milliy g‘oya avvalo xalqimizning o‘zligini anglashiga, o‘zining milliy qadriyatlarini, urf odatlarini yo‘qotmasdan, ularni tiklab, avaylab, e’zozlab, yangi o‘sib kelayotgan avlodga etkazib berish uchun xizmat qilishi kerak.

Milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga,tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so‘zbilan aytganda o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib (birinchi negizi)  shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy (negizi) yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi,xalq manfaati, uning farovonligi yo‘lida xizmat qilmog‘i lozim.

Mamlakatimizda demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi haqida fikr yuritar ekan, Birinchi Birinchi Prezidentjamiyatning demokratiyalashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi, demokratiya g‘oyalarini shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib bo‘lmasligini uqtiradi. «Demokratiya, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir»1.

Demokratiyani jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barqaror taraqqiyoti omiliga aylantirish uchun adolatli jamiyat orzusi yo‘lida insoniyat to‘plagan tajriba va amaliyotni muttasil o‘zlashtirish zarur. Bunda sharqona demokratiya tamoyillari tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bo‘lgan intilishlarga ega bo‘lishi va shu vaqtning o‘zida o‘zgalar bilan hamkorlikka moyil bo‘lishi mumkin. Inson tabiatiga xos ana shu qarama-qarshilik uning jamiyatdagi hayoti va hatti-harakatlarini ham belgilaydi. Odamlar bir tomondan shaxsiy erkinlikka intilsalar, ikkinchi tomondan ijtimoiy tenglikni talab qilishga moyil bo‘ladilar. Odamlar o‘z manfaatlarini ko‘zlashlari bilan birga umumiyijtimoiy manfaatlarga ham intiladilar. Ammo bu qarama-qarshi tendensiyalarni, shaxsiy manfaat bilan jamiyat manfaatlarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin? Jamiyat bu muammoning echimiga demokratiya mexanizmlarini ishga solish orqaligina kela oladi. Aynan demokratiya va umumiy manfaatlar vobastaligi ijtimoiy munosabatlarni muvozanatga keltirishga xizmat qiladi. Demokratiya doimiy qutb - «zid­diyat - kelishuv - birdamlik» orqali o‘ziga yo‘l ochar ekan, kishilarning o‘zaro roziligi, kelishuviga tayanadi. Gap shundaki, demokratiya - bu yolg‘iz o‘z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bo‘lmay, balki o‘zaro munosabatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qutbiy intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni o‘zida ifoda etadi.

Milliy g‘oya xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning tub milliy-ma’naviy negizlarga tayanishi va umumdemokratik prinsiplarga asoslanishi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat asoslarining eng qadimgi ildizlaridan biri “Avesto”dir. U miloddan avvalgi 7-6 asrlarda hozirgi O‘zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan ilk davlatchilik to‘g‘risidagi ijtimoiy-falsafiy, diniy ta’limot hisoblanadi. ”Avesto”ni “Hayot yo‘riqnomasi”, ”Qonunlar to‘plami”, “Bilimlar majmuasi” deb bejiz atashmagan. Zero, hozirgi adolatparvar demokratik jamiyat asoslarini yaratishga qaratilgan milliy g‘oya bilan hamohang ijtimoiy-falsafiy fikr unda mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. “Avesto”da davlat boshqaruvi tizimiga jamiyat tarixi va uni rivojlanishiga oid ma’lumotlar o‘z ifodasini topganligining e’tiborli jihati shundaki, unda avvalo inson haq-huquqi, manfaati, erki, uning ruhiy, ma’naviy komilligi, falsafasi ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.

Avestoda ilgari surilgan g‘oyalarni o‘z davrining xaloskor g‘oyalaridan biri deyishimiz mumkin. CHunki, unda inson, xalq baxt-saodatini ta’minlovchi yaxlit davlat tizimini yaratish haqidagi ta’limot o‘z ifodasini topgan.

Ma’lumki, qadimgi YUnonistonning ko‘pgina polis-shaharlarida demokratik tamoyillarga asoslangan tizim qaror topgan edi. Bu davrdagi demokratik tizim haqida o‘sha davrda etishib chiqqan buyuk mutafakkirlaridan biri Platon fikricha, ideal davlat deb bilgan - aristokratik davlat tuzumining halokati er va turar joylarning xususiy mulkka aylanishiga, bundan esa, noroziliklar kelib chiqib qarama-qarshiliklar paydo bo‘lishi va urushlar boshlanishiga sabab bo‘ladi. Urushlar xususiy shaxslar qo‘lida katta miqdorda boylik to‘planishiga olib keladi. Oqibatda davlat hokimiyatini oligarxiya egallaydi, kambag‘allar boshqaruvda ishtirok eta olmay qoladilar.

Oligarxik davlatda mulksiz aholining boylarga qarshi nafrati kuchayib boradi, bu esa davlat to‘ntarishiga olib keladi va oxir oqibat demokratiya o‘rnatiladi.

Umuman, demokratiyani Platon yoqimli va rang-barang, lekin etarli darajada boshqarib bo‘lmaydigan tuzum sifatida baholagan. Bunday davlatlarning har qaysisida nimaiki ezgu ish deb hisoblangan bo‘lsa, (timokratiyada-harbiy zafarlar, oligarxiyada-boyliklar, demokratiyada-erk), aynan shu narsa davlatning halokatiga sabab bo‘ladi[78].

Platon qarashlarini tanqid ostiga olgan Aristotel, davlatni paydo bo‘lishi va shakllanishini tabiiy taraqqiyot natijasi deb qaraydi. Davlat boshqaruvining to‘g‘ri shakli – monarxiya, noto‘g‘ri shakli esa – oligarxiya va demokratiya, deb hisoblaydi. U qonunga emas xalqqa bog‘liq bo‘lgan demokratiyani tanqid qilib, qonun ustuvorligiga asoslangan demokratiyani qo‘llab-quvvatlaydi[79].

Abu Nasr Forobiy ularning demokratik jamiyat haqidagi g‘oyalarini yanada rivojlantirdi. Bu haqda nemis olimi German Ley shunday deydi: “Forobiy yunon traditsiyalarining turli xil elementlaridan foydalangani holda davlat va siyosatni tushunish masalalarida Platon fikrlaridan uzoqlashgan, ya’ni ilgarilab ketgan”[80].

O‘z davrining yirik mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” risolasida jamiyatni boshqarish tizimi haqidagi ilmiy-nazariy qonuniyatni yaratdi. Forobiyning demokratik jamiyat haqidagi ta’limoti asosida adolat va axloq, qonunchilik g‘oyasi yotadi. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar (ya’ni mamlakat) shunday bo‘ladiki, -deb ta’kidlaydi Forobiy, – shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan va o‘zi tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi”[81], degan qarashlari bugungi kunda o‘z aksini topmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi..

Odil – demokratik jamiyat barpo etish haqida gap borar ekan, A.Temur va temuriylar davriga alohida to‘xtalmoq lozim. CHunki, bu davrda demokratik jamiyat nazariyasi emas, balki uning real voqelikda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq muhim ilmiy-falsafiy g‘oyalarni uchratishimiz mumkin.

Amir Temurning Markaziy Osiyo halqlari tarixida adolatli davlat barpo etishda tutgan o‘rni alohida ahamiyatga molikdir. U markazlashgan yirik davlatga asos solgan buyuk siymodir.

Markazlashgan davlatchilikning qisqa tarixiy davrda mustahkamlanishi, mavjud siyosiy kuchlarni tarqoqligiga chek qo‘yishga va ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga olib keladi. Ta’kidlamoq kerakki, ana shunday sharqona demokratik jamiyatning o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan bu tarixiy davrda ijtimoiy-siyosiy islohotlarning, shuningdek ilm-fan va madaniyatning, davlat boshqaruvi tizimining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar shakllangan.

Buyuk siyosatchi va davlat arbobi sifatida Temur o‘z davlatining siyosiy-huquqiy va ijtimoiy falsafiy tamoyillarini yaratdi va idora (ya’ni, boshqaruv ma’nosida) shaklini, uning ilk kurtaklarini ko‘rsatdi[82].

Markaziy Osiyoda demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda ma’naviyat, mafkura va milliy g‘oyaning naqadar muhimligi haqidagi ta’limotlar, hozirgi davrda ham nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga molik nazariyalardan hisoblanadi.

 Xullas, milliy-ma’naviy negizlarga tayanib, rivojlanib borayotgan demokratik jamiyat mamlakatimizdagi islohotlar va tub o‘zgarishlar, ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va uning uzluksizligini ta’minlashda turli millatlar, diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, davlat va jamoat tashkilotlarining hamjihatligiga erishish ehtiyoji huquqiy demokratik jamiyatni shakllantirishni mamlakatimiz taraqqiyoti hozirgi davrining zaruriyati sifatida namoyon bo‘ladi. Bu zaruriyat O‘zbekiston Birinchi Prezidentining asarlarida o‘z ifodasini topmoqda. Ularda huquqiy demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari, uni shakllantirish va mamlakat rivojining omillaridan biriga aylantirish masalalari asoslab berilgan.

SHu ma’noda, O‘zbekistonda demokratik jamiyat haqidagi nazariyalar va ta’limotlar tarixi milliy g‘oyamizning milliy-ma’naviy negizlari sifatida qo‘yidagi tamoyillarga ega bo‘ladi:

Birinchidan, O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘zgarishlarning ma’naviy-huquqiy jihatlarini uyg‘unlashtiradigan, muhim jarayon sifatida o‘z ifodasini topgan.

Ikkinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi bo‘lgan inson haq-huquqlarini, uning kamolotini, manfaat va qadr qimmatini ta’minlaydigan ma’naviy muhitni shakllantirish vazifalarini amalga oshirishdagi mezon sifatida muayyan ahamiyat kasb etadi.

Uchinchidan, O‘zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish jarayonida milliy mafkurani shakllantirish mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida ulkan islohotlarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.

To‘rtinchidan, O‘zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, qobiliyat negizida, o‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib, millat taraqqiyoti yo‘lida jipslashib bir maqsad sari harakat qilishga zamin bo‘lib xizmat qiladi.




Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish