III.Test tuzish
To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gapga doir 10 ta test tuzish.
Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU 3-kurs BT va STI yo`nalishi sirtqi bo`lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan oraliq nazorat savollari
7-variant
I.Nazariy savollar
1. O‘zga gap turlari: ko‘chirma gapli qurilma, o‘zlashtirma gap.
3. Aka-uka Grimmlar yozgan ertaklarda ulug‘langan yoki qoralangan fazilatlar va xislatlar haqida.
II.Amaliy topshiriq
1.Quyidagi o’zlashtirma gaplarni ko’chirma gaplarga aylantiring.
1. Nashr xizmatchisidan bu yaqin orada qaerda hammom borligini so’radi.(G’.G’.) 2. U Fotima yoniga hech bormasligini, agar adasi kelib qolsa ham hech berib yubormaslikni qayta-qayta aytardi.(Mirm.) 3. Vazira dugonalari bilan Arslonbobga borganini, o’ttiz metrli shovvani borib ko’rganini, tog’dan yovvoyi jambil terganini entikib-entikib gapirardi.(S.Ahm.) 4. Me’mor Zavrakdan korfarmo Ahmad Chalabiyga ham bu gapni ma’lum qilishini, o’zining bunda kelolmasligini, evini topsa, Arkka kirib chiqajagini aytdi.(Mirm.) 5. Gulchiroy bugun bir neft fontani otilib chiqqanini sevinch bilan xabar qildi.(J.Abd.)
Do'stlaringiz bilan baham: |