Urchish va urug’lanishga ta’sir qiluvchi omillar.
Reja:
1.Urchish va urug’lanishga ta’sir qiluvchi omillar
2.Qushlar va sutemizuvchilar rivojlanishning diapauza orqali amalga oshishining biologik moxiyati
3.Maydalanish sabablari va tiplari,blastulalarning yuzaga kelishi va xillari
Tayanch so’zlar: gameta, urug’lanish, ekzina, intina, generative, avtogamoya, geytenegamiya, kleytogamiya, ksenogamiya, entomofiliya, anamafiliya, ornitafiliya, xripterofiliya.
Entomofiliya- hasharotlar yordamida changlanish
Yuksak darajada tuzilgan barcha hayvon va o'simliklar jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinsiy ko'payishda tuxum va urug' hujayralar ishtirok etadi. Bu esa o'z navbatida urug'lanish yoki otalanishdan boshlanadi^Jrug'lanishdan oldin urchishjarayoni sodir bo'ladi. Urchish ikkitajinsning, ya'ni erkak va urg'ochi individlarning o'zaro qo'shilishi hisoblanadiZIkki xil jinsiy hujayralarning -spermatozoid va tuxum hujayralarning o'zaro qo'shilishi urag'lanish7yoki otalanish deb ataladii{40-rasm). Ba'zan urchishdan urug'lanishgacha ancha vaqt o'tishi mumkin. Masalan, ko'rshapalaklarda urchish kuzda sodir bo'ladi* Spermatozoidlar urg'ochi individning tuxum yo'llarida saqlanib, bahorda qulay sharjit kelishi bilan urug'lanish sodir bo'ladi. L. Almatov qishda g'orlardan urchigan bir necha ko'rshapalaklarni olib kelgan. Issiq va qulay sharoitda saqlanganda ularda qishda ham urug'lanish sodir bo'lganligini kuzatgan^Urug'lanish natijasida zigota hosil bo'ladi. Zigota grekcha zigotos -qo'shilgan degan ma'noni bildiradi. Zigota ham bitta hujayradan iborat, ammo i somatik va jinsiy hujayralardan sifat jihatdan farq qilib, unda ota-ona belgilari bo'ladi. Erkak individlar spermatozoid ishlab chiqarishi, ya'ni spermatozoid va i bilan birgalikda suyuqlik ishlab chiqarish jarayoni eyyakulyasiya deyiladi. Bu hodisa ham juda murakkab jarayon hisoblanadi. <(Jinsiy hujayralar yetilgandan keyin otalanish jarayoni sodir bo'lmasa, ular tezda halok bo'ladi. Shuning uchun urug'lanish mumkin qadar tezroq / sodir bo'lishi kerak. Urug'lanish qaerda sodir bo'lishiga qarab ikki xilda bo'ladi:
1. Tashqi urug'lanish. Bunda jinsiy hujayralar tashqi muhitda - suvda, tuproq oralarida va boshqa joylarda o'zaro qo'shiladi, ya'ni urg'ochi (samka) tuxum qo'yadi, erkak (sames) esa uni Urug'lantiradi. Bu hodisa erkak va urg'ochi individlar o'zaro yaqin masofaga kelganda sodir bo'ladi, ya'ni ular jinsiy hujayrani suvga yoki boshqa joyga chiqarishini bir-biriga hid yoki boshqa kimyoviy moddalar orqali xabar beradi. Bu jarayonga xulq-atvorlar ham ta'sir etadi. Bunday urug'lanish suvda yashaydigan hayvonlarda, baUqlarda, amfibiyalarda uchraydi. ^
2. Ichki urug'lanish. Bunda jinsiy hujayralar ona organizmining jinsiy organlarida o'zaro qo'shiladi. Erkak jinsiy hujayralarini tashqariga qo'yishi mumkin. Urg'ochilari esa uni o'zining jinsiy teshiklariga kiritib oladi. Masalan, hasharotlarning ba'zilarida shu holatni uchratish mumkin. Bu tashqi-ichki otalanish deb ataladi. Ba'zilarida erkaklari spermani urg'ochi jinsiy organlariga bevosita kiritib qo'yadi. Masalan, sut emizuvchilarda shunday bo'ladi. Bu ichki otalanish deb ataladi. Ba'zilarida ichki otalanish bo'lsa ham, embrion tashqi muhitda rivqjlanadi. Masalan, qushlarda, repteliyalarda shunday holat kuzatiladi. Zuluklarning urchish jarayoni boshqa hayvonlardan farq qiladi. Ular germafrodit bo'lib, urug'lanish ichki boiadi. Jag'li zuluklar kopulyativ organi orqali spermatozoidlarini urg'ochi jinsiy organlariga o'tkazadi. Baliq zulugida esa spermatozoidlarni spermatofora holida urg'ochi zuluk terisining ustiga qo'yadi. Spermatofora qo'yilgan joydagi ten yumshaydi va teri orqali spermatozoid tuxum yo'llariga o'tadi. Zuluklarda bunday urchishni A. O. Kovalevskiy aniqlagan va uni teri orqali urchish deb atagan.*
Spermatozoidlarning maxsus parda bilan o'ralgan kapsula holati spermatoforalar deb ataladi. Spermatoforalar orqali urchish ham har xil bo'ladi. Ba'zi hayvonlarda spermatoforalar urg'ochi jinsiy yo'liga kirgizib qo'yiladi. Keyin spermatofora pardasi yorilib, spermatozoidlar tuxum yo'liga o'tadi. Urug'lanish jarayonining normal o'tishi uchun spermatozoidlar jinsiy yo'llarda ancha masofani harakatlanib bosib o'tishi lozim^Jinsiy hujayralarning yetilib chiqishi bir yilda mavsumiy, bir, ikki marta, har oyli, shuningdek, tartibsiz bo'ladi. Spermatozoid shakllangandan keyin jinsiy yo'llardagi sekretlar bilan aralashib, spermani hosil qiladi. Bir marta ajraladigan spermaning hajmi ko'rshapalaklarda 5 ml, qo'chqorlarda 2 ml, yowoyi cho'chqalarda 500 ml bo'ladi. 1 ml sperma tarkibidagi spermatozoidning soni ko'rshapalakda 2 mln, qo'chqorda 2-5 mln, yowoyi cho'chqada 100.000 tagacha bo'ladi. Erkaklarning bir marta ajraladigan spermasining hajmi 3 ml, 1 ml sperma tarkibida 40-50 mln spermatozoid bo'ladi. Odam butun hayoti davomida 340.00C .000.000.000 ta spermatozoid ishlab chiqaradi. Odam tuxum hujayrasining diametri 130 mm, eng katta tuxum akulalarning bir turida bo'lib, uning diametri 22 sm, tuyaqushda esa 10 sm ni tashkil etadi
Naslsizlik ustida ish olib borgan ohmlarning aniqlashicha, urug'lanish normal o'tishi uchun jinsiy hujayralar to'liq yetilgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari, spermatozoidlarning soni yuqorida ko'rsatilgan sonda bo'lishi kerak. Chunki ana shunday ko'p sondagi spermatozoidlarning juda oz qismi urug'lanadigan joygacha, ya'ni tuxum yo'ligacha yetib boradi. Masalan, quyonlarda 250-500, odamlarda 700-900 ta spermatozoid tuxum yo'llarigacha yetib boradi.
Ichki urug'lanadigan hayvonlarga nisbatan tashqi urug'lanish sodir bo'ladigan hayvonlarda spermatozoid ko'proq yetishib chiqadi. Bu esa jinsiy hujayralarning o'zaro uchrashish imkoniyatini oshiradi. ^/Urug'lanish jarayoni 3 ta ketma-ket bosqichdan iborat: 1) gametalarning yaqinlashishi; 2) tuxum hujayraning faollashuvi; 3) singamiya. Tuban organizmlarda erkaklik va urg'ochilik jinsiy hujayralar deyarli bir xil kattalikda bo'ladi va ular izogametalar deyiladi. Bu gametalar genetik va sitOplazma tuzilishi jihatdan bir xil bo'ladi. Bunday gametalar qo'shilishi urug'lanish emas, balki kopulyasiya deyiladi. Kopulyasiya lotincha kopulyasio - qo'shilish degan ma'noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |