Zarafshon regioni tarkibiga Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari kiradi. Ushbu region shahar aholisi 1,5 mln.kishini tashkil qiladi va respublikamiz shahar aholisining 16 %i yashaydi. Viloyatlar bо‘yicha shahar aholisi Samarqandda 25,9 %ni, Buxoroda 30 %ni, Navoiyda 39,8 %ni tashkil qiladi. Regionning umumiy urbanizatsiya darajasi 32,7 %dir.
Quyi Amudaryo regionining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati) shahar aholisi 1,1 mln.kishi bо‘lib, ular Respublika shahar aholisining 11,5 %ini tashkil qiladi. Region shahar aholisining salmog‘i ancha yuqori bо‘lib, 35,5 %ni tashkil qiladi. Respublikadagi urbanizatsiya darajasi yuqori bо‘lgan Qoraqalpog‘istonda ushbu kо‘rsatkich 48,7 %ni tashkil qiladi.
Janubiy region Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari shaharlarida 941 ming kishi, ya’ni respublika shahar aholisining 10 %i istiqomat qiladi. Regionning urbanizatsiya kо‘rsatkichi 22,5 %dir, u Surxondaryoda 19,4 %ni, Qashqadaryoda esa 24,8 %ni tashkil qiladi.
Mirzachо‘l regioni tarkibiga Sirdaryo va Jizzax viloyatlari kiradi. Ushbu viloyat shaharlarida 518,3 ming kishi istiqomat qiladi, respublika shahar aholisining atigi 5,5 %i yashaydi. Regionning umumiy urbanizatsiya darajasi 31,1 %ni tashkil qilgan holda, ushbu kо‘rsatkich Sirdaryo viloyatida 31,4 %ni, Jizzax viloyatida 29,9 %ni tashkil qiladi.
Surxondaryo (19,4 %), Xorazm (22,6 %), Qashqadaryo (24,8 %) viloyatlari respublikamizda urbanizatsiya darajasi eng past viloyatlardir.
Hozirgi vaqtda yirik shaharlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, kichik va о‘rta shaharlarni rivojlantirish dolzarb muammo hisoblanadi. Aks holda, respublikamizda shahar aholisining son jihatdan kо‘payishini qisqarishi va urbanizatsiya darajasining pasayishini kutish mumkin. Respublikada shaharlar tо‘ri, tarkibi va tizimini rivojlantirish asosida urbanizatsiya kо‘rsatkichining pasayishini tо‘xtatish va uning asta-sekin kо‘tarilib borishiga erishish lozim. SHо‘ о‘rinda ushbu jarayonni “ichkaridan” jonlantirish, ya’ni, qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ham katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
1. О‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi. T.-2002
2. Ata-Mirzayev O., Gentshke V., Murtazayeva P., Soliyev A. Istoriko-demograficheskoye ocherki urbanizatsii Uzbekistana. T., 2002
3. Ahmedov E. О‘zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. T., 2002
4. Berdiqulova M. Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari. Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari. T., 30-31 mart
5. Soliyev A. Shaharlar geografiyasi. T., 2000
Do'stlaringiz bilan baham: |