Urbanizasiya jarayoni va shaharlar geografiyasi



Download 75 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2022
Hajmi75 Kb.
#563779
1   2   3
Bog'liq
Urbanizasiya jarayoni va shaharlar geografiyasi..

Birinchidan, urbanizatsiya jarayonlari hozirgi dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida vujudga kelgan ijtimoiy jarayondir.
Ikkinchidan, urbanizatsiya jarayonlari barcha davlatlarda ham bir xilda rivojlanmaydi. Har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari о‘sha davlatdagi urbanizatsiya jarayonlariga katta ta’sir kо‘rsatadi.
Uchinchidan, globallashuv jarayonlari urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtiradi.
Tо‘rtinchidan, urbanizatsiya jarayonlari kо‘plab ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Bular havoning ifloslanishi, jinoyatchilikning о‘sishi, shaharlarda ishsizlik darajasining ortishi, ichimlik suvining yetishmasligi kabi muammolardir.
Urbanizatsiya jarayonlarini keltirib chiqarayotgan muammolarini hal qilish, bu jarayonning har bir davlat, umuman dunyo miqyosida talofatlarsiz borishi butun dunyo davlatlarining birgalikdagi samarali hamkorligini taqozo etadi. Sо‘nggi yillarda jahon urbanizatsiyasida о‘ziga xos xususiyatlar yuz bermoqda. Ular quyidagilar:
-rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya jarayonining sifat jihatdan о‘zgarishi, uning demografik kо‘rsatkichlarini barqarorlashuvi;
-rivojlangan mamlakatlarda shaharlar va shahar aholisining tez о‘sishi;
-urbanizatsiya yuqori darajaga yetgan davlatlarda suburbanizatsiya jarayonining avj olishi;
-shaharlarning murakkab hududiy tizimlarini (shahar aglomeratsiyalari, megapolis va megalopolislarning) kо‘payishi;
-ayrim mamlakatlarda urbanizatsiya darajasining pasayishi (deurbanizatsiya holatlarining kuzatilishi);
-qishloq va shahar aholisi tabiiy harakatidagi farqlarning qisqarishi va h.k.;
Hozirgi kunda Yer yuzining taxminan yarim aholisi (jami aholi 6,5 mlrd.kishi) shahar joylarda yashaydi. Bu kо‘rsatkich turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, Yevropaning ayrim mamlakatlarida 75 % dan ortiq. Shuningdek, urbanizatsiyaning demografik kо‘rsatkichi Yaponiyada ham yuqori. Bunday davlatlarda mazkur kо‘rsatkichlarning kо‘tarilishi tо‘xtab, ularda an’anaviy urbanizatsiya о‘zgacha tus olmoqda.
Ma’lumki, yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti industriyadan ya’ni, sanoatlashuv bosqichidan о‘tib, sanoatdan keyingi (postindustrial) davrni boshdan kechirmoqda. Bunday sharoitda yangi texnologiyalar, axborot, turizm kabilarning rivojlanishi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va urbanizatsiyasini belgilab bermoqda.
Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishning, ayniqsa, uning sermehnattalab va ekologik jihatdan “xavfli” tarmoqlarning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga “kо‘chishi” ularning iqtisodiyoti va urbanizatsiyasiga jiddiy о‘zgarishlar kiritmoqda. Masalan, Shimoliy Afrika mamlakatlari G‘arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi davlatlari AQSH ta’sirida rivojlanib borsa, Xitoy, Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining tez rivojlanishi va buning oqibatida urbanizatsiya kо‘rsatkichining kо‘tarilishi kо‘p jihatdan Yaponiyaning taraqqiyoti va uning globallashuv jarayonidagi mavqeining oshib borishi bilan bog‘liq.
Tahlillar shuni kо‘rsatadiki, oxirgi yillarda rivojlangan mamlakatlarda yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalari aholisining о‘sishi ancha kamaygan. Natijada Milan, Berlin, Filadelfiya, Neapol, Gamburg, Boston aglomeratsiyalarining mavqei pasayib, ularning о‘rinlarini Dehli, Seul, Jakarta, Shanxay, Lagos, Stambul, San-Paulo, Tehron, Bangkok, Karachi va boshqalar egallamoqda. Shu bois, kelajakda oldingi mavqeini Nyu-York, London, Tokio, Osaka yoki Parij emas, balki Bombey, Lagos, Shanxay, San-Paulo, Mexiko, Pekinga о‘xshash “dunyoviy shaharlar” egallashadi. Rossiyada ham bunday о‘zgarishlar yuzaga kelgan: Sank-Peterburg, Moskva kabi yirik shaharlarning о‘sish sur’ati pasaygan. Volgograd, Rostov-Don esa “millioner” shaharlar guruhini tark etdi. Hozirgi davrda Rossiyada urbanizatsiya darajasi 73 % ga teng va uning avvalgidek kо‘tarilib borishi kutilmayapti.
О‘zbekiston Respublikasida kechayotgan urbanizatsiya jarayoni ham о‘ziga xos (1-ilova). Bu yerda ham uning demografik kо‘rsatkichi, ya’ni shahar joylarda yashovchilarning ulushi yildan-yilga qisqarib bormoqda. Buning qator sabablari bor. Ular quyidagilar;
-shahar aholisi sonining о‘sib borish sur’atini kamayishi;
-tashqi migratsiyaning kuchayishi;
-aholi tabiiy harakatining pasayishi;
-yirik shaharlar rivojlanishining susayishi;
-yangi shaharlarning vujudga kelmasligi va b.
О‘tgan asrning 70-80 yillarida shahar aholisining kо‘payishi о‘rtacha 1 yilda 3,5-4 % ga yetar edi. Shu davrda respublikada urbanizatsiyaning umumiy kо‘rsatkichi hatto 42,3 % gacha (1984 y) kо‘tarilgan, vaholanki bugungi kunda u atigi 36,3 % ga teng yoki 1970 yil holatiga tushib qolgan (36,6 %) (2-ilova)
Mavjud ma’lumotlar tahlili shuni kо‘rsatadiki, sо‘nggi yillarda respublika shahar aholisining о‘sish sur’ati borgan sari kamayib borgan. Masalan, 2000 yilda mamlakat shahar aholisi 0,9 % ga kо‘paygan bо‘lsa, 2004 yilda u 0,4 % ni tashkil etdi, xolos.
О‘zbekiston jahonning ilk urbanizatsiya о‘choqlaridan biri. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz, Qarshi va Shahrisabz shaharlari 2000-2700 yillik tarixga ega. Mamlakatning turli hududlarida topilgan shaharlar qoldiqlari (Afrosiyob, Axsi, Pop, Nasaf, Kesh, Poykend va b.) ham bu yerda urbanizatsiyaning qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi.
Shahar aholisi 1865-1917 yillarda past sur’atlar bilan kо‘paydi. 20-asrning boshlarida shahar aholisi siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida notekis о‘sdi. Bunga albatta, 1924 yilda amalga oshirilgan О‘rta Osiyoning milliy - ma’muriy qayta bо‘linishi ham о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. 1926 - 40 yillarda shahar tarmog‘i va shahar aholisining sonida katta о‘zgarishlar bо‘ldi. Industrlashtirish shiori ostida о‘tkazilgan tadbirlar 12 shahar qatoriga yangi shaharchalarning qо‘shilishiga, shahar aholisining esa tez kо‘payishiga sabab bо‘ldi.
2-jahon urushi yillarida О‘zbekistonning jami aholisi 1,5 mln.ga kamaydi, bunda shahar aholisining salmog‘i ancha kam. Buning sababi frontga qurol-aslaha va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi shaharlarning imtiyozlar bilan ta’minlanishi, ikkinchi sababi front oldidagi korxonalarning aksari qismi ishchilar bilan birga sharqqa, jumladan, О‘zbekiston shaharlariga kо‘chirilishidir. Urush natijasida 1 mln. tub aholisini yо‘qotgan respublika 1 mln.dan ortiq yevropaliklarga ega bо‘ldi, bu holat esa siyosiy va demografik vaziyatga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Urushdan keyingi “demografik kompensatsiya” davrida shahar aholisi tez sur’atlar bilan kо‘paydi.
Shahar aholisi ayniqsa, 1973-86 yillarda tez kо‘paygan. Bunga 1972 yilda О‘zbekistonda aholi yashaydigan joylarga shahar maqomini berish uchun zarur bо‘lgan demografik meyorning о‘zgarishi, ya’ni aholi sonining 10 mingdan 7 ming kishiga tushirilishi sabab bо‘ldi. Natijada 1 yilda 10 ga yaqin qishloqlar shahar toifasiga о‘tkazildi. Masalan, 1970 yilda respublikada 42 ta shahar bо‘lgan bо‘lsa, ular qatoriga 1973 yilda 13 ta, 1974 yilda 9 ta, 1975 yilda 5 ta, 1976 yilda 6 ta, 1977 yilda 5 ta “yangi shahar” qо‘shildi.
Shaharlar sonining kо‘payishi 20-asrning 90-yillarida keskin qisqardi va eng sо‘nggi yillarda yangi shaharlar deyarli tashkil topmadi. Hozirda Toshkent viloyatida 34 ta, Qoraqalpog‘istonda 29 ta, Samarqand viloyatida 23 ta shahar va shaharchalar mavjud. Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida 15 tadan, Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Farg‘onada 19 ta shahar va shaharchalar bor. (2005 yil)
Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy soni bilan emas, balki kо‘proq shaharlar aglomeratsiyasining rivojlanganligi bilan belgilanadi. О‘zbekistonda 2005 yil ma’lumotiga kо‘ra 17 ta yirik shahar bor. Ular orasida Toshkent shahri keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq bо‘lgan poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga bо‘lgan ta’siri benihoya katta. Shu tarzda О‘zbekistonda urbanizatsiya jarayoni Toshkent shahri, katta va о‘rta shaharlarga bog‘liq holda amalga oshmoqda. Yirik shaharlar negizida shaharlarning murakkab hududiy tizimi-shahar aglomeratsiyalari vujudga kelgan bо‘lib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim kо‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Masalan, Toshkent aglomeratsiyasi 30 ga yaqin shahar va shaharchalarni birlashtiradi. Shuningdek, Farg‘ona-Marg‘ilon, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda.
О‘zbekistonda urbanizatsiyaning umumiy kо‘rsatkichi 1984 yillarda 42 % dan ortiqroq edi. Keyingi paytda urbanizatsiya kо‘lamiga shahar aholisining tabiiy о‘sish darajasining kamayib borishi ham ta’sir etmoqda. Urbanizatsiya darajasining qisqarib borishiga qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan tezroq kо‘payishi, shaharlarda (ayniqsa, sanoat markazlarida) tashqi migratsiyaning kuchayishi, yangi shaharlarning vujudga kelmasligi ham sabab bо‘ldi. Ammo qishloq joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilma va sanoat korxonalari, dam olish maskanlarining tashkil etilishi, qishloq xо‘jaligiga tegishli bо‘lmagan iqtisodiy tarmoqlarda tadbirkorlikning rivojlanib borishi urbanizatsiyaning haqiqiy holatini ifodalab beradi. Mazkur о‘zgarishlar hamda shaharlar rivojlanishi asosida О‘zbekistonda yaqin yillarda urbanizatsiya umumiy kо‘rsatkichining qisqarib borishi tо‘xtab, о‘sa boshlaydi.
Ma’lumki, о‘tgan asrning 70-80 yillarida respublikamizda shaharlar soni tez о‘sib bordi. Biroq, bu “ma’muriy” yoki buyruq asosida qishloqlarning shaharga aylantirilishi, sun’iy, ekstensiv tarzdagi urbanizatsiya edi. 1970 yil aholi rо‘yxatiga kо‘ra, О‘zbekistonda 42 shahar va 82 shaharchalar qayd etilgani holda, 1989 yilda ularning soni, yuqoridagilarga mos holda, 124 va 97 taga yetgan. Shaharlar sonining bunday tez kо‘payishi xususan, 1972-1985 yillarda kuzatilib, u aholi manzilgohlariga shahar maqomini berish mezonining kamaytirilishi (10 mingdan 7 ming kishiga) hamda viloyatlarning bu boradagi “tashabbuslariga” bog‘liq bо‘ldi. Undan keyingi yillarda yangi shaharlarni tashkil etish respublikada keskin kamaydi. Masalan, mustaqillik yillarida faqat 3 shaharchaga shahar maqomi berildi. Ular Samarqand viloyatidagi Poyariq (1994), Buxoro viloyatidagi Shofirkon (1995) va Navoiy viloyatidagi Yangirabot (1998) dan iborat.
Hozirgi vaqtda О‘zbekistonda 119 shahar va 114 shaharchalar mavjud (Karimov I.A. О‘zbekiston respublikasining shaharsozlik kodeksini tasdiqlash tо‘g‘risida. –T.,2002 yil 4 aprel,353-N-son) bо‘lib, ularda mamlakat aholisining 36,1%i istiqomat qiladi. Jami shahar aholisining 57,4 % i 17 ta katta shaharlarga tо‘g‘ri keladi (3-ilova). 16 ta о‘rta darajadagi shaharlar bо‘lib, ularning aholisi 1131 ming kishini (12,1%) tashkil etadi. Demak, qolgan 197 shahar va shaharchalarning har birida 50 mingdan kam aholi yashaydi, shu jumladan, 143 tasining aholisi 20 ming kishidan ortmaydi. Kichik shaharlarning son jihatdan kо‘pligi ham respublikada urbanizatsiyaning real holatini pastligidan dalolat beradi.
Turli yiriklikdagi va funksional tipdagi shaharlar aholisining о‘sishida katta tafovutlar kuzatiladi. Umumiy qonuniyat shundan iboratki, yirik, kо‘proq og‘ir sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan shaharlarda aholi soni 1989-2004 yillarda deyarli о‘smagan yoki kamaygan bо‘lsa, kichik va о‘rta shahar hamda shaharchalar, agrosanoat va qishloq tumanlarining ma’muriy markazlarida bu о‘sish yuqori bо‘lgan. Masalan, kо‘rilayotgan davrda Oxunboboyev, Bо‘ston, Qorovulbozor, Usmat, Shaxrisabz, Payshanba, Poyariq kabi shaharlarda bir yillik о‘rtacha kо‘payish 3,5-6 % ni tashkil qilgan. Shuningdek, og‘ir sanoat markazlari hisoblanmagan Namangan, Qarshi, Termiz kabi katta shaharlarda ham demografik о‘sish birmuncha yuqori bо‘lgan. Ayni vaqtda Samarqand, Farg‘ona, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Gazli, Yangiyer, Yangiobod, Ohangaron aholisi 1989 yilga nisbatan kamaygan, Toshkentda esa 1 yillik о‘rtacha kо‘payish juda oz.
Ta’kidlash joizki, tipik sanoat shaharlarida demografik о‘sishning pasayishi, bir tomondan ulardan mahalliy millatlarga mansub bо‘lmagan aholining kо‘chib ketishi (migratsiyasi), ikkinchidan, bunday shaharlarda aholi tug‘ilishi va tabiiy kо‘payishining qisqarishi tufayli yuzaga kelgan. Binobarin, hozirgi vaqtda respublika shahar aholisining о‘sishi asosan kichik va о‘rta shaharlardagi demografik vaziyatga bog‘liq.
Mustaqillik yillarida urbanizatsiya darajasi respublika va uning barcha viloyatlarida kamayib bordi. Faqat Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida shahar aholisining salmog‘i biroz kо‘tarildi (4-ilova).
1991-2005 yillarda О‘zbekistonda shahar aholisining salmog‘i 40,4 % dan 36,2 % ga tushib qoldi. Urbanizatsiya darajasi Toshkent viloyatida 4,1 %ga, Samarqand viloyatida 3,8 %ga, Xorazm viloyatida 3,7 % ga va Buxoro viloyatida 3,5 % ga kamaydi. Keyingi 15 yillikda О‘zbekiston viloyatlari bо‘yicha shahar aholisining о‘sishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatiladi. Masalan, 1991-2005 yillarda О‘zbekiston shahar aholisining о‘rtacha yillik о‘sish sur’ati 0,9 % bо‘lgani holda Surxondaryoda bu kо‘rsatkich 3,2 % ni, Jizzaxda 2,8 % ni, Qashqadaryoda 2,4 % ni, Namanganda 2,3 % ni, Toshkent viloyatida 0,2 % ni, Sirdaryo 0,6 % ni, Buxoroda 0,7 % ni, Xorazmda esa 0,8 % ni tashkil etdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, poytaxt Toshkent shahri aholisi keyingi 10 yillikda kо‘paymadi, uning soni 2,1 mln.kishi atrofida muvozanatlashdi.
О‘zbekiston shahar aholisi uning hududi bо‘ylab juda notekis joylashgan bо‘lib, bunga asosan sanoat korxonalarining, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning joylashish xususiyati sababchidir, chunki ittifoq davrida sanoat korxonalari asosan yirik shaharlarda va foydali qazilmalarni qazib olib va qayta ishlovchi regionlarda joylashtirilgan.
Respublikada shahar aholisi eng kо‘p joylashgan (tо‘plangan) region bu- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidir. Bu yerda О‘zbekiston shahar aholisining 33,0 % i, ya’ni (3,1 mln.) aholi yashaydi. Toshkent shahrida respublika shahar aholisining 22,8 % i yashaydi. Toshkent regioni respublikadagi eng urbanizatsiyalashgan regiondir. Bu yerda shahar aholisi, jami aholining 68,5 % ini tashkil etadi. Toshkent viloyatida esa shahar aholisining salmog‘i 39,5 % dir.
Shahar aholisi zich joylashgan navbatdagi hudud Farg‘ona regionidir. Uning tarkibiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari kiradi. Regionning shahar aholisi 2,5 mln.kishini tashkil etadi. Bu yerda respublika shahar aholisining 24 %i istiqomat qiladi. Farg‘ona vodiysining urbanizatsiya darajasi 31,6 % bо‘lgani xolda, ushbu kо‘rsatkich Namangan viloyatida 37,5 %ni, Andijon viloyatida 29,8 %ni, Farg‘onada esa 28,4 %ni tashkil qiladi.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish