URBAN PLANNING IN DALVARZINTEPA
Termez Stuate University, Faculty of History 2nd year student of archeology Berdimurodova Muhayyo Nuriddinovna
Abstract: This article provides a comparative analysis of the historiography, temples, sculptures, and literature on the subject of urban planning in Dalvarzintepa, the capital of the Kushan state.
Keywords:City, shahristan, royal palace, fortress, temple, tarh, arch, defensive wall, dome, village, fortress.
ГРАДОСТРОИТЕЛЬСТВО В ДАЛВАРЗИНТЕПЕ
Термезский государственный университет,исторический факультет студентка 2 курса археологии Бердымуродова Мухайё Нуриддиновна
Аннотация: В данной статье проводится сравнительный анализ историографии, храмов, скульптуры и литературы на тему градостроительства Далварзинтепа, столицы Кушанского государства.
Ключевые слова: Город, шахристан, царский дворец, крепость, храм, тарх, арка, оборонительная стена, купол, деревня, крепость
DALVARZINTEPADA SHAHARSOZLIK
Termiz Davlat Universiteti Tarix fakulteti arxeologiya ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi Berdimurodova Muhayyo Nuriddinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Kushon davlatining poytaxti Dalvarzintepaning shahasozligi, o’rganilish tarixshunosligi, ibodatxonalari, haykaltaroshligi va mavzuga tegishli adabiyotlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilgan.
Kalit so’zlar: shahar,shahriston, shohsaroy, qal’a, ibodatxona, tarh, ark, mudofaa devor, gumbaz, qishloq, qurg’on.
Kirish: O’zbekistonning eng ko’hna yodgorliklarning aksariyati Surxondaryo viloyatidadir. Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Qiziltepa, Bandixon, Zartepa, Kampirtepa va boshqalar shular jumlasidandir. Hozirgi Surxondaryo hududi qadimda Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi 250-yilda vujudga kelgan Yunon Baqtriya podsholigiga O’rta Osiyoning katta yerlari qatori surxon vohasi ham qaragan. Milodning boshlarida Surxondaryo Kushonlar davlati tarkibiga kirgan. Surxondaryo hududida Kushon davriga oid arxeologik yodgorliklar juda ko’p va xilma-xildir. Ahamoniylar va yunon Baqtriya davridan bu yerda hozircha 40 ta shahar-manzil ma’lum bo’lgan bo’lsa, Kushon davriga oid 120 dan ortiq shahar va qishloqlar aniqlangan.
1-rasm.Dalvarzintepa yodgorligining Google Earth Dasturda ko'rinishi
Shu o’rinda shuni aytib o’tmoqchiman muhtaram birinchi prizidentimiz I.A.Karimovning ‘’Inson uchun tarixdan judo bo’lish-hayotdan judo bo’lish demakdir’’ degan ajoyib so’zlari bor edi. Darhaqiqat inson tarixini bilmay hech qanday natijaga erisha olmaydi. Hammamizga ma’lumki Kushon davlatining poytaxti Dalvarzintepa Surxondaryo viloyati sho’rchi tuman markazi sho’rchi shahridan 10 km shimoli sharqda joylashgan. Dalvarzintepa mayoni 47 gektarni tashkil qiladi. U 2 qismdan iborat bo’lib shohsaroy qal’asi va shaharning o’zidan iborat.
Kushon davri shimoliy Baqtriya shaharlarining shakillanish jarayoni, ularning tarixi va tuzilishi ko’p hollarda uning asosiga ilgari aholi yashagan manzilgohlar bilan 1bog’liq bo’lgan. Bu holatni arxeologik ma’lumotlar asosida o’rganilgan. E.V.Rtveladze o’z asoslari bilan farqlanuvchi shaharlarning quyidagi uchta guruhga ajratadi.
2-rasm.Shaharning umumiy ko'rinishi rejasi
Ahamoniylar davriga borib taqaladigan qadimgi asosga ega bo’lgan ko’p qatlamli shaharlar (Jondavlattepa, Qalaimir, Xayitobottepa).
Yunon Baqtriya yoki Salavkiylar davriga borib taqaladigan qadimgi asosga ega bo’lgan ko’p qatlamli shaharlar (Dalvarzintepa, Qayqubotshoh, Saksonohur, Termiz, Shahrinav, Xolchayon).
Yuechji yoki Kushon davrida paydo bo’lgan shaharlar(Zartepa, G’arovqal’a, Kallaminor, Shohtepa).
Kushon davri shaharlarining kelib chiqishi va shakllanish jarayonini dalvarzintepa nisbatan yaxshi aks ettirgan.Dalvarzintepa yunon baqtirya yoki salavkiylar davriga taqaladigan qadimgi asosga ega bo’ladigan ko’p qatlamli shaharlar sirasiga kiradi.Dalvarzintepa ko’hna shahar markazi keng ko’cha bilan ikki asosiy qismga bo’lingan.Bu ko’cha shahar darvozasidan boshlanib unchalik katta bo’lmagan maydonga chiqqan.Maydon esa boy va hashamatli binolar bilan qurshalgan .Markaziy ko’chadan esa ikki tomonga ko’cha va tor ko’chalar o’tgan.Manbalarda aytib o’tilishicha dalvarzintepa mahallalari tabaqachilik asosida bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |