Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

«Xolajonim, sizning hamma gaplarni batafsil yozib 
yuborgan do‘stona xatingizga allaqachon javob yozib 
yuborgan bo‘lishim kerak edi. Lekin ochig‘i, yozishga 
qiynaldim. Siz gumon qilgan narsalaringiz to‘g‘ri ekan. 
Endi nima o‘ylasangiz o‘ylayvering. Xohlagan narsan-
gizni tasavvur qilavering. Mening turmushga chiqqa-
nim xayolingizga kelmaguncha o‘ylayvering. Ha, to‘g‘ri 
eshitayapsiz. Men tanlagan odamning, o‘tgan safar 
yozganingizdan ham aniqroq qilib, hamma xislatlarini 
yana sanab chiqib berishingiz kerak. Ko‘llar O‘lkasiga 
borgingiz kelmagani uchun sizga qayta-qaytadan rah-
mat aytaman. U yoqqa borishni rosa orzu qilganimda 
qanchalik ahmoq ekanman! Sizning kichkinagina fay-
ton haqidagi g‘oyangiz menga yoqdi. Ikkalamiz har kuni 
parkda sayr qilamiz. Men hozir dunyodagi eng baxti yor 
insonman. Balki mengacha ko‘plar bu gapni aytish-
gandir. Lekin hech kimda menikichalik asos bo‘lmagan 


398
bo‘lsa kerak. Men hatto Jeyndan ham baxtiyorroqman. 
U faqat jilmayyapti, men esa xaxolab kulayapman! 
Mister Darsi mendan yashirib qolgan sevgisini sizga 
izhor qilayapti. Rojdestvoda albatta Pemberliga keling.
Sizning Elizabetingiz
». 
Mister Darsining xolasiga yozgan xati esa butunlay 
boshqacha edi. Mister Bennetning mister Kollinz ning 
oxirgi xatiga javobi esa yuqoridagi ikkala xatga umu-
man o‘xshamasdi:
«
Hurmatli ser!
Siz yana bir marta bizni tabriklab qo‘yishingizga 
to‘g‘ri keladi. Elizabet yaqinda mister Darsiga turmush-
ga chiqayapti. Qo‘lingizdan kelgancha ledi Ketrinni 
ovutib qo‘ying. Lekin sizning o‘rningizda bo‘lsam, men 
uning jiyani tarafga o‘tgan bo‘lardim. Chunki uning im-
koniyati ko‘proq.
Hurmat bilan mister Bennet».
Mister Binglining singlisi tabriklab yozib yuborgan 
xat esa o‘ta chuchmal va qalbaki edi. U hatto o‘z xur-
sandchiligini bildirib, ilgari do‘st bo‘lganliklarini esla-
tib, Jeynga ham xat yubordi. Jeyn bu xatga aldanma-
gan bo‘lsa-da, lekin xursand bo‘ldi va bo‘lajak qayn-
singlisi o‘zi aslida arziydiganidan ham samimiyroq 
qilib javob yozib yubordi.
Miss Darsining ushbu munosabat bilan yozib yubor-
gan xati esa akasi unga yuborgan xatidek samimiy edi. 
Qizning Elizabet uni o‘z singlisidek yaxshi ko‘rishiga 
bo‘lgan umidi borligini va o‘z xursandchiligini yozishi-
ga to‘rt varaq qog‘oz kamlik qilgandek edi.
Mister Kollinzning olgan xatiga javobi va xotini-
ning tabrik xati yetib kelgunicha longbornliklar ular-
ning o‘zi Lukas Lojga kelishganini eshitishdi. Ular-
ning bunchalik shoshilib kelishganining sababi tez-


399
da ma’lum bo‘ldi. Ledi Ketrin jiyanidan xat olganidan 
so‘ng shunchalik g‘azablanibdiki, bo‘lajak nikohdan 
xursand bo‘layotgan Sharlotta o‘ziga kelib olmagun-
cha uning ko‘ziga ko‘rinmay turishga qaror qilibdi. 
Shunday paytda dugona sining kelganidan Elizabet 
juda xursand bo‘ldi. Lekin ular ko‘rishgan paytlari-
da dugonasining erining mister Darsiga qilayotgan 
xushomadlari hamma narsani bu zib qo‘yadimi, deb 
qo‘rqdi. Lekin mister Darsi hammasiga chiday oldi. 
U hatto ser Uilyam Lukasning yigit bu yerlarning 
qimmatbaho narsasini olib ketayotganidan shikoyat-
larini, Sent-Jeymsda birga uchrashishlariga umid 
bildirayotganini ham indamay tingladi. Faqat ser Uil-
yam orqasini o‘girgan ba’zi paytlarda yelkasini qisib 
qo‘ydi. Mister Darsi yana bir, Ser Lukasnikidan ham 
og‘irroq sinovni – bu safar missis Filipsning o‘zini juda 
qo‘pol tutishi sabab – boshidan kechirishiga to‘g‘ri kel-
di. Missis Filips, xuddi opasidek, mister Bingli bilan 
bemalol gaplashganidek, Darsi bilan bemalol gapla-
shishga jur’at qila olmadi. Mister Darsiga bo‘lgan hur-
mat uning og‘zini yumib qo‘ygandi. Elizabet Darsini 
mister Kollinz va missis Filipsning unga bo‘lgan e’ti-
borlaridan sal olib qochay degan urinishlari zo‘rg‘a ish 
berayotgan edi. Qizning urinishlari orqasida yigit ko‘p 
vaq tini u bilan yoki birga bo‘lish unga og‘ir bo‘lmayot-
ganlar bilan o‘tkazardi. Shu muammolar sabab Eliza-
betga unashtirilish davri sal qiyinchilik bilan kecha-
yotgan bo‘lsa-da, kelgusidagi hayoti yanada qiziqarli-
roq tuyulardi. Va qiz bir kun kelib hozir o‘zlari uchun 
yoqimsiz bo‘layotgan muhitdan ketib, Pemberlida 
sokin hayot kechirishlari ni o‘ylab, entikib qo‘yardi.
XIX bob
Missis Bennet uchun onalikning eng baxtiyor kuni 
o‘zining eng yaxshi qizlari bilan xayrlashgan kuni 


400
bo‘ldi. Uning qanchalik g‘urur bilan missis Binglini-
kiga borganini, missis Darsi to‘g‘risida gapirganlarini 
bemalol tasavvur qilish mumkin. Va uning oilasining 
hurmati uchun aytib qo‘yishim lozimki, uning eng 
katta orzusi – qisqa vaqt ichida salkam hamma qizi-
ni uzatib yuborish – ayolga shunchalik yaxshi ta’sir 
qildiki, hayotining oxirlariga kelib, u ancha yoqimli 
xonimga aylandi. Lekin afsuski, aqliga aql qo‘shilma
-
di va vaqti-vaqti bilan – balki erining baxtigadir, aks 
holda mister Bennet o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan uy-
dagi sharoitdan yomon vaziyatga tushgan bo‘lardi – u 
ilgari gidek jazavaga tushib turar edi.
Mister Bennetga doim ikkinchi qizi yetishmasdi va 
qiziga bo‘lgan intilish uning tez-tez uydan chiqib tu-
rishiga bahona bo‘lardi. Unga Pemberliga – ayniqsa, 
uni kutishmayotgan paytda – borish juda yoqardi. 
Mister Bingli va Jeyn Nezerfildda atigi bir yilgi
-
na yashashdi. Ularning missis Bennet va meriton-
lik qarindoshlari bilan yaqin yashashlari yigitning 
yumshoqligi va Jeynning ko‘ngli bo‘shligiga qa-
ramay xavfli bo‘lib qoldi. Yigitning opa-singillari-
ning eng ezgu orzulari ro‘yobga chiqib, Bingli Der-
bishir bilan chegaradosh graflikdan mulk sotib 
oldi. Shunday qilib, hamma quvonchlari ustiga 
oralari nihoyati o‘ttiz mil bo‘lgan holda, bir-birlari-
ga qo‘shni bo‘ldilar.
Kitti ko‘p vaqtini ikki opasinikida o‘tkaza boshla-
di va natijada tabiati ancha yaxshi tomonga o‘zgar-
di. U Lidiyachalik o‘jar emasdi. Hozir uning ta’siri 
ostidan chiqib, Jeyn va Elizabet rahbarligida ancha 
harakatchan va savodli bo‘lib qolgan, jizzakiligi ham 
qolgan edi. Albatta, har qanaqasiga uni Lidiyaning 
ta’siridan himoya qilishardi. Missis Uikxemning Kitti-
ni tez-tez o‘zinikiga – uni yigitlar qatnashadigan bal-
lar bilan qiziqtirib, chaqirib turishiga qaramay, mister 
Bennet Kittini unikiga yubormas edi.


401
Longbornda qolgan yolg‘iz qiz Meri edi. U o‘zi 
xohlamagan tarzda o‘z ustida ishlash fikrlarini tashla
-
di, chunki missis Bennet bir daqiqa ham o‘zi qolishni 
istamasdi. Shunday qilib, Meri, sal narsaga nasihat 
qilish odatini tashlamagan bo‘lsa-da, oila hayotida 
ko‘proq ishtirok eta boshladi. 
Uikxem va Lidiyalarga keladigan bo‘lsak, ikkita 
opasining turmushga chiqqani ularga ta’sir qilgani 
yo‘q. Elizabetning endi yigitning minnatdorchilikni 
bilmasligi va yaramasligini juda yaxshi bilishini ular 
indamaygina qabul qilishgan edi. Hech narsaga qa-
ramay, Uikxem hali ham Darsi ularga g‘amxo‘rlik 
qiladi, degan umididan kechmagan edi. To‘yi ara-
fasida Eliza bet singlisidan olgan xatda, yigit bo‘lma
-
ganda ham, singlisining o‘zi shu niyatda ekanligi 
yozilgan edi:

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish