XVII bob
– Lizzi, azizam, qayerlarga yo‘qolib ketdinglar? –
Elizabet xonaga kirganda Jeyn uni shu so‘zlar bilan
kutib oldi. Hamma dasturxon atrofiga o‘tirar ekan,
boshqalar ham unga shu savolni berishdi. Qizarib ket-
gan qiz notanish joylarga borib qolishganini aytdi. Le-
kin uning qizarib ketgani ham va na boshqa sabablar
hech kimda shubha uyg‘otmadi.
Oqshom tinch, hech qanday hodisalarsiz o‘tdi. Se-
vishganlar deb tan olinganlar kulib gaplashib o‘tiri shar,
hali tan olinmaganlar esa – jim o‘tirishardi. Darsining
o‘z hissiyotlarini quvnoqlik bilan tash qariga chiqarish
odati yo‘q edi, hayajonlanib ketayotgan Eli zabet esa o‘z
baxtini his qilayotgan edi. Odatda, bunday paytlarda
qizlar his qiladigan noqulaylikdan tashqari uni boshqa
ko‘p narsalar tashvishga ham solayotgan edi. O‘zining
oilasidagilar ularning qarorini qanday qabul qilishla-
rini u oldindan tasavvur qilayotgan edi. Va Jeyndan
boshqa hamma Darsiga yoqtirmay qarashlarini bilgani
uchun ularning bu hissiyotlari uning boyligidan ham,
jamiyatda tutgan o‘rnidan ham kuchli chiqib qolmay-
dimi, degan xavotiri bor edi.
Uyquga yotishdan oldin qiz hamma gapni opasi-
ga aytib berdi. Odatda, Jeyn uning hamma gaplariga
ishon sa-da, bu safar ishonqiramadi:
– Hazillashayapsanmi, Lizzi? Bunday bo‘lishi mum-
kin emas! Mister Darsi bilan unashtirish! Yo‘q, sen
meni aldayapsan. Bunday bo‘lishi mumkin emas.
387
– Boshlanishi yaxshi emas. Men faqat senga umid
qilgandim. Agar sen menga ishonmasang, unda men
boshqalarni qanday ishontiraman? Jeyn, jonim, rost
aytayapman. U haligacha meni sevadi. Biz kelishib
oldik.
Jeyn singlisiga ishonqiramay qaradi:
– Lizzi, hech ham ishona olmayapman. Axir, sen
uni ko‘rgani ko‘zing yo‘q edi-ku!
– Sening hech narsadan xabaring yo‘q. O‘tgan nar-
salarni hammasini unutish kerak. Balki men uni hech
qachon hozirgichalik sevmagandirman. Lekin bunday
holatlarda yaxshi eslab qolish odati to‘g‘ri kelmaydi.
Men ham hozir bu to‘g‘rida oxirgi marta eslayapman.
Jeyn chindan ham nima deb o‘ylashni bilmasdi.
Elizabet aytgan gaplari chin ekanligiga uni yana bir
marta ishontirishga harakat qildi.
– Xudoyim-ey! Nahotki, shunaqasi ham bo‘lsa? Le-
kin men senga ishonaman. Lizzi, jonim, men seni chin
dildan tabriklashni xohlayman. Lekin sen – savolim
uchun meni kechirasan – u bilan baxtli bo‘lishingga
to‘liq ishonasanmi?
– Xotirjam bo‘lishing mumkin. Biz dunyodagi eng
baxtli oila bo‘lamiz, deb kelishib qo‘ydik. Lekin Jeyn,
sen xafa emasmisan? Shunday akani sen yoqtira ola
-
sanmi?
– Albatta, jonim bilan! Men bilan Bingli uchun
bu katta xursandchilik. Biz u bilan shu to‘g‘risida
gaplashgan edik, lekin keyin, bo‘lishi mumkin emas,
deb voz kechgandik. Sen chindan ham uni sevasanmi?
Lizzi, nima qilsang qil, lekin sevmay turib turmushga
chiqma! Sen uni yetarli darajada kuchli sevishingga
ishonching komilmi?
– Ha! Men senga hamma narsani aytib berganim-
dan so‘ng, uni qanchalik sevishimga o‘zing ham amin
bo‘lasan.
– Bu bilan nima demoqchisan?
388
– Chindan aytadigan bo‘lsam, uni Binglidan ham
ortiqroq sevaman. Buning uchun mendan xafa emas
-
misan?
– Lizzi, jonim, birpas hazil qilmay turgin. Axir, jid-
diy gaplashib olishimiz kerak. Qani, men bilmaydigan
hamma narsani aytib ber-chi. Uni anchadan beri
sevasanmi?
– Bu tuyg‘ular shunday sekinlik bilan paydo bo‘ldi-
ki, qachon boshlanganini aniq ayta olmayman. Bal-
ki, birinchi marta uning Derbishirdagi pomestyesini
ko‘rganimdan keyin paydo bo‘lgandir...
Jeynning uni jiddiyroq bo‘lishga chorlashi aniq
mo‘ljalga tegdi va Elizabet opasini mister Darsini chin-
dan ham sevishiga ishontirdi. Hamma gapni eshit-
gach, Jeyn o‘zini juda baxtli his qildi:
– Men endi chinakamiga baxtiyorman! – xitob qildi
u. – Sening hayoting ham menikidek quvonchga to‘la
bo‘ladi. Men mister Darsi to‘g‘risida doim yaxshi fikrda
edim. Seni sevib qolganining o‘zi uni mening oldim-
da ko‘klarga ko‘tarib qo‘ydi. Lekin bundan buyon
Binglining do‘sti va sening ering sifatida u sen va Bing-
lidan keyin dunyodagi men uchun eng aziz insonlar
qatorida turadi. Lekin Lizzi, sen bunchalik mug‘ombir
emasding-ku? Mendan shuncha narsani yashirib yur-
gan ekansanda-a?! Axir, Pemberlida nimalar bo‘lgani-
dan men butunlay bexabar edim-ku! Bilgan narsala-
rimni ham boshqa birovlardan eshitgan edim.
Elizabet nima uchun undan yashirganligi sababi-
ni opasiga aytib berdi: u paytda opasiga Binglining
nomini eslatishni xohlamagan. O‘zi ham hali uncha
ishonmayotgan tuyg‘ularini ochishni ham nojoiz
deb bilgan. Endi esa Lidiyaning turmushga chi-
qishida mis ter Darsining o‘rnini yashirishning ortiq
hojati yo‘q. Opa-singillar shu tarzda yarim kechaga-
cha gaplashib yotishdi.
389
* * *
– Voy, xudoyim-ey, – ertasi kuni derazaning oldida
turgan missis Bennet xitob qildi. – Bu shilqim mis-
ter Darsi yana bizning Binglimizning orqasidan yu-
ribdimi? Ertadan kechgacha kunini biznikida o‘tkazib
nima qilayapti? Agar o‘zining shu yerdaligi bilan biz-
ga xalaqit bermay, biror narsa qilsa yoki ovga borsa
bo‘lmasmikin-a?! Bugun uni endi qayerga yuboramiz?
Lizzi, qizim, u Bingliga xalal bermasin, u bilan tash-
qarida biroz aylanib kelgin.
Bu taklif juda yoqib tushgan Elizabet o‘zini zo‘rg‘a
kulgidan tiyib qoldi. Lekin onasining yigitni har xil
so‘zlar bilan atashi unga biroz tegib ketdi. Yigitlar xo-
naga kirib kelishganda mister Bingli Elizabetga shun-
day ifodali qarab, qo‘llarini qattiq siqib ko‘rishdiki,
uning hamma gapdan xabar topgani sezildi. U missis
Bennetga qarab dedi:
– Missis Bennet, bu yaqin atrofda Lizzi yo‘qolib qo-
lishi mumkin bo‘lgan joylar yana bormi?
– Men mister Darsi, Lizzi va Kittini Oukxem tepaligi-
ga borishlarini maslahat berardim, maza qilib aylanib
kelasizlar, mister Darsi esa u yerlarda bo‘lmagan.
– U yoqqa borganinglar yaxshi, lekin u yergacha ye-
tib borish Kittiga og‘irlik qiladi, to‘g‘rimi Kitti? – dedi
mister Bennet.
Kitti o‘zi ham uyda qolgisi kelayotganini aytdi. Mis-
ter Darsi ham tepalikdan yon-atrof qanday ko‘rinishi
-
ga qiziqib qoldi va Elizabet uni kuzatib borishga rozilik
bildirdi. U kiyinib olish uchun xonasiga borar ekan,
onasi ketidan kirib shivirladi:
– Lizzi, uzr, bu tabiati og‘ir odamga sen qarashing-
ga to‘g‘ri kelayapti. Xafa bo‘lmayapsanmi? O‘zing tu-
shunasan-ku – hammasi Jeynni deb qilinayapti. Sen
u bilan gaplashib yurishing shart emas, bir-ikki og‘iz
gapirib qo‘ygin, bo‘ladi.
Yoshlar aylanish davomida bu kech mister Bennet-
ning roziligini so‘rashga kelishib olishdi. Onasiga tu-
390
shuntirishni Elizabet o‘z bo‘yniga oldi. Onasining yan-
gilikni qanday qabul qilishi noma’lum edi. Elizabet bu
odamning hammaga mashhurligi va boyligi onasining
unga bo‘lgan munosabatini o‘zgartira olarmikan, deb
ikkilanardi. Lekin bo‘lg‘usi nikohdan onasi g‘azabga
to‘ladimi yoki hayratga tushadimi – ikkala holda ham
onasining o‘zini bema’ni tutishi ma’lum va Darsining
buni ko‘rishi Elizabet uchun juda og‘ir edi.
Kechqurun mister Bennet kutubxonasiga kirib ket-
gach, Elizabet Darsi ham uning ketidan yo‘nalganini
ko‘rdi. Rosa xavotirga tushdi. U otasi mister Darsiga
rad javobi berishidan qo‘rqmas edi. Uni xavotirga va
qo‘rquvga solayotgan narsa otasining qizining tan-
lovidan norozi bo‘lishi mumkinligi va uning taqdiridan
xavotirga tushishi mumkinligi edi. U Darsi kutubxo-
nadan chiqib kelgunicha juda betoqatlanib o‘tirdi va
faqat yuzida yengilgina kulgi bilan Darsi ko‘ringandan
keyingina biroz xavotiri bosildi. Bir necha daqiqadan
so‘ng Darsi Elizabet tikish bilan band bo‘lib o‘tirgan
stolning oldiga keldi-da, xuddi uning tikayotgan nar-
sasini tomosha qilayotgandek, asta shivirladi:
– Otangiz sizni kutubxonada kutayapti.
Qiz o‘sha zahoti kutubxonaga yo‘naldi.
Otasi tund bir ahvolda xonaning u boshidan bu
boshiga yurardi.
– Lizzi, – dedi qiziga mister Bennet, – senga nima
bo‘ldi? Aqling bormi? Sen shu yigitga turmushga chi-
qishga rozimisan? Axir, sen uni hech qachon yoqtir-
magan eding-ku!
Lizzi shu daqiqalarda o‘zining o‘sha paytlarda ham-
ma narsani ochiq gapirganlariga pushaymon bo‘lib
ketdi. Agar o‘sha paytda tiliga ehtiyotroq bo‘lganida edi,
hozir tashvishi kamroq bo‘lardi. Lekin hozir hamma
narsani tushuntirib berishga majbur edi va u tutilib-
tutilib otasiga o‘zining Darsiga munosabatini bildirdi.
391
– Demak, bir gap bilan aytganda sen unga tur-
mushga chiqmoqchisan. To‘g‘ri, u juda boy, chiroyli
ko‘ylaklaring, ekipajlaring Jeynnikidan ko‘ra ko‘proq
bo‘ladi. Lekin sen bundan baxtli bo‘la olasanmi?
– Otajon, siz mening tuyg‘ularimga ishonmayot-
ganingizdan boshqa yana sabablaringiz bormi?
– Yo‘q. Hammamiz uni mag‘rur va yoqimsiz odam, deb
hisoblayotgandik. Lekin sen uni chindan ham seva digan
bo‘lsang, buning hech qanday ahamiyati yo‘q.
– Lekin men uni sevaman, butun yuragim bilan se-
vaman! – ko‘zlarida yosh bilan dedi Elizabet. – Men uni
sevaman. Uni bekor mag‘rur degan ekanmiz. Aslida
u ajoyib inson. Siz uning qanaqaligini hech ham bil-
maysiz. Iltimos, u to‘g‘risida bunday ohangda gapirib
menga azob bermang.
– Lizzi, qizim, men roziman. Mister Darsi shunday
odamlar toifasiga kiradiki, ular mendan biror narsa
so‘rasalar, rad qilishga haddim sig‘maydi. Bu yog‘i
o‘zingga havola – xohlasang men rozi. Lekin senga bir
maslahat – yana bir marta o‘ylab ko‘r. Men seni juda
yaxshi bilaman. Men sening agar ering ga pastdan
yuqoriga qaraganday qaramasang, eringning qadriga
yeta olmasang, sen baxtli bo‘la olmasligingni, o‘zing-
ni hurmat qilmay qo‘yishingni juda yaxshi bilaman.
Sening aqlingning o‘tkirligi va hayotni sevishing agar
nikohda omading kelmasa, senga ko‘p tashvish kel-
tiradi. Bu holda sen hamma narsadan sovib ketasan.
Bolajonim, sen umr yo‘ldoshingga bo‘lgan hurmating-
ni yo‘qotganingni ko‘rib, senga achinib ketganimdan
qayg‘u chekishdan meni qutqargin. Bu nima ekanligi-
ni sen tasavvur ham qila olmaysan.
Otasidan battar hayajonlangan Elizabet chin dildan
jiddiy qilib tushuntirdi. Otasiga yana bir marta mister
Darsini chindan sevishini, unga munosabati tubdan
o‘zgarganini aytib berdi. Uning xislatlarini faxr bilan
sanab berar ekan, yigitning muhabbati chin ekanligi-
392
ga ishonishini, bu vaqt bilan sinalganini aytib berdi.
Axiri otasini ishontirishga va o‘zining yigitga turmush-
ga chiqishiga ko‘ndirishga erisha oldi.
– Bo‘pti, nima ham derdim, – dedi axiri mister Ben-
net Elizabet gaplarini tugatgach. – Agar hozirgina ayt-
gan gaplaring hammasi rost bo‘lsa, u senga er bo‘lish-
ga munosib. Senga munosib bo‘lmagan odamga tur-
mushga chiqishingga men chiday olmagan bo‘lardim.
Mister Darsini otasining ko‘zi oldida yana ham
ko‘tarib qo‘yishni istagan qiz uning Lidiya uchun nima
qilganlarini aytib berdi.
– Bugun chindan ham mo‘jizalar kuni shekilli! Bu
bo‘lib o‘tgan muzokaralar, to‘y shartnomasi bo‘yicha
to‘lovlar, Uikxemning qarzlarini to‘lash, zobitlik pa-
tentini sotib olish – bular hammasi mister Darsining
ishi ekan-da! Undan ham yaxshi. Bu meni har xil
muammolar va to‘lovlardan qutqaradi. Agar bularni
hammasini tog‘ang qilganda men u bilan hisob-kitob
qilishim kerak bo‘lardi. Lekin bu sevishib qolgan yosh-
lar hamma narsani o‘zlaricha qilishadi. Men ertaga
unga qarzimni qaytarishni taklif qilaman. U qarshilik
qila boshlaydi, senga bo‘lgan muhabbatini gapirib, har
xil bo‘lmag‘ur gaplarni aytadi. Shu bilan hamma narsa
hal bo‘ladi.
Shuni gapirayotib, mister Bennet bir necha kun
burun mister Kollinzning xatini o‘qiyotganida qizining
uyalganini esladi. U kulganicha, qizini kuzata turib,
dedi:
– Agar birorta yigit Kittinimi yoki Merinimi so‘rab
keladigan bo‘lsa, menga yuboraver, hozir bo‘shman.
Elizabetning yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi.
O‘ziga kelib olguncha yarim soatcha o‘zining xonasi-
da bo‘lib, keyin mehmonxonaga kirdi. Kun shunday
hayajonli o‘tgan ediki, uning o‘zini quvnoq tutishga
ham kuchi yetmay, oqshom jimgina o‘tdi. Elizabet
onasi uyquga yetishi oldidan uning xonasiga kirdi-da,
393
unga yangilikni aytdi. Gaplari onasiga tomdan tara-
sha tushgandek ta’sir qildi. Uning gaplarini oxirigacha
eshitgan missis Bennet biror narsa deyishga ham ku-
chi yetmay, bir qancha vaqtgacha jim o‘tirdi. Odatda,
uning aqli gap qizlari foydasiga bo‘lsa, darrov ishlab
ketardi, lekin bu safar qizining aytgan gaplari unga
yetib borguncha ancha vaqt o‘tdi. Nihoyat, u sal o‘zi-
ga kela boshladi, sakrab o‘rnidan turdi, yana o‘tirdi,
xudoga shukur qildi:
– Yaratgan egam! O‘zingga shukur! Nahotki! Menga
nima bo‘layapti o‘zi? Mister Darsi! Lizzi, qizginam! Qa-
naqa boy bo‘lasan-a! Puling shunchalik ko‘p bo‘ladi!
Karetalar, taqinchoqlar! Jeyn sen bilan hatto bellasha
ham olmaydi! Men hayratdaman, men baxtliman! Qan-
doq ajoyib yigit! Shunday kelishgan! Baland bo‘yli! Oh,
Lizzi, qizginam! Xudo haqqi, men uni yoqtirmay yur-
ganim uchun undan uzr so‘rab qo‘y. U bularni unutib
yubo radi, deb umid qilaman. Qanday yaxshi! Shaharda
uying bo‘ladi! Uchta qizim turmushga chiqdi! Yiliga
o‘n ming! Xudoyim! Menga nima bo‘layapti! Esim og‘ay
deb qolayapti!
Onasining rozi bo‘lganini anglash uchun shu ning
o‘zi yetarli edi. Va onasining yuragidagi gaplariga
yolg‘iz o‘zi guvoh bo‘lgan Elizabet xursand bo‘lgancha,
chiqib ketdi. Lekin chiqqaniga uch daqiqalar bo‘lar-
bo‘lmas, missis Bennet uning xonasiga yugurib keldi:
– Qizim! Yiliga o‘n ming, balki ko‘proq hamdir! Xud-
di lordga tekkandek gap. Va alohida ruxsat – sen al-
batta o‘ziga xos ruxsat bilan turmushga chiqasan.
Aytgancha, qizim, mister Darsi qanday ovqatlarni yax-
shi ko‘radi! Ertaga tayyorlashni buyuraman.
Bu narsa onasining kelgusida kuyoviga qiladigan
munosabatiga juda ham yaxshi bo‘lmagan ishora edi.
Elizabet ota-onasining roziligini olgan bo‘lsa-da, onasi-
ning mister Darsiga nisbatan yaxshi qarashiga ishonch
hosil qilgan bo‘lsa ham, onasining baribir nimadandir
394
ko‘ngli to‘lmay qolishi mumkinligini tushundi. Lekin
ertasi kuni ertalab nonushta juda yaxshi o‘tdi, missis
Bennet bo‘lg‘usi kuyov oldida shunday hayajonlandi-
ki, hatto uni ovqatga taklif qilish, biror narsada uning
gapiga qo‘shilganini tasdiqlashdan boshqa u bilan be-
malol gaplasha olmadi ham.
Elizabet otasining mister Darsi bilan yaqindan ta-
nishishga harakat qilayotganidan xursand bo‘ldi. Bi-
roz o‘tib u qiziga yigit borgan sari unga yoqib ketayot-
ganini aytdi.
– Uchala kuyovim ham menga zo‘r tuyulayapti. Le-
kin menimcha, eng yaxshi ko‘rganim Uikxem bo‘lib
qoladi. Lekin senikini ham Binglidan kam yaxshi
ko‘rmasam kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |