Uo‘K: 62(075) kbk


Uch fazali yoy bilan payvandlash



Download 8,16 Mb.
bet82/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Uch fazali yoy bilan payvandlash. Bu usulni G.P. Mixaylov ishlab chiqqan va birinchi marta Uraldagi og‘ir mashinasozlik zavodida joriy etilgan. Bu usuldan eritib qoplanadigan metall haj- mi katta choklarni payvandlashda, ya’ni o‘rtacha hamda ancha qalinlikdagi kam legirlangan va legirlangan po‘latlardan kon- struksiyalar tayyorlashda, qattiq qotishmalarni eritib qoplashda, po‘lat quyma nuqsonlarini payvandlab tuzatishda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mazkur usulning mohiyati shundaki, (7.24-rasm, a) ikkita elektrod 3 va 4 hamda payvandlanadigan metall 1 ga tok bir yo‘la o‘zgaruvchan tok manbayining uchala fazasidan keltiriladi. Natija- da baravariga yonadigan uchta payvandlash yoyi hosil bo‘ladi: har qaysi elektrod bilan metall orasida bittadan (2 va 6 yoylar) hamda elektrodlar orasidagi yoy 5. Bunda juda ko‘p issiqlik ajralib chiqa- di, natijada elektrodlar tezroq eriydi, payvandlash unumi bir fazali yoy bilan payvandlashdagiga qaraganda 2—3 baravar ko‘payadi.
Uch fazali yoy uzluksiz yonib turganida 6 mm diametrli elek- trodlardan, har soatda 8 kg gacha metall eritish mumkin. Issiqdan yaxshiroq foydalanish natijasida eritib qoplangan 1 kg metalga o‘zgaruvchan tokda payvandlashda, odatda, sarflanadigan 3,5—4 kVt•s o‘rniga o‘rtacha hisobda 2,75 kVt•s energiya sarflanadi, ya’ni elektr energiyadan 20—30 % tejaladi.
Uch fazali yoy yordamida payvandlashda ishlatiladigan elek- trodlar bitta umumiy qoplamga ega bo‘lgan va o‘zaro parallel joylashtirilgan 2 ta o‘zakdan iboratdir. Elektrodlarning bir uchi
elektrodlarning har qaysisiga alohida tok keltirishga imkon bera- digan maxsus konstruksiyali elektrod tutqichga ulash uchun to- zalab qo‘yilgan (7.24-rasm, b). Payvandlashda ikkita faza elektrod tutqichga, uchinchi faza esa payvandlanadigan metalga ulanadi.



7.24-rasm. Uch fazali yoy bilan payvandlash:
a jarayon sxemasi; b uchma­uch chokni payvandlash.

Payvandlashda elektrodning uchi asosiy metalga erishda hosil bo‘ladigan qoplam qalpoqchasining cheti bilan tegib turishi kerak. Bu hol eritish chuqurligini oshiradi va chok metalining g‘ovakli bo‘lish ehtimolini kamaytiradi.



Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish